Buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, buxgalter va auditor kasblari haqida tushuncha



Download 1,57 Mb.
bet51/91
Sana26.02.2022
Hajmi1,57 Mb.
#465456
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91
Bog'liq
Ayamga imtihon

5.3 Ilm-fan va ta’lim hamkorligi
Boshqalarni o‘qitib
o‘zimiz ham o‘rganamiz
Seneka
«Fan o‘z-o‘zidan rivojlana olmaydi. U oliy o‘quv yurtlari va o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan hamda ilmiy faoliyatga qiziqishi bo‘lgan bitiruvchilar bilan yaqindan bog‘liqdir. O‘z davrida Vilgelm Gumbold ta’kidlaganidek, universitet- bu professorlar va talabalarning ittifoqi, fan va ta’limning ittifoqi»26.
Jahondagi yetakchi mamlakatlarning amaliyotini o‘rganish hamda mamlakatimiz tajribasi shuni ko‘rsatadiki, hozirgi sharoitda fan va oliy ta’lim integratsiyalashmasa, ularning layoqatliligi pasayib boradi. Masalan, ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari mehnat bozorida raqobatlasha olmaydi, yosh mutaxassislar ilm-fanga intilishining pasayishi oqibatida esa oliy malakali ilmiy pedagog kadrlar ta’minoti ham yomonlashadi. Ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari integratsiyalashuvining sustligi ularni rivojlantirish salohiyatini pasaytiradi, jamiyat va iqtisodiyotni o‘zgartirishdagi ulushini kamaytiradi, xalqaro mehnat taqsimotida mamlakatimizning manfaatli ishtirokiga, jahon fan-ta’lim jamoatchiligi bilan to‘laqonli uyg‘unlashishiga to‘sqinlik qiladi. Ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyalashuvi jarayonini rivojlantirishning murakkabligi ustun darajada ularni tashkil etishdagi institutsional qoloqlik bilan bog‘liq bo‘lib, bu sobiq sho‘rolar tuzumiga xos bo‘lgan fan va ta’lim tarqoqligining saqlanib qolishida namoyon bo‘lmoqda. Afsuski, hozirgi vaqtda ham ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari faoliyati hamda boshqaruvida bunday tarqoqlik ma’lum darajada davom etib kelmoqda. Ilm-fan va oliy ta’limni tashkil etishda byurokratik model elementlarining saqlanib qolayotganligi hozirgi bozor makoni talablari hamda ehtiyojlariga mos kelmaydi. Buning asosiy sabablaridan biri esa me’yoriy-huquqiy va tashkiliy ta’minotdagi kamchiliklar hisoblanadi. Umuman aytganda, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyalashuvi jarayonlarida bir qancha me’yoriy-huquqiy, ma’muriy-boshqaruv, moliyaviy-iqtisodiy, tashkiliy-uslubiy, ijtimoiy va hatto psixologik to‘sqinliklar saqlanib qolmoqda.
Bunday muammolarni hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 10-fevraldagi PF 2125-sonli «O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi» Qarorida: «respublika ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish» mazkur markazning eng muhim vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
Ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyalashuvi sohasidagi, xususan, ilmiy- tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining integratsiyalashuvi tuzilmasini qayta tashkil etish ishlari iqtisodiy makondagi o‘zgarishlarga nisbatan biroz kechikib sodir bo‘lmoqda. Albatta bu keng qamrovli, ma’lum vaqt va yuqori salohiyat talab etadigan ish. Fikrimizcha, ushbu muammolarning hal etilishi quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
1. Ilm-fan va ta’limni uyg‘unlashtirishda ta’limning ilm-fanga ta’siri:

  • ilmiy-tadqiqot mauassasalarining xodimlarini pedagogik faoliyatga jalb qilish va ular bilan tajriba almashish;

  • ilmiy-tadqiqot mauassasalari xodimlari bilan hamkorlikda o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish;

  • ilmiy, o‘quv-uslubiy va axborot bazasidan birgalikda foydalanish;

  • magistrantlar va talabalarning tanishuv amaliyotlarini tashkil etish hamda ularga ekskursiyalar uyushtirish va b.

2.Ilm-fanning ta’limga ta’siri asosan quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  • professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilinishi, hamkorlikda ilmiy loyihalar bajarish va ilmiy-tadqiqot natijalarini muhokama qilish;

  • OO‘Yuda tayyorlangan ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni taqriz va tahrir qilish hamda DAK ishida ishtirok etish;

  • mamlakatdagi va jahon ilm-fani yutuqlari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va talabalarga muammoli hamda dolzarb mavzularda ma’ruzalar o‘qish;

  • lokal axborot tarmog‘i orqali aloqa o‘rnatish va axborot almashish;

  • talabalar uchun nomli stipendiyalar ta’sis qilish;

  • bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari rahbarlik qilish va ilmiy maslahatchi bo‘lish va h.

3. Yuqorida ilm-fan, ta’lim va amaliyot uyg‘unligi xususida ta’kidlagan edik. Endi ilm-fan va ta’limning o‘zaro ta’siri natijasida erishiladigan samara qanday yo‘nalishlarda namoyon bo‘lishi haqida to‘xtalamiz:

  • hamkorlikda xalqaro megaloyihalar ishlab chiqish va bajarish;

  • hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalar, simpozium, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etish;

  • ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyanomalar tayyorlash hamda ko‘rgazmali seminarlar(masalan, «fermerlar kuni » va h.) uyushtirish;

  • hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish va natijalarini chop ettirish;

  • katta ilmiy xodim izlanuvchi, mustaqil tadqiqotchi va magistrantlarga ilmiy rahbar(maslahatchi) bo‘lish;

  • dissertatsiyalar, ilmiy monografiyalar va ilmiy hisobotlarni muhokama qilish uchun birlashgan ilmiy kengash hamda seminarlar tashkil etish va b.

4. Oliy ta’lim muassasasida ilm-fan va ta’limni uyg‘unlashtirish natijasida quyidagilarga erishiladi:

  • talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish orqali ta’lim sifati va natijada kadrlar raqobatbardoshligi oshadi;

  • ilmiy tadqiqot uslublari, qonuniyatlari va qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalari shakllanadi;

  • iqtidorli talabalarni tezroq aniqlash va ularning qobiliyatlarini ochish imkoniyati yaratiladi;

  • ilmiy salohiyatni, axborot bazasini, shakllangan nazariy bilimlar va tajribani oliy ta’lim muassasida to‘plash orqali fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligi oshadi hamda ilmiy-tadqiqot ishlari yanada samaraliroq muvofiqlashtiriladi;

  • kafedralar professor-o‘qituvchilari va ilmiy-tadqiqot bo‘linmalari xodimlarining professional-tashkiliy tuzulmasi yaxshilanadi;

  • universitet professor-o‘qituvchilari, magistratura va bakalavriat talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlariga hamda ilmiy xodimlarni ta’lim jarayoniga jalb qilish yaxshilanadi;

  • ta’lim jarayonida (darslik, o‘quv qo‘llanma va b.) va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishda qo‘llaniladigan (ilmiy monografiya, maqolalar va b.) axborot resurslari ko‘payadi;

  • katta ilmiy xodim izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrantlarga ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratish orqali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sifati yanada yaxshilanadi;

  • yuqori malakali va zamonaviy fikrlaydigan kadrlar bilan ta’minlash hamda ilm-fan yutuqlari, yuksak texnologiyalar va texnikalarni kengroq joriy qilish yo‘li bilan agrar soha korxonalari faoliyatining samaradorligi oshadi.




Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish