Buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, buxgalter va auditor kasblari haqida tushuncha


O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga sharhlar



Download 1,57 Mb.
bet19/91
Sana26.02.2022
Hajmi1,57 Mb.
#465456
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91
Bog'liq
Ayamga imtihon

3.2. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga sharhlar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi9
Yangi tahrirda kiritilgan «Ushbu qonunning maqsadi» nomli 1-moddada qonunnning maqsadi bayon qilingan. Ya’ni u «buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobot tuzish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat» ekanligi aniq belgilangan. Ushbu moddaning mohiyati butun qonunning mazmunini o‘zida mujassam etgan.
2-modda. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Qonunning 2-moddasi nomi eski tahrirdagi 1–modda nomi bilan bir xil, ya’ni «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari» deb nomlangan. Bu moddada buxgalteriya hisobi ushbu Qonun va boshqa tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi belgilangan. Buxgalteriya hisobini tartibga soladigan boshqa qonun hujjatlariga quyidagilar kiradi: O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi; «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun; Mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga qo‘shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, hizmat ko‘rsatish) va realizatsiya xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom; va boshqalar. Bular O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun hisob yuritish siyosatining me’yoriy-huquqiy asosini ta’minlashga xizmat qiladi.
Qonunning oldingi tahriridagi «Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari» nomli 2-modda bekor qilingan.
3-modda. Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari
Yangidan kiritilgan, «Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari» deb nomlangan 3-modda buxgalteriya hisobida mujassam bo‘lgan tub mohiyat: uzluksizlik, ishonchlilik va qiyoslanuvchanlikni ifodalaydi. Shu bois, ularga batafsilroq to‘xtalamiz.
Buxgalteriya hisobining yuqorida ko‘rib chiqilgan prinsiplari va yuritish usullari uning metodologik asosini tashkil etib, tegishli ob’ektlarga nisbatan qo‘llaniladi. Uning negizini buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS), boshqa me’yoriy hujjatlar va metodik ko‘rsatmalar tashkil etadi.
4-modda. Buxgalteriya hisobi
Qonunning yangi tahririda buxgalteriya hisobining maqomini belgilaydigan alohida, 4- «Buxgalteriya hisobi» nomli modda kiritilgan. Unda buxgalteriya hisobining mohiyatini, maqsadini va boshqa hisob turlaridan prinsipial farqlarini tavsiflaydigan ta’rif keltirilgan. Jumladan, unda barcha xo‘jalik operatsiyalarining yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olinishiga urg‘u berilgan. Shu bilan birga buxgalteriya hisobida axborotlarni yig‘ish, qayd etish, qayta ishlash va umumlashtirish tizimi hamda shu tizim asosida moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishda o‘ziga xos maxsus usullar va amallar qo‘llaniladi. Shuningdek, bu moddada butun dunyo amaliyotida e’tirof etilgan – buxgalteriya hisobi xo‘jalik operatsiyasini bir vaqtning o‘zida bir xil summaga kamida ikkita schyotda aks ettirish yo‘li bilan ikkiyoqlama yozuv usulida yuritilishi ta’kidlangan. Darhaqiqat, «ikki yoqlama buxgalteriya – bu insoniyat tafakkurining eng buyuk kashfiyotidir» (Volfgang Gyote).
5-modda. Buxgalteriya axboroti
«Buxgalteriya axboroti» nomli 5-modda ham yangidan kiritilgan bo‘lib, 4-moddaning mantiqiy davomi va rivojidir. U buxgalteriya hisobida buxgalteriya axboroti deb nima tan olinishini belgilaydi. Xususan, unda buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlari(operativ, statik hisob)dan prinsipial farqi - boshlang‘ich hujjatga asoslanishiga urg‘u berilgan. Demak, buxgalteriya axborotining ibtidosi boshlang‘ich hisob hujjatlaridir. Shuningdek, buxgalteriya axboroti hisob registrlari, moliyaviy hisobotlar, tushuntirishlar hamda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarda aks ettiriladigan buxgalteriya hisobi ob’ektlari haqidagi qayta ishlangan ma’lumotlar ekanligi ta’kidlangan.

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish