Buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, buxgalter va auditor kasblari haqida tushuncha


Buxgalteriya hisobi va uning ahamiyati



Download 1,57 Mb.
bet9/91
Sana26.02.2022
Hajmi1,57 Mb.
#465456
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91
Bog'liq
Ayamga imtihon

2.3. Buxgalteriya hisobi va uning ahamiyati
Xususiy mulkchilik va bozor munosabatlarining rivojlanishi buxgalteriya hisobi oldiga qo‘yiladigan talablarni kengaytirmoqda va kuchaytirmoqda. Bu eng avvalo, boshqaruv maqsadlari xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining yakuniy natijasi – foyda olishga qaratilganligi bilan bog‘liq. Hozirgi sharoitda buxgalteriya hisobi ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda uchta yo‘nalishda qayta shakllanmoqda (2.2-rasm).


2.2-rasm. Buxgalteriya hisobining turlari


Moliyaviy hisob tashqi va ichki axborotdan foydalanuvchilar talabini qondirishga qaratilgan hisob va hisobot tizimidan iborat. Boshqaruv hisobi faqat ichki axborotdan foydalanuvchilar, ya’ni xo‘jalik yurituvchi sub’ekt boshqaruv apparatini axborot bilan ta’minlaydi va uning joriy vazifalari (ishlab chiqarish hisobi) kabi strategik maqsadlariga (strategik hisob) xizmat qiladi.
Soliq hisobi soliqlarning alohida turlari bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazani to‘g‘ri hisoblash va byudjet bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan. Shunday qilib, boshqaruvning ko‘rib chiqilgan rejalashtirish, nazorat va qabul qilingan qarorlar bajarilishining samaradorligini baholash kabi funksiyalari buxgalteriya hisobi tufayli amalga oshiriladi. Uning axborot tizimi ichki va tashqi axborotdan foydalanuvchilarning xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida yaqqol tasavvurga ega bo‘lishini ta’minlaydi.


2.4. Buxgalteriya hisobining sub’ektlari, ob’ektlari, predmeti va metodi haqida tushuncha
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonuni»ning 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududidagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda respublikada ro‘yxatga olingan barcha yuridik shaxslar, shuningdek ularning Respublika hududida hamda undan tashqarida joylashgan shu’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobining sub’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, yuridik shaxs hisoblanmagan, ammo bankda hisob raqamiga ega bo‘lgan tadbirkorlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek chet el yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari ham buxgalteriya hisobining sub’ektlari hisoblanadi. Ushbu sub’ektlar ham amaldagi qonunchilikka muvofiq hisob yuritishi va hisobot taqdim etishi belgilangan
Ma’lumki, u yoki bu sohani o‘rganuvchi har bir fan o‘z predmeti, ya’ni o‘rganiladigan obektlariga va metodi, ya’ni shu predmetni o‘rganish usullarining ilmiy asoslangan majmuasiga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek, buxgalteriya hisobi ham iqtisodiy fanlarning mustaqil bir tarmog‘i sifatida o‘z predmeti va metodiga ega.


Xo‘jalik mablag‘lari (aktivlar), ularning manbalari (passivlar) va mablag‘larning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi doiraviy aylanishi hamda faoliyat natijalari buxgalteriya hisobining predmetidir.

Korxonalar xo‘jalik faoliyati amaldagi qonunchilik va tasdiqlangan biznes-rejasiga muvofiq amalga oshirilib, ishlab chiqarishni beto‘xtov o‘stirishga, mehnat unumdorligini oshirishga, resurslarni juda ham tejab sarflashga, mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishga, foydani ko‘paytirish va natijada rentabellikni o‘stirishga yordam berishi kerak.


Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur mablag‘lar va ularning vujudga kelish manbalariga ega bo‘lishlari lozim. Mablag‘lar va manbalar ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlarida sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalari ta’sirida o‘zgaradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirish va biznesni boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Lekin, buxgalteriya hisobi korxona xo‘jalik faoliyatining pulda ifodalanadigan qisminigina aks ettiradi. Bu esa buxgalteriya hisobining obektlarini belgilab beradi.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun»ning 7-moddasiga muvofiq «Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobining obektlaridir». Korxonalar o‘z xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishlari uchun zarur mablag‘lar, mashinalar, qurilmalar, pul, moddiy boyliklar va boshqalarga ega bo‘lishlari kerak. Bu mablag‘larning tarkibi va ko‘lami korxonalarning xo‘jalik faoliyatining yo‘nalishi (sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lib, ularning biznes-rejalari bilan belgilanadi.
Byudjetdan moliyalashtiriladigan sub’ektlarda ayrim o‘ziga xos ob’ektlari mavjud. Bular davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar; byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qilingan sarflar (tasdiqlangan smetalar bo‘yicha); naqd pullik va hisob-kitob operatsiyalari. Ushbu ob’ektlar alohida elementlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi schyotlarida pul ifodasida aks ettiriladi. Shuningdek, bu moddada buxgalteriya hisobi ob’ektlari sintetik va analitik schetlarda yuritilishiga urg‘u berilgan.



Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish