5.Auditor ishlarining sifatini ta`minlashning xorij tajribasi
Auditning sifatli o’tkazilishini ta’minlash foydalanuvchilarning auditorning kapital bozordagi roli haqida kutganlarini bajarish uchun birinchi darajali ahamiyatga ega. Biz audit sifatiga erishish uchun foydalaniladigan yondashuvlarni ko’rib chiqamiz. Biroq davom etishdan oldin audit sifati nima degan o’ta muhim savolga javob berish uchun paytdan foydalanishimiz kerak.
(2003)da e’lon qilingan GAO tasdiqlaydiki, audit sifait “tekshirilgan moliyaviy hisobotlar va u bilan bog’liq holda ochilgan axborotlar GAAP buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan printsplariga mos holda taqdim etildi va (2) xatolar va firibgarliklar tufayli jiddiy kamchiliklarga ega emasligiga etarlicha ishonchni ta’minlash uchun auditning umumqabul qilingan standartlariga mos holda” amalga oshiriladi. Moliyaviy hisobotlar bo’yicha kengash (MHK) audit sifati bo’yicha aniq ko’rsatma berish uchun “audit bo’yicha sifat tizimi”ni ishlab chiqdi. MHK Qo’shma Qirolliklarda mustaqil boshqaruv (tartibga solish) organi hisoblanadi, investitsiyalarni tegishli korporativ boshqaruv hisobiga va moliyaviy hisobotlar tuzish bo’yicha qimmatli qog’ozlarga stimullashishiga javob beradi.
MHK auditning sifatini baholashdagi tizimini tasdiqlaydiki, audit sifatining beshta asosiy ko’rsatkichlari mavjud, jumladan:
1)Auditorlik firmasining etika normalari,
2) audit va xodimlar bo’yicha hamkorlar (sheriklar)ning malalkalari va shaxsiy sifatlari;
3) audit jarayoni samaradorligi;
4) audit hisibotlarining ishonchliligi va foydaliligi;
5) audit nazoratidan chetda bo’lgan lekin audit sifatiga tasir qiladigan omillar.
MHK doirasidagi sharx ko’rsatilgan struktura tan oladiki , auditning samarali jarayonlari o’z o’zicha audit sifatiga erishish uchun etarli emas. To’g’rirog’i, bu omillar paketi bo’lib, auditorga, o’z navbatida auditorlik protseduralariga tasir qiluvchi etikani o’z ichiga oladi. Shu bilan birga, auditorlik firmalarining nazoratidan tashqarida bo’lgan audit sifatiga shu bilan birga audit qilingan moliyaviy hisobotning umumiy sifatiga tasir qiluvchi boshqa omillar xam mavjud bo’ladi. Bu omillar moliyaviy hisob hamda me’yoriy huquqiy tizimining ishonchliligini o’z ichiga oladi .
Audit sifatining xarakatlanuvchi omillari
Auditorlik firmasining etika normalari
Kompaniya va auditorlik guruhlari hamkorlarining audit bo’yicha malaka va sifati
Audit jarayoni samaradorligi
Auditorlar nazoratidan chetga chiquvchi omillar
Sifat auditi
Audit xisobotining ishonchliligi va foydaliligi
MHKga muvofiq, auditorlik firmalarining etika (odob axloq ) me’yorlari firma raxbariyati quyidagilarni bajarganda audit sifatiga ijobiy tasir qiladi:
tekshiruv davomida etika normalariga amal qilish , bu auditda qadirlanadi va taqdirlanadi ;
to’g’ri xarakat qilishga jamoatchilik manfaatlari nuqtai nazaridan alohida etibor berish indivudal auditorlarni ham auditorlik firmasi obro’si ham oshishiga va saqlanib qolishiga yordam beradi;
auditorlik firmalari xodimlari yuzaga kelgan murrakab muammolarni xaal qilish uchun etarli vaqt va resurslarga ega bo’lishni taminlash;
pul masalalari audit sifatiga salbiy tasir qilinmasligini taminlash;
hamkor(sherik)larning ustuvorligiga tasir etish (yordam berish )va raxbariyatning murakkab masalalarda ularning kasbiy mulohazalarini qo’llab - quvatlash bo’yicha echimini qidirish;
auditorlik firmasi qarorlar qabul qilish uchun joylarda sifat nazoratiga ega bo’lishini taminlash;
shaxsiy tafsiflarga yordam beruvchi sifat va kompetsatsiyalarni baholashni stemullashtirish;
audit sifatini taminlash auditorlik firmasi doirasida kuzatib boriladi;
MHK auditorlik firmalarining xodimlari faoliyatining quyidagi turlarida ishtirok etsalar , auditning sifatiga ijobiy tasir etishini takidlaydi:
mijozlar bizneslarini tushunib etish va auditorning etika standartlariga amal qilish;
kasbiy spektizm va tekshiruv davomida aniqlangan masalalarni xaln qilish;
audit tekshiruvi o’tkazayotgan xodim tegishli ish tajribasiga egaligi, auditorlar tegishli ravishda katta auditor tomonidan nazorat qilinadilar;
hamkorlar va menejerlar kichik auditorlarni qo’llab quvotlaydilar va shunga o’rganish (o’qish ) imkoniyati bor;
o’qish jarayonida ishtirok etish auditorning buxgalteriya xisobini tushunishiga xamda turli xil tarmoqlar xususiyatlari bo’yicha masalalarga yordam ko’rsatish;
MHK agar joyda quyidagi tadbirlar va jarayonlar mavjud bo’lsa , auditning o’zi sifatni tekshirish uchun ijobiy tomonga muhim xissa qo’shadi deb tan oladi:
auditning metadalogiyasi quyidagi struktura ( tuzilma ) larga ega;
auditni rejalashtirishda sheriklar va menejerlarni g’ayrat bilan ishlashga chaqiradi;
etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish uchun protseduralani ishlab chiqishda samaradorlikni taminlaydi;
auditorlik tekshiruvi uchun tegishli xujjatlarni talab qiladi;
audit standartlariga rioya qilisgni taminlaydi lekin kaspiy muloxazalarini suistemol qilmaydi (chalg’imaydi);
audit dasturi samarali ko’rib chiqilishini taminlaydi;
audit sifatini nazorati protseduralari samarali , tushunarli va maqbul bo’lishi lozim;
auditorlar notanish vaziyatga duch kelib yordamga yoki raxbariyatga muxtoj bo’lganliklarida sifatni texnik jixatdan qo’llab quvatlashha imkon beriladi
auditorning yaxlitligicha (umumiyligicha ), xolisligi va mustaqqiligicha yordam berish bilan etika normalari xabar qilinadi;
auditorning dalillar yig’ishi moliyaviy qiyinchiliklar bilan cheklanmaydi.