Buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, buxgalter va auditor kasblari haqida tushuncha


Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari



Download 1,57 Mb.
bet10/91
Sana26.02.2022
Hajmi1,57 Mb.
#465456
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91
Bog'liq
Ayamga imtihon

2.5. Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonuni»ning 6-moddasi «Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari» deb nomlangan. Ushbu modda buxgalteriya hisobida mujassam bo‘lgan tub mohiyat: uzluksizlik, ishonchlilik va qiyoslanuvchanlikni ifodalaydi. Shu bois, ularga batafsilroq to‘xtalamiz.
Uzluksizlik. Uzluksizlik tamoyili chuqur falsafiy mazmunga ega bo‘lib, hayotning bardavomligi, uzluksiz, yangi sifat bosqichlarida davom etaverishini bildiradi. Bu mazmun ramziy ma’noda buxgalterlarning xalqaro gerbida Bernulli egri chizig‘i ko‘rinishida ham o‘z ifodasini topgan. Ushbu egri chiziq Bernulli vafotidan so‘ng uning qabr toshiga ham o‘yib tushirilgan.
Bernulli egri chizig‘i – hisob insoniyat tarixining ibtidosidayoq paydo bo‘lib, to yerda hayot bor ekan mangu qolishini, uzluksiz davom etishini bildiradi.
Ishonchlilik. Avvalo, buxgalterlar tomonidan ilmiy, nazariy bilimlarning amaliyotda vijdonan qo‘llanilishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi. Buxgalterlik amaliyotida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot ma’lumotlari ishonchli, ya’ni haqqoniy holatni aks ettiradigan bo‘lishi lozim. Aks holda buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishiga olib kelishi mumkin.
Qiyoslanuvchanlik, aniqrog‘i ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi.
Keng ma’noda, qiyoslash tushunchasining falsafiy-gnoseologik mazmuni A.Eynshteynning «Nisbiylik nazariyasi» bilan ham bog‘liq. Qiyoslash biror bir buyum, hodisa yoki voqeani boshqasi bilan qiyoslaganda undagi miqdor va sifat o‘zgarishini tavsiflash uchun zarur.
Ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi tamoyili, birinchidan, korxona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning boshqa korxonalar faoliyati to‘g‘risidagi o‘xshash axborotlar bilan qiyoslanuvchanligi ta’minlaydi. Qolaversa, muayyan korxonada qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi metodlarida izchillik saqlanishi va shu bilan birga uning bir qancha hisobot davrlaridagi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning qiyoslanuvchanligini ham ta’minlaydi.
Ushbu tamoyil tegishli axborotdan foydalanuvchilarga korxona samaradorligi va moliyaviy holati rivojlanishining borishini aniqlashda yordam beradi. Ular turli xil korxonalarning moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatlariga ham ega bo‘lishlari lozim.

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish