4-MAVZU: AUDITORLIK KASBIGA MALAKAVIY VA AHLOQIY TALABLAR (amaliy mashg`ulot uchun tarqatma materiallar) Masala. «FOTON» tashkiloti auditorlik tashkilotiga buxgalteriya hisobini kompyuterlashtirish yuzasidan murojaat qildi. Ushbu auditorlik tashkiloti «FOTON» tashkilotini bir necha yildan beri tekshiruvdan o‘tkazadi va tashkilotning moliyaviy va boshqaruv hisobi muammolarini va xususiyatlarini yaxshi biladi.
Talab qilinadi: Agar auditorlik tashkiloti korxonaga kompyuterlashtirish yuzasidan xizmat ko‘rsatsa, auditorlik tekshiruvi o‘tkazayotgan vaqtda auditorning mustaqilligiga ta’sir ko‘rsatadimi?
Masala. Siz «AKFA» firmasini tekshirayotgan auditorsiz. Sizning auditorlik firmangizga ofis uchun ijaraga bino kerak. «AKFA» firmasi Sizga o‘zining mulki hisoblangan binoni ijaraga olishni taklif qildi.
Talab qilinadi: Bu taklif qabul qilinsa auditorlik firmasining mustaqilligi yo‘qoladimi? Holatlarni tahlil qiling.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.
Masala. "ODIL-AUDIT" auditorlik tashkiloti 3 yil oldin tashkil etilgan. U hozirgi kunga qadar kattalashib ketgan va o‘z filliallariga ega. Firma auditorlik xizmati ko‘rsatadi va qo‘shimcha ravishda soliq qonunchiligi masalalari bo‘yicha maslahatlar beradi.
Talab qilinadi: Bu maslahatlar auditorlik xizmatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi.
Masala. "ODIL-AUDIT" auditorlik firmasining auditori A.I.Ahmedov o‘zining malakaviy xizmati to‘g‘risida matbuotda va radioda reklama qilib, mahoratlilik darajasi va boshqa auditorlarga nisbatan yuqori malakali ekanligini e’lon qildi. Shuning bilan birgalikda xizmati uchun to‘lanadigan so‘mmani ham oshkor qildi.
Talab qilinadi: Auditor A.I.Ahmedovga kasbiy etika me’yorlariga rioya qilgan holda qanday bo‘lishi haqida maslahat bergan bo‘lar edingiz?
Masala. «ODIL-AUDIT» auditorlik firmasining 3 kishidan iborat auditorlari «YYY» sug‘urta kompaniyasini auditdan o‘tkazmoqda. Auditorlardan biri korxona bosh direktori muoviniga yaqin qarindoshchiligi borligi aniqlandi.
Talab qilinadi: Bunday holda auditning etika me’yorlariga zid bo‘ladimi?
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
Masala. «BUSTON» korxonasida audit o‘tkazildi. Auditorlar tomonidan kamchiliklar aniqlanmadi. Korxona rahbarlari tomonidan auditorlarga qimmatbaho sovg‘alar berildi.
Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
Masala. «DAVR» xususiy korxonasida audit qilish natijasida soliqlardan kam to‘langanligi ma’lum bo‘ldi. Uni yashirish maqsadida korxona direktori har bir auditorga dam olish uchun yo‘llanmalar taklif qildi va ulardan ijobiy auditorlik xulosa berishlarini iltimos qildi.
Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
Masala. Tikuv-ishlab chiqarish firmasi auditorlik firmasi bilan tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganligi sababli, tikuv-ishlab chiqarish firmasi va auditorlik firmasi o‘rtasida o‘zaro nizo kelib chiqdi. Shu sababli, tikuv-ishlab chiqarish firmasi auditorlik firmasi bilan amaldagi shartnomani buzib, sizning auditorlik firmangiz bilan shartnoma tuzmoqchi.