Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit



Download 4,97 Mb.
bet48/290
Sana10.07.2022
Hajmi4,97 Mb.
#772363
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   290
Bog'liq
!!УМК 7 лик АУДИТОхирги

Talab qilinadi: Bu holatda sizning auditorlik firmangiz qanday yo‘l tutishi lozim?


Masala. Auditorlardan mijoz-korxona buxgalterlari tomonidan quyidagicha savollar bilan murojaat qilindi:

  1. Joriy hisobot davriga tegishli, hisobot tuzilganga qadar aniqlangan xatolar buxgalteriya hisobotida qanday aks ettiriladi?

  2. Joriy hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillardagi xatolar hisobda qanday aks ettiriladi?

  3. Korxona turli faoliyat bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa foyda solig‘i bazasi qanday aniqlanadi?

  4. Transport vositasiga 100% eskirish hisoblangan bo‘lib shartnoma bahosida 1840000 so‘mga sotib olingan. Bu transport vositasiga amortizatsiya hisoblash kerakmi? Transport vositasini asosiy vositalar tarkibiga qo‘shilganda qanday buxgalteriya provodkalari beriladi?

  5. Korxonada telefon o‘rnatish va uning xizmati, kommutator xizmati, o‘t o‘chirish sistemasi, signalizatsiya moslamalari xarajatlari qanday xarajatlar tarkibida hisobga olinadi?

  6. Yilning natijasi bo‘yicha o‘tkaziladigan majburiy auditorlik xizmati uchun to‘lov sarflari qaysi xarajatlar tarkibida hisobga olinadi va soliqqa tortish bazasiga qo‘shiladimi?

  7. Temiryo‘l chiptasida temiryo‘l ta’rifi va sug‘urta so‘mmasi ko‘rsatilgan QQS so‘mmasini qanday ajratish mumkin. Temiryo‘l chiptasining jami so‘mmasidanmi yoki temiryo‘l ta’rifi so‘mmasidanmi?

  8. Sho‘ba korxona alohida balans va hisob-kitob schotiga ega. Nizom talablariga ko‘ra o‘zining tushumini bosh korxonaga pul ko‘chirish orqali o‘tkazib berish kerak. Bosh korxonaga naqd pulda belgilangan limitda ortiqcha to‘lash huquqiga egami?

  9. Xo‘jalik shartnomasi shartlarini bajarmaganlik uchun jarima so‘mmalari qaysi mablag‘lar hisobidan qoplanadi?

  10. Ustav kapitalidagi xorijiy ta’sischilarning ulushini baholash tarkibi qanday amalga oshiriladi?

  11. Kichik korxonalarida yagona soliq to‘lash mezonlari qanday tartibda amalga oshiriladi?

  12. Sho‘ba korxona va qaram korxonalarni tuzishda qaysi me’yoriy hujjatlarga asoslanadi?

  13. Safar xizmati xarajatlarini hisobdan chiqarish tartibi qanday amalga oshiriladi?

  14. Xorijiy mamlakatlar bo‘yicha safar xizmatlarini hisoblash va hisobdan chiqarish xususiyati qanday amalga oshiriladi?

  15. Vakillik xarajatlari me’yorlari va ularni hisobdan chiqarish qanday amalga oshiriladi?

  16. Reklama xarajatlari me’yorlari va hisobdan chiqarish tartibi qanday amalga oshiriladi?

  17. Kadrlar tayyorlash xarajatlari qanday hisobdan chiqariladi?

  18. Asosiy ishlab chiqarishdagi ishchilar uchun berilgan moddiy yordam pullari mahsulot tannarxiga kiritiladimi?

  19. Kredit foizi so‘mmalari mahsulot tannarxiga kiritiladimi?

  20. Korxona investitsiya uchun qilingan sarf xarajatlar, jumladan sotib olingan asosiy vositalar qaysi qiymatda (boshlang‘ich yoki qoldiq) soliq solish bazasidan imtiyoz sifatida chegirib tashlanadi?

  21. Asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga sotilganda qanday tartibda va qaysi qiymatidan QQS to‘lanadi?

  22. Tekinga olingan asosiy vositalarga eskirish hisoblanadimi?

Talab qilinadi: Auditorlar tomonidan korxona buxgalterlariga yuqoridagi holat bo‘yicha qanday amaliy tavsiyalar yoki tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozim?

Download 4,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish