vazifalari
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali «Axborot Resurs Markazi» O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2006 yil 20 iyun PP- 381 raqamli «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʻminlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorini amalga oshirish maqsadida institut kutubxonasi sanalib kutubxonachilik bibliografiya va axborotlar bilan o‘z vaqtida taʻminlab turuvchi tashkilotdir.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʻminlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi 2006 yil 20 iyun PP-381 raqamli qarori asosida Axborot Markazi Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali kutubxonasi negizida tashkil qilindi va ushbu markaz majburiyatlaridan kelib chiqib shartnomalar asosida kutubxona ishiga tegishli normativ xujjatlari, ko‘rsatma va ustavi qoidalariga asoslanadi.
Axborot Resurs markazi O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʻlim vazirligi Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali tasarrufidadir.
Axborot Resurs Markazi o‘z faoliyati davomida asossan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, Taʻlim muassasalari boshqaruv organlarining qarorlari, buyruqlari va boshqa normativ-hujjatlariga, Oliy taʻlim muassasasi Ustaviga, Institut rahbariyatining buyruqlari va farmoyishlariga, iestitut ichki tartib va qoidalariga amal qiladi.
Axborot Resurs Markazi universal jamlama hujjatlarini yig‘ish,to‘plash,saqlash va ular haqida axborot matnlar,ovoz yozdirish va tasvirlash ilmiy tadqiqot ishlari uchun kerakli maʻlumotlar,axborotlar bilan o‘z vaqtida isteʻmolchilarning talabini taʻminlab turuvchi, kutubxonalararo aloqa yuritish, fan, texnika, madaniyat va maʻrifat ishlari buyicha shug‘ullanuvchi tashkilotdir.
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali kutubxona binosi, fondlari, jihozlari davlat mulki bo‘lib, u doimo davlat himoyasidadir. ARM fondidan foydalanish tartibi, ularga xizmat ko‘rsatish shartlari,
ARMdan foydalanuvchilarning huquqlari va javobgarligi ARM Ustavida o‘z ifodasini topgan.
ARMlarga umumiy tashkiliy metodik rahbarlik, ularning ishlarini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash, idoraviy va hududiy markazlar tizimi orqali, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika metodik markazi, idoralar aro kengashning ishchi organi orqali, Institut ARM va kutubxonasi orqali amalga oshiriladi.
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali qoshida tashkil etilgan Axborot resurs markazi (ARM) faoliyati demakratiya, insonparvarlik, umumiy foydalanishga qulaylik, umuminsoniy qadriyatlarining ustuvorligi, fuqorolik, shaxsning erkin kamol topishi printsiplariga asoslanadi va ARM xizmatidan foydalanuvchilar uchun xizmat ko‘rsatadi.
ARM dan foydalanish xizmati bepul, ARM tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlarning ayrim turlari ruyxati, ular uchun to‘lanadigan haq miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
Axborot resurs markazi yuksak samara bilan faoliyat ko‘rsatish maqsadida aholining barcha qatlamlari ulardan bemalol foydalana olishlari uchun quydagi ishlarni amalga oshiradi:
Axborot resurs markazi resurslar fondini anʻanaviy va noanʻanaviy axborotlarni tarqatuvchi ilmiy-badiiy xujjatlarni, maʻlumotlarni fanning barcha sohalariga tegishli bo‘lgan adabiyotlar bilan taʻminlashi fondni shakllantirishni o‘z lodiga maqsad maqsad qilib oladi;
boshqa tashkilot va jamoalar haqida maʻlumotlar baʻzasini va bankini yaratish uchun internet orqali axborot resurs fondini to‘ldiradi.
Axborot mahsulotini tashkil etish:
axborotlarni qayta ishlash va tahlil qilish;
katolog va kartotekalar yordamida barcha axborot tashuvchi maʻlumotlarga qayta ishlov berish Axborot Resurs Markazi axborot fondini olib borishni zimmasiga oladi;
mahalliy nashrlardan iborat regional elektiron katolog yaratish va Respublika elektron katolog majmuasiga kirishishda ishtirok etish;
uslubiy bibliografik qo‘llanmalar va tavsifiy bibliografiyalar ishlab chiqish.
Tabaqalashtirilgan kutubxona-axborot xizmatini amalga oshiradi.
isteʻmolchilarning talablari asosida axborot resurslarini tashuvchilari haqida turli maʻlumotlar berib boradi;
ARMdan foydalanuvchilarni kutubxonachilik ishida kechayotgan yangiliklar haqida xabardor qilishni tashkil etadi.Ularni yangiliklarni mustaqil o‘rganishga va axborotlardan foydalanishga imkoniyat yaratib beradi;
Axborot resurs markazi isteʻmolchilariga «ziyonet» axborot tarmog‘iga ulash va ularning resurslariga kirishga imkoniyat yaratib beradi;
isteʻmolchilarning talablarini inobatga olgan holda ular uchun ixtisoslashtirilgan maʻlumotlar bazasini yaratadi;
O‘zbekiston Respublikasi Ommaviy axborot vositalari, viloyatlarning maʻlumot baʻzalariga kelib tushgan barcha nashrlar bilan ishlash istimolchilar uchun ochiq bo‘lib,ayrim xizmat turlari belgilangan tartibda pulli, yaʻni haq olinadi (elektron jarayonlaridan foydalanish) kabilar uchun.
Axborot Resurs Markazi hududiy bo‘limi xodimlarini o‘qitish,ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, konsultatsiyalar berib borish imkoniyatini yaratadi:
markazda kutubxonachilik menejmenti va marketingi,yangi ilg‘or axborot kutubxona texnologiyalari haqida xodimlarni malakasini oshirish, qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;
kutubxonachi mutaxasislarga elektron maʻlumotlar baʻzasini boshqarish tizimi, internetdagi yangiliklar va axborot resurslaridan foydalanuvchilarga konsultatsiya xizmatini ko‘rsatib boradi.
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali professor-o‘qituvchilari, aspirant, magistr va ishchi xodimlar barcha qatlami, u qaysi millat vakili yoki boshqa davlat fuqorosi bo‘lishdan qatʻiy nazar foydalanish huquqini beradi.
Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning muntazam taʻlim olishiga va mustaqil ravishda taʻlim olishga ko‘maklashadi.
Milliy maʻnaviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishni taʻminlash, maʻnaviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishiuchun imkoniyatlar yaratadi.
Axborotlarga bo‘lgan talabalarga muvofiq va ARM maʻlumotni qidirish aparati tizimi orqali xar qanday fondlardan keng foydalangan holda yangi axborot texnologiyalari (maʻlumotlarning elektron bazalari, Internet resurslari) asosida aholiga zarur darajada axborot xizmati ko‘rsatadi.
Kutubxona axborot madaniyatini tarbiyalash, foydalanuvchilarni axborotlar qidirishning zamonaviy metodlariga o‘rgatadi.
Kutubxona axborot-jarayonlarining zamonaviy texnologiyalarning va kopyuterlashtirishni joriy etish asosida ishlarni takomillashtiradi.
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali ARM muassasasi foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlari muvofiq axborot kutubxona fondini shakllantirish. Maʻlumotlar qidirish apparatlarini maʻlumotlar baʻzalarini, katolog va kartatekalarini tashkil etish va yuritish.
Madaniy, taʻlim, axborot va boshqa dasturlar, loyihalar, aktsiyalarni birgalikdaamalga oshirish uchun, shuningdek foydalanuvchining xujjatlarga va axborotlarga ehtiyojlarini yanada to‘liq qondirish uchun ARMlar, axborot kutubxona markazlari (AKMlar),kutubxonalar taʻlim muassasalari, o‘zini- o‘zi boshqarish organlari, ijtimoiy taʻminot xizmatlari, milliy-madaniy markazlar bilan faoliyatini muvofiqlashtirish va kooperatsiyalashni rivojlantiradi.
Kutubxona xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish, ARMni imkoniyatlar asosida jihozlash, kutubxona axborot jarayonlarini kompyuterlashtirish va Internent sohasi xizmat sifatini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |