BERNARD SHOU
T alaba o‘zining kundalik faoliyatini puxta rejalashtirishi shart. Bunda oldinda turgan ishlarning bir kunlik, haftalik va bir oylik ro‘yxati tuzilib, ularning ketma-ketligi va davomiyligi puxta o‘ylab ko‘rilishi zarur. Agar Sizning vaqtingiz nimaga va qanday sarflanishi aniq ma’lum bo‘lsagina, rejangiz real bo‘lishi mumkin. O‘z vaqtini ko‘rgazmali tarzda ro‘yxat qilish tizimi talabalar uchun eng qulay bo‘lishi mumkin. Hamma vaqt o‘z imkoniyatlaringizni diqqat bilan o‘rganishga harakat qiling. Xususan, bunda quyidagilarga alohida e’tibor berish lozim:
axborotlarning qaysi turlari yaxshi eslab qolinadi, qaysilarini eslab qolish qiyin;
nimani va qanday eslab qolish samarali (ko‘rgan, eshitgan, yozib olingan va b.);
u yoki bu aqliy faoliyatni amalga oshirish uchun kunning qaysi vaqti(soatlari) hamda qanday sharoitlarda samarali;
qachon va qaerda diqqatli bo‘lasiz, qachon bo‘la olmaysiz;
qachon va qanday materiallarni oson va qaysilarini qiyin tushunib hamda o‘zlashtirib olasiz;
aqliy mehnat jarayonida dam olish va energiyani tiklashning samarali individual usullari qanday;
talaba ta’lim olishga o‘zining shaxsiy qiziqishlarini uyg‘otishi, o‘zining ish rejasini tuzishi, o‘zini o‘zi baholashni odat qilishi va o‘z maqsadini aniq belgilashi lozim.
Talaba mustaqil ishlashni o‘rganishi uchun kun davomida mustaqil va faol ishlashni rejalashtirishi zarur. Mustaqil ishlash (yozuv-chizuv va hisob-kitob ishlari; adabiyotlar va turli birlamchi manbalarni konspekt qilish; ma’ruza konspektlarini o‘qish, tuzatish va to‘ldirish; maxsus adabiyotlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganish, kundalik uy vazifalarini bajarish) uchun bir kunda kamida 4-5 soat, haftada 24-30 soat, semestr davomida 300-360 soat ajratish lozim. Ishlarni rejalashtirishda eng ustuvorlarini aniqlash va muhimligi bo‘yicha ketma-ketligini belgilash hamda bajarish usullarini shakllantirish zarur.
O‘tilgan darslarni muntazam takrorlab borish ham muhim ahamiyatga ega. Bunda amaliy va seminar mashg‘ulotlarida chiqish (taqdimot) qilishni o‘rganish, o‘qilgan materiallarning qisqa bayoni (rezyume) tuzish yoki ularni konspekt qilish, savollar ro‘yxatini tuzish, yangi mavzu(material)ni o‘rganishga e’tibor qaratish, intensiv, lekin tanaffus bilan ishlash zarur.
Shunday qilib, oliy ta’limda talaba yuksak maqsadni qo‘yib, vazifalarni aniq belgilashi va faoliyatini puxta rejalashtirishi hamda astoydil mehnat qilishi muvaffaqiyatga erishishning muhim sharti hisoblanadi. Shundagina Siz jamiyatda e’tirof etilib, hurmatga sazovor bo‘lasiz! Hayotda hamma narsaning birlamchi sababi o‘zimizda. Omad yor bo‘lsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |