I
|
O‘QUV MATERIALLARI
|
|
1.1.
|
MA’RUZA KURSI
|
|
1.2.
|
AMALIY MASHG’ULOTLARNI BAJARISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMA
|
|
II
|
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI:
|
|
2.1.
|
MUSTAQIL TA’LIM TA’LIM BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMA
|
|
2.2.
|
KURS LOYIHA VA KURS ISHLARI BAJARISH BO‘YICHA KO‘RSATMA
|
|
III.
|
GLOSSARIY
|
|
IV.
|
ILOVALAR
|
|
4.1.
|
FAN DASTURI
|
|
4.2.
|
ISHCHI O‘QUV DASTUR
|
|
4.3.
|
SILLABUS
|
|
4.4.
|
TARQATMA MATERIALLAR
|
|
4.5.
|
TESTLAR
|
|
4.6.
|
ISHCHI O‘QUV DASTURIGA MUVOFIQ BAHOLASH MEZONLARINI QO‘LLASH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMALAR
|
|
4.7.
|
O‘.U.M.NING ELEKTRON VARIANTI
|
|
KIRISH
“Audit” fani bo‘yicha yaratilgan mazkur o‘quv-uslubiy majmua «Audit» fanidan amaliy mashg‘ulot o‘tish uchun o‘quv qo‘llanma bakalavriatning 5233100 Agrosanoatda buxgalteriya hisobi ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo’lib, 3-bosqich 6 semestr, 4-bosqich 7 va 8-semestrlarda o’qitish rejalashtirilgan.. Mazkur o‘quv-uslubiy majmua davlat ta’lim standartlari, fan bo‘yicha o‘quv dasturi auditorlik faoliyatining milliy standartlari(AFMS)ga asoslangan holda yaratilgan.
To‘plam o‘n beshta mavzudan iborat bo‘lgan o‘quv-uslubiy majmua elementlarini o‘z ichiga qamrab olib, unda fanning o‘quv dasturi, sillabus, har bir mavzu bo‘yicha nazariy dars uchun o‘quv materiallari(ma’ruza matni), amaliy mashg’ulot uchun tarqatma materialar, glossariy, tarqatma materiallar va mustaqil ta’lim topshiriqlariidan tashkil topgan. Bu, o‘z navbatida, darslarini amaliy ma’lumotlar asosida, muhokama va munozara asosida tashkil etishga imkoniyat yaratadi.
O‘quv-uslubiy majmuaning mavzulari auditni tashkil etish jarayoni, auditorning huquq va majburiyatlari, auditorning ahloqiy me’yorlari va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobotni haqqoniyligini aniqlash maqsadida hisob ishlarining barcha bo‘limlarini tekshirish masalalarini o‘z ichiga olgan. Shuningdek, unda auditorlik tekshiruvining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha maqsad va vazifalar to‘g‘ri aniqlangan. Har bir bo‘limni bajarilishi bo‘yicha topshiriqlar va ko‘rsatmalar berilgan.
O‘quv-uslubiy majmuaning o‘rganilishi, o‘z navbatida, auditorlik jarayonining ketma-ketlik asosida bajariladigan ishlarini, ya’ni uni rejalashtirishdan toki auditorlik hisobot tuzish va auditorlik xulosani rasmiylashtirishgacha bo‘lgan auditorlik amallarini bajarishga yordam beradi. Bundan tashqari, auditorning tekshiruv o‘tkazish texnikasi va usuli bo‘yicha olgan bilimlarini yanada kengaytiradi va chuqurlashtiradi.
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua orqali talabalar o‘zini-o‘zi mustaqil nazorat qilishi va bilimlarini joriy nazoratdan o‘tkazishda foydalanilishlari mumkin. Shuningdek, o‘quv-uslubiy majmuada har mavzu bo‘yicha xorij tajribasi asosidagi ma’lumotlar ham keltirilgan. Bu, o‘z navbatida, talabalarga mustaqil ravishda auditorlik faoliyatining xorij tajribasini o‘rganishga amaliy yordam beradi va bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |