Amalga oshirilgan ishlar. Talabalarning zamonaviy elektron adabiyotlaridan, soha yangiliklaridan boxabar bo‘lishlari uchun TIJ kutubxonasi bazasida 3000 yaqin iqtisodiy xorijiy adabiyotlar, 9000 yaqin turli fan sohalariga tegishli xorijiy adabiyotlar, o‘zbek tilidagi 12000 dan ziyod darslik, o‘quv qo‘llanma, maruza matnlar, 2000 dan ziyod prezintatsiya materiallari mavjud. TIJ kutubxonasi bazasida jami 50 mingdan ziyod elektron kitoblardan foydalanish imkonini mavjud.
Ingliz tilini o‘rganishga mo‘ljallangan 10000 dan ziyod E-kitoblar 2000 dan ziyod video, 8000 ga yaqin MP-3 audio hamda 800 ta ingliz tilidada kino filmlar mavjud.
Talabalarni internet tarmog‘idan to‘g‘ri va samarali, ayniqsa, maqsadli, ilmiy faoliyatga yo‘naltirilgan holda foydalanishga imkoniyati yaratish maqsadida 2016 yil 20 mayda “TIJ-Buxgalteriya” nomli bepul Wi-Fi zona tashkil etildi.
Rejalashtirilayotgan loyihalar: “Yosh buxgalterlar klubi” talabalar ilmiy jamiyati (TIJ) tomonidan talabalarni innovatsion faoliyatga jalb qilish, bilimli yoshlar bilan ishlashni yanada tokomillashtirish mexanizmlarini hayotga tatbiq etish maqsadida kelgusi yillarda rejalashtirilayotgan loyihalar quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, ma’ruzalarining mohiyatini talabalarga har tomonlama tushuntirish uchun maxsus kurslar joriy etish, turli uchrashuvlar, bahs-munozaralar, davra-suhbatlar, savol-javoblarni har oyda bir marta tashkil etish rejalashtirilgan;
Respublikadagi OTM larning iqtidorli talabalari bilan xorijiy davlatlarning OTMlari iqtidorli talabalari bilan ilmiy va ijodiy hamkorlikni revojlantirish;
Iqtidorli talabalarning ilmiy va ijodiy ishlarini kitob holida nashr etish orqali ularning mehnati va ilmiy ijodini rag‘batlantirish.
TIJ a’zolari ishtirokida innovatsion pedagogik texnologiyalariga asoslangan o‘quv adabiyotlarining elektron versiyalarini yaratish bo‘yicha «Buxgalteriya hisobi nazariyasi», «Audit» va «Moliya» fanlaridan elektron darsliklarni yakunlash;
Axborot texnologiyalariga asoslangan kasbiy ko‘nikmalarni oshirish maqsadida “1S:Buxgalteriya” va “UzASBO” elektron buxgalterlik dasturlari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish.
Shunday qilib, ta’lim jarayoniga ijodiy-innovatsion yondashuvlar o‘zining samarasini bermoqda. Yoshlar zamonaviy bilimlarga ega bo‘lib, ular ong va dunyoqarashida o‘ziga xos yuksalish ro‘y bermoqda. Yoshlar mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisi ekanligini his qilmoqdalar. Ular ongi, dunyoqarashida, shu Vatanni obod etish mening vazifam, degan yuksak tuyg‘u, burch va ma’suliyat shakllanmoqda hamda rivojlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |