Buxgalteriya lit


-§. Buxgalteriya hisobining registrlarini yuritish



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/108
Sana30.12.2021
Hajmi0,6 Mb.
#90333
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   108
Bog'liq
buhgalteriya hisobi nazariyasi

2-§. Buxgalteriya hisobining registrlarini yuritish
tartibi
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyatida tegishli
mablag‘lar  harakatini  amalga  oshiradilar  va  har  bir
mablag‘ning  harakati  tegishli  hujjatlar  bilan  rasmiylash-
tirilgandagina  qonuniy  deb  hisoblanadi.  Hujjatlar  o‘z
ifodasini  topgan  xo‘jalik  operatsiyalari,  tegishli  hisob
registrlarida ko‘rsatiladi. Hisob registrlari ko‘rinishiga qarab
kitob  (daftar)  yoki  kartochka,  ayrim  varaqalar  shaklida
bo‘lishi mumkin. Hisob registrlari yozuvlari xronologik,
muntazam kombinatsiyalashtirilgan holda yuritiladi.
Xronologik  registrlarda  amalga  oshirilgan  xo‘jalik
operatsiyalari ro‘yxatga olinadi. Misol uchun, memorial-
order  shaklida  qo‘llaniladigan  xo‘jalik  operatsiyalarini
ro‘yxatga  olish  jurnalini  nomerlashimiz  mumkin.  Bu
jurnaldagi  yozuvlarda  xo‘jalik  operatsiyalariga  berilgan
provodkalar  bilan  to‘liq  rasmiylashtirilgan  ko‘rsatmalar
o‘z ifodasini topadi.
Muntazam  registrlarda  amalga  oshirilgan  xo‘jalik
operatsiyalari,  berilgan  buxgalteriya  provodkalarining
iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlash  imkonini beradi.
Misol uchun, jurnal-orderlardagi yozuvlarni keltirishimiz
mumkin.
Amalga oshirilgan operatsiyalar turlari bo‘yicha, ya’ni,
„Kassa“, „Hisob-kitob“ schoti bo‘yicha alohida-alohida
hisobga olinadi.


167
Hisobot  davrining  oxirida  xronologik  registrlardagi
yozuvlar  muntazam  registrlarda  ko‘rsatilishi  mumkin.
Xronologik  va  muntazam  registrlarda,  asosan,  sintetik
schotlarning ko‘rsatkichlari idora etiladi.
Kombinatsiyalashtirilgan registrlarda sintetik va analitik
hisob ma’lumotlari bir registrning o‘zida ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlarining mazmuni shundaki,
uning yordamida korxona va tashkilotlarning xo‘jalik fao-
liyati nazorat qilinadi va iqtisodiy tahlil uchun ma’lumot-
lar  umumlashtiriladi.
Hisob registrlarini to‘g‘ri yuritish hisobotlarning belgi-
langan muddatlarda topshirilishini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobi registrlarida xo‘jalik operatsiyalarini
yozish  bevosita  hujjatlar  bilan  asoslangan  holda  olib
boriladi,  hisob  registrlari  hujjatlardagi  xo‘jalik  opera-
tsiyalarini tegishli paytlarda ikki yoqlama yozuv asosida olib
borish asos hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi registrlari Mo-
liya  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  bo‘lib,  tegishli
talablarga javob berishi kerak. Xo‘jalik operatsiyalarining
hisob registrlariga yozish tegishli tayyorgarlik ishlarini talab
qiladi. Bunday tayyorgarlik ishlariga hujjatlarning to‘g‘ri
ko‘rsatilganini nazorat qilish, ma’lumotlarning aniqligini
tekshirish kabilar kiradi. Har bir registrning birinchi beti
to‘ldirilganda, uning oxirida jami summasi debet va kredit
tomonlari bo‘yicha hisoblanib chiqiladi va oxirida har bir
registr bo‘limga qoldiqlar, debet va kredit tomonlari bo‘yicha
aniqlanadi. Agar ma’lumotlar sintetik schotlarda ko‘rsa-
tilgan  bo‘lsa,  analitik  schot  ko‘rsatkichlari  bilan  solish-
tirilib,  uning  to‘g‘riligi  tekshirilib  chiqilgandagina  hisob
registrlariga olinadi.
Hisob  registrlarini  yuritish,  nazorat  qilish  bevosita
korxona bosh hisobchisiga yuklanadi.
Hisob registrlarini yuritishda amalga oshirilgan xo‘jalik
operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlarga alohida ahamiyat
beriladi, chunki hisob registrlari uchun birlamchi ma’lu-
motlar hujjatlardan olinadi. Shuning uchun hujjatlar bilan


168
hisob  registrlari  bir-birini  to‘ldirib  boradi  va  amaldagi
qonunlarga  asosan  olib  borilishi  uchun  korxona  bosh
hisobchisi javob beradi.
Buxgalteriya hisobi registrlariga yozishdan oldin xo‘ja-
lik operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlar qayta ishlanadi.
Hujjatlarni  qayta  ishlash  davomida  ularda  ko‘rsatilgan
ma’lumotlarning  to‘liqligini  aniqlash  ishlari  amalga
oshiriladi va xo‘jalik operatsiyalariga buxgalteriya provod-
kalari beriladi. Berilgan provodkalarning to‘g‘riligi hisob
registrlaridagi yozuvlarning o‘z vaqtida borishini ta’min-
labgina qolmay, hisobotlarning belgilangan muddatlarda
tekshirilganligini ta’minlaydi.
Buxgalteriya  hisobidagi,  registrlardagi  yozuvlar  huj-
jatlarda qayd qilingan yozuvlarning umumlashtirgan hola-
tini ifoda etadi. Misol uchun, hujjatda kassadan berilgan
pul mablag‘larining summasi nomma-nom kimga, qachon,
qancha  berilganligini  ko‘rsatish  bilan  birga  oxirida  jami
berilgan pul mablag‘larining summasi yoziladi.
Buxgalteriya hisobi registrlarida kassadan berilgan pul
mablag‘lari yo‘nalishlari bo‘yicha aks ettiriladi, debet va
kredit tomonlarining qoldiqlari oy boshiga oylik oboroti va
oy  oxiriga  bo‘lgan  qoldiq  aniqlanib,  ularning  to‘g‘riligi
analitik schotlardagi yozuvlar bilan taqqoslanib chiqiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlarida amalga oshirilgan xo‘-
jalik operatsiyalari provodka raqami, berilgan sanasi, opera-
tsiyaning  qisqacha  mazmuni  ko‘rsatiladi.  Registrlardagi
yozuvlar hujjatga asosan to‘g‘ri, toza qilib yozilgan bo‘lishi
kerak,  o‘chirib  yozishlarga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Yozuvlar,
asosan, siyohli ruchkada yoziladi.
Buxgalteriya hisobi registrlariga yozuvlar har bir beti
to‘lgandan  keyin  undagi  summalarning  jamlanmasi
hisoblanib, keyingi betga o‘tganlik to‘g‘risida belgi ko‘rsa-
tiladi. Buxgalteriya hisobi registrlarida xo‘jalik operatsiyalarini
yozish,  operatsiyalarni  mazmuni  bo‘yicha  tarqatish  deb
aytiladi. Misol uchun xazinachi hisobotini olaylik, hisobot
davrida xazinadagi ish haqi berilganligi, hisobdor shaxslarga


169
avans  (qarz)  berilganligi  ko‘rsatilgan  bo‘lishi  mumkin.
Operatsiyalarning registrlar bo‘yicha tarqatilishida  ish haqi
bo‘yicha  qilingan  xarajatlar  ish  haqini  hisobga  oluvchi
registrga  hisobdor  shaxslarga  berilgan  avans  (qarz)  shu
nomdagi xarajatlarni ifodalovchi registrlarga tarqatiladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish