TAQDIMOT Reja: - Buxgalteriya hisobini rivojlanish bosqichlari
- Zamonaviy buxgalteriya hisobini rivojlanish yilnomasi
- Dunyo miqiyosida tan olingan hisob maktablari va ularning buxgalteriya hisobi ravnaqidagi roli
- Buxgalteriya boshqaruv hisobi
Buxgalteriya hisobi o‘zining uzoq tarixiga ega. Manbalarga ko‘ra, hisobning paydo bo‘lishi odamzotning vujudga kelishi, ular o‘rtasida ayirboshlash munosabatlarini yuzaga kelish davrlariga to‘g‘ri keladi. Ayrim tarixchilar yozishicha, Xitoyda hisob 8000 yil oldin paydo bo‘lgan. Uning fan sifatida vujudga kelish vatani sifatida Italiya e’tirof etiladi. Professor Ya.V. Sokolov buxgalteriya hisobini rivojlanish evolyusiyasini o‘rganib, uni 6 ta bosqichga ajratadi. - Buxgalteriya hisobi o‘zining uzoq tarixiga ega. Manbalarga ko‘ra, hisobning paydo bo‘lishi odamzotning vujudga kelishi, ular o‘rtasida ayirboshlash munosabatlarini yuzaga kelish davrlariga to‘g‘ri keladi. Ayrim tarixchilar yozishicha, Xitoyda hisob 8000 yil oldin paydo bo‘lgan. Uning fan sifatida vujudga kelish vatani sifatida Italiya e’tirof etiladi. Professor Ya.V. Sokolov buxgalteriya hisobini rivojlanish evolyusiyasini o‘rganib, uni 6 ta bosqichga ajratadi.
Buxgalteriya hisobini rivojlanish bosqichlari
Bosqich tartib raqami
|
Davr
|
Bosqichning xarakterli jihatlari
|
1-bosqich
|
Eramizdan oldingi 4000 yil oldin va eramizgacha bo‘lgan V –asr)
|
Hisobda ko‘zga ko‘ringan va foydalanilgan narsalarning natural hisobi yuritilgan, shu bois naturalistik bosqich nomini olgan. Ushbu bosqichda ilk bor xo‘jalik fakti va inventarizatsiya tushunchalari paydo bo‘lgan.
|
2-bosqich
|
Eramizdan oldingi V –asrdan to 1300 yilgacha)
|
Hisobda ko‘zga ko‘ringan va foydalanilgan narsalarning pul birligida (qiymat) hisobi yuritilgan, shu bois qiymatli bosqich nomini olgan. Ushbu bosqichda ilk bor buxgalteriya apparati paydo bo‘lgan, u ikkita turga – patrimonal (mol-mulk hisobi) i kameral (pul kirimi va chiqimi hisobi). Ushbu bosqichda buxgalteriya hisobi natural va pul o‘lchov birliklarida yuritilgan.
|
3-bosqich
|
1300- 1850 yillar
|
Patrimonal hisob (mol-mulk hisobi)ni unigrafik (oddiy yozuv) va digrafik (ikki yoqlama yozuv)ga ajratilishi yuz berdi, buxgalteriya hisobi schotlari tipografiyasi (tiplarga ajratish) soder bo‘ldi, xususiy mablag‘lar schotlari (xususiy kapital, foyda va zararlar schotlari) vujudga keldi. Ikki yoqlama yozuv (digrafik hisob) Yevropaning barcha dalatlariga tarqaldi, bu buxgalteriya hisobi nazariyasini yanada ravnaq topishiga imkon berdi, XY – asrning oxiriga kelib, ikki yoqlama yozuvga asoslangan buxgalteriya hisobi nazariyasi Italiyada uzil-kesil shakllandi
|
4-bosqich
|
1850- 1900 yillar
|
Nazariy-amaliy bosqich bo‘lib, unda digrafik hisob (ikki yoqlama yozuvga asoslangan hisob) ikkita yo‘nalishda, ya’ni hisob yozuvlariga yuridik kuch berish va ularni iqtisodiyot manfaatlariga muvofiqlashtirish yo‘nalishida rivojlandi. Ushbu tarixiy davrda buxgalteriya hisobida schotlarning ilmiy tasniflanishiga erishildi, debitorlar va kreditorlar bilan hisoblashishlar hisobi uchun mo‘ljallangan schotlar paydo bo‘ldi, shuningdek, metafizik schotlar (natijaviy va kontrar schotlar) vujudga keldi.
|
5-bosqich
|
1900- 1950 yillar
|
Bu bosqich buxgalteriya hisobidagi sifat o‘zgarishlar bosqichidir. Aynan shu bosqichda buxgalteriya hisobida hisob yuritish va balansshunoslik yo‘nalishlari, buxgalteriya hisobi tarkibida moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi paydo bo‘ldi. Shuningdek, ushbu bosqichda xarajatlar hisobi hamda mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini aniqlash masalalari dolzarb masalaga aylandi. 20 asrning boshiga kelib maxsus tannarx kalkulyatsiyasi nazariyasi paydo bo‘ldi.
|
6-bosqich
|
1950 yildan keyingi davrdan hozirgi kungacha
|
Ushbu bosqichda buxgalteriya hisobining tarkibiy qismlari bo‘lgan moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi o‘zining predmeti, metodi, nazariy va metodologik asoslariga ega bo‘lgan maxsus fanlar sifatida shakllantirildi. Korporativ boshqaruv tizimi, xalqaro investitsiyalar rolini kuchayishi bilan buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish, xalqaro standartlarga mos keluvchi milliy standartlarni ishlab chiqish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish va xalqaro audit standartlari asosida auditorlik tekshiruvlaridan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi. Ushbu ishlar honuzgacha davom etmoqda.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |