Buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, buxgalter va auditor kasblari haqida tushuncha


Zamonaviy taʻlim shakllari: blended learning (aralash o‘qitish), masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar, evristik metodlar



Download 1,57 Mb.
bet83/91
Sana26.02.2022
Hajmi1,57 Mb.
#465456
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91
Bog'liq
Ayamga imtihon

Zamonaviy taʻlim shakllari: blended learning (aralash o‘qitish), masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar, evristik metodlar




Masofali o‘qitish
Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti boy chet el va milliy tajribalar tadqiqotlar yo‘nalishlari umuman dolzarbligini tasdiqlaydi. Yangi pedagogik axborot va telekommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga asoslangan taʻlim olish usulidan biri hisoblangan masofali taʻlim mohiyatini tushunishga bizni yaqinlashtiradi. Taʻlimning sintetik integral va gumanistik shakli hisoblanuvchi masofali o‘qitishning aynan nazariy va amaliy masalalari taʻlimni isloh qilish sharoitlarida milliy taʻlim tizimi oldida turgan muammolar katta qismini hal etishi kerak.
AQSh taʻlim tizimlarida masofali o‘qitishning tashkil topishi va rivojlanishi jarayonini o‘rganishda taʻlim muassalarida masofali o‘qitishni amaliy tashkil qilish turli shakllari va variantlarini hamda masofali taʻlimni didaktik taʻminlash vositalarini tahlil qilishga eʻtiborni qaratish zarur.
Solishtirish metodi mohiyatini xitoy olimi X.Shu va N.Chjoular to‘la ochib beradilar: "Agarda millat vaqt o‘qida o‘zining turgan joyini tarixiy yoki "vertikal" solishtirishlar bilan aniqlay olsa shunda u millatlararo yoki "gorizontal" solishtirishlar yordamida dunyodagi o‘z o‘rni to‘g‘risida yaxshiroq tasavvurga ega bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda "vertikal" solishtirish ishonch uyg‘otadi "gorizontal" esa realist bo‘lishga majbur etadi".7
Masofali taʻlim - masofada turib o‘quv axborotlarini almashish vositalariga asoslanuvchi maxsus axborot taʻlim muhiti yordamida taʻlim xizmatlari to‘plamidan iborat. Masofali taʻlim axborot - taʻlim muhiti foydalanuvchilar taʻlim olish ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan maʻlumotlar uzatish vositalari axborot resurslari o‘zaro aloqalar protokollari apparat - dasturli va tashkiliy-metodik taʻminotlar sistemali - tashkiliy to‘plamidan iborat.
Masofali taʻlim - o‘qituvchilarga o‘rganilayotgan material asosiy hajmini yetkazib berishni o‘qitish jarayonida o‘qituvchilar va talablarning interaktiv o‘zaro aloqalarini, talabalarga o‘rganilayotgan materialni mustaqil o‘zlashtirish bo‘yicha mustaqil ishlash imkonini berishni hamda o‘qish jarayonida ularning olgan bilimlarini va ko‘nikmalarini baholashni taʻminlovchi axborot texnologiyalari to‘plami.
G‘arbiy Yevropada oliy taʻlim olish darajasidan masofali taʻlim "ochiq universitetlar" deb ataluvchi shakllarda amalga oshiriladi. Milliy ochiq universitetlar ko‘p jihatdan sirtqi taʻlim tashkiliy printsiplaridan foydalanadilar. Ochiq taʻlim asosida - o‘qituvchilar o‘zlari oldilarida turgan taʻlim maqsadlariga erishishga intilib to‘la mustaqil yo‘naladigan taʻlimmuhitipuxtaishlabchiqilgan.
Misol uchun o‘tgan asr 90-yillarida telekonferentsiyalar o‘tkazish texnologiyasi asosida masofali taʻlim yangi modeli paydo bo‘ldi. Modelning asosini o‘qituvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro aloqalar asosiy shakli hisoblangan haqiqiy vaqt davomida ham bo‘lishi mumkin bo‘lgan telekonferentsiyalar o‘tkazishdan iborat. Shu bilan birga telekonferentsiyalar o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida ham va o‘quvchilarning o‘zlari o‘rtalarida ham o‘tkazilishi mumkin. Bular audio audiografik video-kompyuterli telekonferentsiyalar bo‘lishi mumkin. Teletaʻlim modeli yaqinda paydo bo‘ldi lekin u zamonaviy taʻlimda tashkil etishda tubdan o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Mana shu asosida zamonaviy taʻlimning yangi tashkiliy shakli - virtual universitetlar rivojlanayotganligida bu yaqqol namoyon bo‘lmoqda. O‘qishning bu shaklini biz yangi taʻlimning endi paydo bo‘layotgan modeli sifatida qaraymiz. Mazkur modelida O‘quv maqsadlarida foydalaniladigan telekonferentsiyalar texnologiyasiga ega bo‘lgan taʻlim tizimini qayta qurish mavjud imkoniyatlari amalga oshiriladi. Bu texnologiyalar talabalar guruhlariga va alohida o‘qituvchilarga bir-biridan har qanday masofadan turib o‘quvchilar bilan va o‘zaro uchrashish imkonini beradi.
Masofali taʻlim faqatgina milliy taʻlim tizimi (institutsional) doirasidagina emas balki oliy taʻlim butun dasturining to‘rtdan bir qismini tashkil etuvchi asosan biznes sohasida tayyorlashga yo‘naltirilgan alohida tijorat kompaniyalari tomonidan ham rivojlantirilayotganini alohida taʻkidlab o‘tish zarur. IBM General Motors Ford kabi va boshqa kompaniyalar tomonidan xususiy korporativ taʻlim tharmoqlari yaratilgan. Mana shu taʻlim tizimlarining ko‘pligi murakkabligi bo‘yicha ham va soni bo‘yicha ham universitetlarda yaratilgan tizimlardan ancha ilgarilab ketgan.
Masofali taʻlim sohasida faoliyatni muvofiqlashtirish uchun butundunyo masofali taʻlim assotsiatsiyasi (WAOE) tashkil etildi bu assotsiatsiya masofali taʻlim mintaqaviy taʻlim tizimlarini birlashtiradi.
Dunyoda masofali taʻlimning tizimlari turli-tumanligi xizmatlar ko‘rsatiladigan taʻlim va tashkiliy shakllari juda xilma-xilligi sababli hatto oddiy turlarga ajratish ham juda qiyin. Quyida chet el nashrlari materialari bo‘yicha masofali taʻlim o‘qitish tizimlari eng eʻtiborlilariko‘rsatibo‘tilgan.8
Mamlakat Masofali taʻlim o‘qitish tizimi Belgiya Bryusseldagi Oliy iqtisodiyot maktab (ESAL). AQShda masofali taʻlimning holati va tendentsiyalarini alohida ko‘rib chiqishni muhim deb hisoblaymiz. Birinchidan taʻlimning bu turi o‘quvchilar ko‘p qismini qamrab olgan ikkinchidan o‘qitish masofali shakli anʻanaviy taʻlim tizimlari bilan (maktab o‘rta taʻlimdan keyingi hamma taʻlim turlari firmalar ichidagi kasbiy taʻlim)tabiiyravishda birlashtirilgan.

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish