Axborot resurs markazi (ARM) fondlaridan foydalanish45
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi 2006 yil 20 iyundagi PQ - 381-sonli qarori asosida oliy va o‘rta mahsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari tarkibida tashkil etilgan axborot-resurs markazlari faoliyati samaradorligini ta’mirlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi 29 dekabr 2006 yil № 295-sonli buyrug‘i bilan «Kutubxona»lar axborot resurs markazi (ARM)ga aylantirildi. ARMning vazifasi kutubxonadan farqli o‘laroq axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchining muntazam va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish, milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramad bo‘lishni ta’minlash ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratish. Axborotlarga bo‘lgan talablarga muvofiq va ARM ma’lumotlar qidirish apparati tizimi orqali xar qanday fondlardan keng foydalangan va yangi axborot texnologiyalariga tayangan holda zarur darajada axborot xizmati ko‘rsatish ya’ni ma’lumotlarning elektron bazalari internet resurslari, sohaga oid saytlar elektron kutubxona va elektron kataloglar. ARMdan foydalanish uchun kitobxon avvalo ARMga a’zo bo‘lishi zarur. Foydalanuvchilar ARMga a’zo bo‘lish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki pasport) telefon raqami, talabalar uchun talabalik guvohnomasi va zarur miqdordagi fotosuratlarni (fotosurat elektron shaklda) taqdim etadilar hamda a’zolik biletini va ro‘yxatdan o‘tkazish varaqasi rasmiylashtirish uchun ma’lumotlar beradilar. ARMga a’zo bulgan kitobxon elektron kutubxonadan ro‘yxatdan o‘tib login, parolni qulga kiritadi va elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kitobxonlik guvohnoma orqali kitobxon ARMning barcha bo‘limlaridan foydalanish imkoniyatiga ega. O‘quv zali, marketing va axborot xizmati ko‘rsatish bo‘limi, ijtimoiy siyosiy adabiyotlar bo‘limi, dissertatsiyalar bo‘limi, alfavit-sistemali kataloglar, elektron kutubxonadan foydalanishlari mumkin. XXI asr axborot texnologiyalar asri shunday ekan, elektron kutubxonalar qulayligi tejamliligi bilan zamon talabiga to‘liq javob beradi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Elektron kutubxonaning afzalliklari Elektron kutubxona internet bergan imkoniyatlardan biri bo‘lib, u kitoblar majmuining elektron shaklidir. Kutubxona deganda, odatda ko‘z oldimizga kitoblar turgan uzundan-uzoq javonli katta xonalar keladi. Elektron kutubxonada javonlar vazifasini jildlar, kitoblar xizmatini internet sahifalari bajaradi. Bu kutubxona ma’lumotlari elektron ko‘rinishda bo‘ladi va kompyuterda joylashadi. Undan foydalanish juda qulay. Siz dunyoning istalgan nuqtasida turib, elektron kutubxona ma’lumotlaridan foydalana olishingiz mumkin. Yana bir qulay tomoni shundaki, elektron vositalar yordamida zarur ma’lumot nusxasini ko‘chirib olishingiz mumkin. Kutubxonadan kutubxonaga istalgan vaqtda murojat qila olasiz va undagi ma’lumotni zum o‘tmay olishingiz mumkin. Buning uchun axborot resurs markaziga borib o‘tirishning xojati qolmaydi, bu esa o‘z o‘rnida sizning vaqtingizni va naqtingizni tejaydi.
Elektron kutubxonadan foydalanishingiz uchun kompyuter, modem va Internet tarmog‘i bo‘lishi yetarli. Bugungi kunda «Elektron kutubxona», «Elektron katalog» tushunchalari vaqtli matbuotda tez-tez uchramoqda. Axborot resurs markazining elektron kutubxonasi, elektron katalogi tushunchalari ba’zan bilib, ko‘p hollarda esa bu tushunchalarning ma’nosiga yetmasdan ishlatilmoqda. ARM fondi asosiy fond bo‘lib elektron kutubxonada topa olmagan kitob, hujjatlarni undan olib foydalanishingiz mumkin. Chunki ayrim bosma hujjatlar mualliflik xuquqida bo‘lishi mumkin. Bunday hujjatlarga avvalambor, dissertatsiyalar, avtoreferatlar, bitiruv malakaviy ishlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar kiradi.
Kitobxon o‘ziga kerakli adabiyotni, hujjatni alfavit yoki sistemali katalog yordamida izlashi mumkin. Alfavit katalogda hujjatlar muallifi ismi, sharfining bosh harfi alifbo tartibida joylashtirtladi. Agarda muallif bir nechta asarlar yaratgan bo‘lsa asarlari alifbo tartibida joylashtiriladi.
Sistemali katalog fan sohalarini sistematikasi bo‘yicha joylashtiriladi. Bunda Uneversal o‘nlik klasifikatoridan foydalaniladi (UDK).
Katalogda hujjatning nomi orqali qidirish mumkin unda ham soha, alifbo tartibida joylanadi.
Elektron katalogdan ma’lumot izlash elektron kutubxonaning qidirish, kengaytirilgan qidirish (poisk) tugmasi orqali amalga oshiriladi. Kidirish tizimidan farqli o‘laroq ya’ni Google, Yahdeks, YoTube va boshqalar, so‘ralgan ma’lumot aniq ko‘rsatiladi. Qidiruv tizimida (Poikosavaya sistema) so‘ralgan ma’lumotda ishtirok etgan so‘z ham ko‘rsatiladi va bir necha oynani ochishga to‘g‘ri keladi elektron katalogda aniq hujjat taqdim etiladi .
Masalan:
S hundan keyin izlanayotgan elektron adabiyotlarning bir yoki bir nechtasining ro‘yxatini ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Bu oynada kerakli bo‘lgan elektron adabiyotlar ro‘yxatini ko‘rib, ular orasidan o‘zimizga kerakli adabiyotni tanlaymiz va oynaning pastki qismida adabiyotning elektron kartochkasini ko‘ramiz. Adabiyotning to‘liq matnini o‘kish uchun belgilab qo‘yilgan «Polnыy tekst» tugmasi bosiladi.
Muallif (Avtor) bo‘yicha elektron adabiyotni izlab topish uchun belgilab qo‘yilgan ketma-ketlikni bajarish talab qilinadi.
Kitobxon izlayotgan adabiyotning nomini va muallifini esdan chiqargan bo‘lsa, u holda kalit so‘zi orqali elektron adabiyotni topish imkoniyati mavjud. Buning uchun belgilab qo‘yilgan ketma-ketlikni bajarish talab kilinadi. Elektron kutubxonaning IRBIS dasturiy ta’minotida bajarish yo‘llari havola etildi. Bunday dasturiy taminotlar bir nechta milliy dasturlardan ARMAT dasturini misol qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |