Buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, buxgalter va auditor kasblari haqida tushuncha


Zamonaviy innovatsion ta’lim tizimi - bu insonning butun hayoti davomida, ta’bir joiz bo‘lsa



Download 1,57 Mb.
bet66/91
Sana26.02.2022
Hajmi1,57 Mb.
#465456
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   91
Bog'liq
Ayamga imtihon

Zamonaviy innovatsion ta’lim tizimi - bu insonning butun hayoti davomida, ta’bir joiz bo‘lsa, «beshikdan qabrgacha», uzluksiz ta’lim oladigan, ochiq, moslashuvchan, individuallashgan, pragmatik va yangi bilimlar barpo qiluvchi global tizim.
Ushbu tizim quyidagi qismlardan iborat:

  • ta’lim sohasidagi ishlab chiqarish innovatsiyalari, xususan yangi texnologiyalar yani, texnologik innovatsiyalar, talimning yangi usullari va uslublari (pedagogik innovatsiyalar);

  • boshqaruv innovatsiyalari, ta’lim sohasidagi yangi iqtisodiy mexanizmlar (iqtisodiy innovatsiyalar), tashkiliy tuzilmalar va institutsional shakllar (tashkiliy innovatsiyalar)dan iborati.

Zamonaviy ta’lim tizimining asosini yangi axborot, kompyuter va telekommunikatsion texnologiyalar, ularni ta’lim jarayoniga tatbiq qilish, ya’ni texnologik innovatsiyalar tashkil etadi. Ta’limda innovatsion faoliyatni boshqarishning muhim xususiyati, innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash pedagogik usullar va uslublarda, professor-o‘qituvchilar va talabalarning mehnatini tashkil etishda, iqtisodiy mexanizmlarda, hatto zamonaviy ta’lim nazariyasi va uslubiyatida tub o‘zgarishlarga olib kelishida namoyon bo‘lmoqda. Zamonaviy ta’limning texnologik vositalari xilma-xil bo‘lib, bugungi kunda ular shiddat bilan rivojlanmoqda.
Ta’lim sohasida texnologik innovatsiyalarning tez rivojlanishi o‘quv jarayonini amalga oshirish uchun texnologiyalarni tanlash muammosini ta’lim sohasida innovatsion faoliyatni boshqarishning muhim muammolaridan biriga aylantirmoqda.
Innovatsion o‘quv jarayonida texnologiyalarni samarali tanlash va ishlatishning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin:

  • o‘quv jarayonida axborot texnologiyalari o‘z holicha (nomigagina) emas, balki undan foydalanish ta’lim maqsadiga erishish uchun xizmat qilishi bilan muhim;

  • eng qimmat va eng zamonaviy texnologiyalar ta’limni eng yuqori darajada ta’minlaydi degani emas. Aksincha, ko‘p hollarda sodda va arzon texnologiyalar eng samarali bo‘lishi ham mumkin;

  • texnologiyalarni tanlashda ulardan ayrimlarining ta’lim oluvchilar xususiyatlariga, muay’yan predmet sohalarining o‘ziga xos xususiyatlariga, o‘quv topshiriqlari va mashqlarning ustuvor jihatlariga eng yuqori darajada mos kelishini inobatga olish zarur;

  • texnologiyalarni tanlashda eng samaralisi multimedia yondashuvi bo‘lib, unda har xil texnologiyalarning bir-birlarini to‘ldirishi va ularning o‘zaro sinergetik samarasiga intilishi zarur.

Texnologik innovatsiyalar ko‘plab pedagogik uslub va usullarning sezilarli darajada kengayishiga, ta’lim jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan pedagogik innovatsiyalarga olib keladi.
Zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari bazasida o‘qitish va o‘rgatish uslublarining majmuini talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi kommunikatsiyalar tipi bo‘yicha to‘rtta asosiy guruhga bo‘lish mumkin:

  • mustaqil ta’lim usullari;

  • individual o‘qitish va o‘rgatishning pedagogik usullari;

  • ma’ruza o‘qishga asoslangan o‘qitish;

  • o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilari o‘rtasidagi faol o‘zaro aloqadorlik o‘rnatidagan pedagogik uslublar.

  • Mustaqil ta’lim usullari. Agar an’anaviy ta’lim tizimida mustaqil ta’lim kitob o‘qish yo‘li bilan amalga oshirilsa, yangi texnologiyalar ko‘plab usullarning rivojlanishiga olib keladi-ki, ular qo‘llanilganda talabalar ta’lim resurslari bilan o‘qituvchi va boshqa ta’lim oluvchilar eng kam darajada ishtirok etgan holda o‘zaro aloqada bo‘ladilar. Fikrimizcha, zamonaviy texnologiyalar bazasida mustaqil o‘qish uchun multimedia yondashuvi maqbul bo‘lib, unda ta’lim resurslari ko‘plab xilma-xil vositalar asosida ishlab chiqiladi. An’anaviy o‘qitish va innovatsion ta’limning qiyosiy tavsifi hamda so‘ngisining ustun (afzal) jihatlarini quyidagicha ifodalashimiz mumkin (6.2-jadval)

  • Individual o‘qitish va o‘rgatishning pedagogik usullariga bitta talabaning o‘qituvchi yoki boshqa talaba bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishiga asoslanib, zamonaviy ta’limda nafaqat yuzma-yuz o‘zaro munosabat, balki elektron pochta, ovozli pochta va telefon kabi texnologiyalar ham xosdir.


Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish