Buxgalteriya lit


-§. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash va undagi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/108
Sana30.12.2021
Hajmi0,6 Mb.
#90333
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   108
Bog'liq
buhgalteriya hisobi nazariyasi

4-§. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash va undagi
xatoliklarni  tuzatish tartibi
Buxgalteriya hisobi  holati, eng avvalo, hujjatlar hara-
katini to‘g‘ri tashkil qilish  bilan bevosita bog‘liqdir, chunki
har bir amalga oshirilgan xo‘jalik muomalasi mablag‘lar
harakati bilan bog‘liq holda olib boriladi.
Mablag‘lar  harakatini  to‘g‘ri hujjatlashtirish  hisob-
kitoblarning o‘z vaqtida yuritilishini,  pulga bo‘lgan talab-
ning  qondirilishini ta’minlaydi.
Buxgalteriya  hisobini    tashkil    etishda,  mablag‘lar
harakatining  bir  me’yorda  yuritilishini  nazorat  qilish
hujjatlar yordamida bajariladi.
Shuning uchun buxgalteriya hujjatlarini saqlash nazo-
ratni talab qiladi.
Hujjatlarni  saqlash,  birinchi  navbatda,  hujjatlar  ay-
lanishini to‘g‘ri tashkil qilish bilan bevosita bog‘liqdir. Hujjat
aylanishi  deb,  hujjat  rasmiylashtirilgan  kundan  boshlab
to arxivga topshirilgan kungacha bo‘lgan davrga aytiladi.
 Hujjatlarning aylanishini to‘g‘ri tashkil qilish, birin-
chidan, buxgalteriya apparatida ishni to‘g‘ri yuritish, tashkil
qilish uchun asos yaratsa, ikkinchidan, ularga to‘g‘ri ras-
miylashtirishni tekshirish imkonini yaratadi, uchinchidan,
tovar moddiy boyliklarning  to‘liqligini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hujjatlarining  to‘liq saqlash uchun  bosh
buxgalter javobgardir. Hujjatlarni har tomonlama to‘g‘ri


144
va talab darajasida rasmiylashtirilganligi  bevosita  bosh
buxgalter tomonidan nazorat qilinadi.
Buxgalteriya  hujjatlarining  to‘g‘riligini  tekshirishda
asosiy e’tibor  bosh buxgalter tomonidan quyidagi holatga
qaratiladi:
— hujjat bo‘yicha javobgar shaxslarning imzolariga;
— ko‘rsatilgan miqdorlarning to‘g‘riligiga;
— dalolatnomalarning mavjudligiga;
— hujjat rasmiylashtirilgan  sana, yil ko‘rsatilishiga.
Demak,  bosh  buxgalter  tomonidan  hujjatlarning
to‘g‘riligi tekshirilayotganda „Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi-
da“gi  Qonunga  amal  qilinadi.  Buxgalteriya  hujjatlarini
saqlash ma’lum ketma-ketlikka amal qilishni talab qiladi,
ya’ni  hujjatni  saqlashda  har  oyning  hujjatlari,  ularning
mazmuniga  qarab  alohida-alohida  maxsus  papkalarga
ajratilgan holda saqlanadi.
Misol uchun, tovar hisobotlari, bank ko‘chirmalari,
xazina  hisobotlari  alohida-alohida  to‘planib  saqlashga
tayyorlanadi.
Oy  davomida  xo‘jalik  muomalalarini  tasdiqlovchi
hujjatlar bosh buxgalter tomonidan qo‘yilgan buxgalteriya
xodimlari zimmasida bo‘lib, hisobot davri tugagandan keyin
bosh buxgalterga ko‘rsatilib, uning  to‘g‘riligi  tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hujjatlarini arxivda saqlash uchun tegishli
tayyorgarlik talab qilinadi. Bunday tayyorgarlik ishlarida
hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish, tartibga keltirish kabi
tadbirlar o‘tkaziladi.
Arxivga topshiriladigan hujjatlarga raqamlar qo‘yilib,
jami topshirilgan hujjatlar ro‘yxati tuziladi.
Bosh  buxgalterni  almashtirish  uchun  buyruq  chiqa-
rilganda, unga asosan hujjatlar holati tekshirilayotganda
maxsus qabul qilish va topshirish dalolatnomasi tuziladi.
Dalolatnomada  oldin  ishlagan  va  yangi  bosh  buxgalter
ishtirokida  hujjatlar  holati,  bosh  daftar  yozuvlarining
tegishli  sintetik  schot  ko‘rsatkichlari  bilan  mos  kelishi
tekshirilib  bo‘lingandan  keyin  dalolatnoma  ikkala  bosh


145
buxgalter  tomonidan    imzolanadi.  Bu  to‘g‘rida  taftish
komissiyasi raisi xulosa qilib o‘z imzosini qo‘yadi.
Dalolatnomada arxivga topshirilgan hujjatlar muddati
bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi.
Ayrim hollarda tegishli nazorat ishlarini tashkil qilishda
xo‘jalik  faoliyati  bilan  bog‘liq  muammolar  muqobil
tekshirilayotgan hujjatlar tashkilot buxgalteriyasidan uning
to‘g‘riligini tasdiqlash maqsadida, rahbarning ruxsatnomasi
bo‘lgan taqdirdagina boshqa tashkilot xodimlariga taqdim
qilinishi, ko‘rsatilishi mumkin.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish