Mumtoz matnlar shakli, mazmuni va talqini haqida



Download 17,79 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi17,79 Kb.
#402605
Bog'liq
Taqriz


Boqijon To‘xliyevning “ Mumtoz matnlar shakli , mazmuni va talqini haqida”gi ilmiy maqolaga yozilgan



Taqriz

Voqelikdagi har qanday narsa o‘zining tashqi ko‘rinshi va shu shakl orqali anglashilayotgan mohiyatiga ega. Shakl va mazmun kategoriyalari umumfalsafiy xarakterda bo‘lib, ular voqelikni idrok qilishda muhim ilmiy abstraksiyalardir. Zero , shakl va mazmun tarzida bo‘lishi shartli, negaki ular – yaxlit bir narsaning har vaqt birlikda mavjud bo‘lgan va bir-birini taqozo etadigan ikki tomoni.

Badiiy asarda shakl va mazmun o‘zaro dialektik aloqada bo‘lib, ular bir-birini taqozo etadi, bir-biriga ta’sir qiladi, bir-biriga o‘tadi. Badiiy shakl va badiiy mazmunning o‘zaro munosabatida keyingisi yetakchi mavqega ega bo‘lib, u shaklni hosil qilishda juda faoldir.

Badiiy asar qimmatini belgilashda mazmun va shaklning o‘zaro muvofiqligi, ana shu dialektik aloqaning uzviyligi eng muhim mezonlardan ekanligi Boqijon To‘xliyevning “ Mumtoz matnlar shakli , mazmuni va talqini haqida ”gi ilmiy maqolasida yorqin aks ettirilgan . Mumtoz matnlarda: “ Shakl va mazmun mutanosibligiga e’tibor bermaslik, birinchidan , asarning asl mohiyatini anglash, tushunish va his etishga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, ikkinchidan, asar muallifi haqida ham noto‘g‘ri baholarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lib qolishi mumkin. Ayniqsa , poetik so‘zning noto‘g‘ri talqini, ramz va uning mohiyatini to‘g‘ri anglamaslik matnni mutlaqo boshqacha yo‘sinda tahlil va talqin qilishga olib kelishi aniq”,-deydi B. To‘xliyev.

Darhaqiqat bugungi kun kitobxoni mumtoz matnlarni tushunishga biroz qiynaladi. Buning uchun esa lug‘atlar bilan ko‘p ishlash kerak. Maqolada muallif Alisher Navoiyning ruboiysi misolida izohlashga harakat qilgan. Mazmunni oydinlashtirish uchun so‘zlar ma’nosini lug‘at tarzida keltiradi. Mumtoz matnlarda so‘zlarning asl va ko‘chma, aniqrog‘I, ramziy ma’nolarini to‘g‘ri o‘qish va to‘g‘ri tushunish muhim.

Qadah”, “may” va “ich” so‘zlarining ma’no qirralarini to‘g‘ri anglansa, badiiy maqsadga erishilishi aniq dalillar bilan keltirilgan. Qadahning jom, sog‘ar, kosa , may idishi cingari sinonimlarining berilishi ifoda uchun xizmat qilgan. Bunda Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan samarali foydalanilgan.

Bularning barchasi mumtoz adabiyotshunosligimiz, tilshunosligimiz, jumladan, navoiyshunosligimiz oldida nihoyatda ulkan va jiddiy vazifalar ko‘pligini ko‘rsatadi. Xulosa shuki, Alisher Navoiy ijodi orqali may va mayxo‘rlikni emas , aksincha , insonning umri davomida ma’rifatga, ilohiy-ma’rifiy bilimlarni uzliksiz va muntazam o‘zlashtirishga da’vat etgan. Ilohiy va majoziylikni bir-biridan farqlash muhimligi maqola mazmunidan anglashilib turadi.

Taqrizchi:



NamDU 1-kurs magistranti: M. Munavvarova.


Download 17,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish