Buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, buxgalter va auditor kasblari haqida tushuncha


Ayrim o‘quv fanini tashkil etgan bilimlar majmui; O‘quv fani, dars»27. «Metod



Download 1,57 Mb.
bet55/91
Sana26.02.2022
Hajmi1,57 Mb.
#465456
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91
Bog'liq
Ayamga imtihon

2 Ayrim o‘quv fanini tashkil etgan bilimlar majmui; O‘quv fani, dars»27.
«Metod [yun.methodos-tadqiqot usuli, yo‘li] 1 Tabiat va jamiyat hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli.
2 q.usul, uslub»28.
O‘quv fanining predmeti mavjud, ya’ni bizga ma’lum bo‘lgan bilimlar majmuidan iborat. Lekin borliqdagi barcha narsa, hodisa va buyumlar uzluksiz ravishda oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga tomon rivojlanishda bo‘lganligi bois, yangi muammolar vujudga keladi. Predmetni o‘rganish usullari, uslublarining majmui metodni tashkil etar ekan, u ham uzluksiz takomillashtirilib borilishi lozim. Demak, predmet va metod o‘rtasida o‘zaro sabab-oqibatli uzviy aloqadorlik mavjud.
«Funksiya [lot functio -ijro etish, bajarish] 1 mat. Erkin o‘zgaruvchi miqdor(argument)ning o‘zgarishiga qarab o‘zgarib turadigan, bog‘liq(tobe) o‘zgaruvchan miqdor.
2 biol. Biror a’zo yoki organizmning ishlab turishi, faoliyati.
3 ko‘chma. Biror ijtimoiy tashkilot, kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi»29. Ushbu izohlar biroz umumiyroq tuyulsada, lekin ulardan o‘quv faniga nisbatan ma’lum doiradagi ishlarni, vazifalarni bajarishlikni ilg‘ab olish qiyin emas.
Ob’ekt tushunchasi esa quyidagicha uch xil izohlangan:
«Ob’ekt (lot.objectum-narsa) 1 Bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan, sub’ekt(inson)ning amaliy va bilish faoliyati qaratilgan tashqi olam, borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot.
2 Kishi faoliyati, diqqat e’tibori qaratilgan hodisa, narsa.
3 Xo‘jalik yoki mudofaa ahamiyati bo‘lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va sh.k.».30
O‘quv fani ma’lum bir ob’ektda qo‘llanilishi, «amaliy va bilish faoliyatiga qaratilishi», soddaroq aytganda, biror joyda qo‘llanilishi lozim. Shuningdek, ma’lum bir tayanch tamoyillarga asoslanishi zarur.
«Prinsip (lot. pincipium-asos, negiz; ibtido). Biror nazariya, ta’limot, dunyoqarash va sh.k. ning dastlabki, asosiy qonun-qoidasi; faoliyat uchun asos qilib olinadigan bosh g‘oya, qonun-qoida»31.
O‘quv jarayonini tashkil etishning faqat o‘quv fanlariga asoslangan tizimi eskirgan va uning o‘rnini iqtisodiy-huquqiy, tahliliy mushohada va tafakkur paradigmasi egallashi lozim. Bu o‘z navbatida agrar soha uchun menejerlarni tayyorlash tizimini qayta ko‘rib chiqishni talab etadi. Bunda gap amaldagi ta’limni butunlay o‘zgartirish to‘g‘risida borayotgani yo‘q. Hozircha buning imkoni ham yo‘q va maqsadga muvofiq ham emas. Ammo ta’lim jarayonini mohiyatan modernizatsiya qilish zarur. Chunki mamlakat Prezidenti va Hukumati tomonidan qo‘yilayotgan vazifalar, qolaversa, hozirgi hayotning o‘zi shuni taqozo etmoqda. Bu borada SamVMI TF «Iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasida ma’lum ishlar amalga oshirilmoqa.
Oradan besh yil o‘tib, «Buxgalteriya hisobi va audit» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim jarayoniga yangicha, ijodiy yondashuv o‘zini oqlayotganligiga ishonch hosil qildik. Talabalarda iqtisodiy hodisalarni rasmiylashtirish, bir tizimga keltirish, buxgalteriya (moliyaviy, boshqaruv, soliq) va boshqa hisobotlarni tuzish, joriy hisob va hisobotlar axborotlari asosida boshqaruv qarorlari tayyorlashga qiziqish kuchayib, mustaqil ishlash ko‘nikmasi rivojlanmoqda. Eng katta yutuq talabalarda iqtisodiy hodisalarni mustaqil mushohada qilish va tafakkurdan o‘tkazish, tahlil va tadqiq qilish ko‘nikmalarining shakllanayotganligidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 10 fevraldagi PQ 2125-sonli «O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi» Qaroriga muvofiq O‘zBIITI QXIITI ga aylantirilib, ToshDAU tuzulmasiga o‘tkazildi. Ushbu qarorda «Respublika ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish»32 mazkur markazning eng muhim vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Bunday ijobiy o‘zgarishlar bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalari hamda katta ilmiy xodim izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga katta umid bog‘laydi. Shu tarzda oliy agroiqtisodiyot ta’limi, fani va amaliyoti yagona ilmiy akademik ishlab chiqarish majmui sifatida integratsiyalashishi mumkin. Katta ilmiy xodim izlanuvchilari, magistratura talabalari va barcha professor-o‘qituvchilari ilmiy tadqiqot faoliyati bilan samarali shug‘ullanishlari uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. Shuningdek, o‘quv-uslubiy ta’minotni yanada rivojlantirishga erishiladi.
Magistratura o‘quv rejasidagi mutaxassislik fanlar mazmuni, tuzulishi va ta’lim jarayonining tashkiliy shakllari bakalavriaturanikidan tubdan farq qilishi lozim. Chunki magistraturada talaba aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘z bilimlarini chuqurlashtiradi, ilmiy-tadqiqot, ta’lim yoki iqtisodiyotning u yoki bu tarmog‘ida rahbarlik (boshqaruv) faoliyati uchun tayyorlanadi. Shuning uchun ham magistraturada ta’lim jarayoni ustun darajada mustaqil professionallikka va agroiqtisodiyotdagi muayyan muammo bo‘yicha ilmiy-ijodiy izlanishga yo‘naltirilishi zarur. Buning uchun, fikrimizcha, magistratura o‘quv rejasidagi maxsus fanlar va ularning dasturlarida quyidagi jihatlarga ustuvorlik berilishi lozim:

  • maxsus (ixtisoslantiruvchi) fanlar ularda o‘rganiladigan predmet(muammo) nuqtai-nazaridan ixtisoslashgan, ya’ni aniq ilmiy muammolarni chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim;

  • magistrant ta’lim jarayonida maxsus ilmiy izlanishga asoslanishi lozim. Bunda o‘qituvchining roli magistrantga ilmiy tadqiqot uslublari bo‘yicha maslahat berishdan iborat. Magistrant o‘z mavzusi bo‘yicha tadqiqot predmeti va uslublari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi, ilmiy rahbari hamda fan o‘qituvchilariga aniq ilmiy-uslubiy masala bilan murojaat qila bilishi kerak;

  • mavzu tanlanib asoslanganidan so‘ng monografik tadqiqot ob’ekti hisoblangan korxonalar bilan ilmiy hamkorlik shartnomasi (yoki ilmiy buyurtma) rasmiylashtirilishi zarur;

  • tadqiqot jarayonida olingan oraliq natijalar ilmiy ish dasturiga muvofiq kafedrada muhokama qilinib, magistrantga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tugatish va keyingi izlanishlar bo‘yicha maslahatlar berilishi zarur.

Magistraturada ta’lim jarayonining bakalavriatura ta’lim yo‘nalishidagidek fanlar bo‘yicha faqat ma’ruza o‘qish va amaliyot(seminar) mashg‘ulotlar o‘tkazish shaklida tashkil etilishi noto‘g‘ri. Fikrimizcha, dastavval kafedrada magistrantlarga magistratura ta’limini tartibga soladigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, dissertatsiya mavzusini tanlash va asoslash bo‘yicha maxsus kurs (4-6 soatlik) tashkil etilishi zarur.
So‘ngra tanlangan mavzu ilmiy rahbar (maslahatchi) bilan kelishilgan holda tadqiqotlar rejasi va dasturi tuziladi hamda kafedrada muhokama qilinib, tasdiqlanadi. Shuningdek, bu jarayonda uslubiy tavsiyalar va aniq ko‘rsatmalar beriladi.
Agrar soha iqtisodiyotidagi hodisalarni mushohada qilish va idrok etish layoqatiga ega mutaxassislar tayyorlash zaruratidan kelib chiqqan holda, monografik tadqiqot ob’ektlarini tanlash hamda undagi muammolarni sharhlash asosida aniq amaliy-uslubiy yondashuvlar shakllantirilishi lozim. So‘ngra butun tadqiqot davomida magistrantlar dasturga muvofiq tadqiqot o‘tkazadilar, ilmiy rahbar (maslahatchi) esa uslubiy yordam ko‘rsatib boradi. Shu bilan birga auditoriya mashg‘ulotlari paytida magistrantlar o‘z mashg‘ulotlarining mazkur fanga taalluqli nazariy va uslubiy jihatlarini muhokama qilib borishlari ham mumkin. Ikkinchi bosqichda kamida 3 oy maqsadli dastur asosida (har bir magistrantning mavzusidan kelib chiqadigan) ishlab-chiqarish amaliyoti tashkil etilishi maqsadga muvofiq. Bu amaliyotda ilmiy rahbar ham bevosita ishtirok etishi zarur. Shu tarzda magistrantlarning ijodiy qobiliyatlarini ishga tushirish, ularni mustaqil tahsil olish va tadqiqot o‘tkazishga o‘rgatish, natijada ta’lim jarayonidayoq haqiqiy mutaxassis qilib shakllantirishga erishishimiz mumkin.
Shunday qilib, magistraturada ta’lim tizimi va jarayonini, maxsus fanlarning mazmunini takomillashtirish, ular o‘rtasida mantiqiy uzviylikni, ixtisoslantiruvchanlikni va amaliy qo‘llanuvchanlikni to‘liq ta’minlash lozim. Buning uchun iqtisodiy mutaxassisliklardan bittasi bo‘yicha yangicha yondashuvlarni eksperiment tariqasida bosqichma-bosqich joriy etish maqsadga muvofiq.

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish