Kirish Kompyuter virusi



Download 222,96 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi222,96 Kb.
#401752
Bog'liq
G\'aniyev Izzatilloning Kiberxavfsizlik fanidan Musataqil ishi


Reja.

  1. Kirish

  2. Viruslar va ularning turlari

  3. Kompyuter viruslaridan saqlanish


Kirish

Kompyuter virusi – internet orqali suzib yuradigan, kompyuter programmalarini yo’q qilib,ishlamay qolishiga sabab bo’ladigan dastur. Hozirgi kunda bu viruslarga qarshi Antiviruslar ishlab chiqarilgan. Viruslar haqida dastlabki ma’lumotlar amerikalik T. J. Raynning 1977-yilgi fantastik asarida uchraydi. Bu asarda 7000 kompyuter virusdan zararlanganligi haqida so’z boradi. Virus ham tuzilishiga ko’ra dastur, lekin zararli! Hozirda viruslar juda keng klassifikatsiya ega. Ular keng qamrovda faoliyat olib bormoqda. Masalan: Kasperskiy antivirusi 1,5 million virusni aniqlay oladi (2009-yil ma’lumoti). Dunyodagi birinchi virus dasturi 1988-yili Karnell Universiteti aspiranti Robert Moris(kichik) tomonidan Internet tarmog’iga joylashtirilgan. Bu virus o’z faoliyatini Unix operatsion tizimi xato-kamchiliklaridan g’arazli maqsadlarda foydalanish bilan amalga oshirgan. Robert Moris tuzgan virus juda katta ko’lamli zarar keltirdi. Robert moris esa uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etildi, lekin uning nomi bir umrga tarixda qoldi. Kompyuter virusi – EHM ning xavfli “dasturi”. Kompyuter egasini ogoxlantirmay va uning istagiga qarshi uning dasturiga “joylashtiriladi” va zaryadlangan faylni navbatdagi qoʻyishda koʻpayadi. Kompyuter virusi kompyuterning risoladagi ish meʼyorini buzadi, maʼlumotlarni oʻchirib yuboradi, displey (monitor) ekranidagi tasvirni buzadi, hisoblash jarayonini sekinlashtiradi. Kompyuter virusi dasturini ishlab chiquvchilar 20-asr 80-yillari boshida AQShda paydo boʻldi, keyin dunyoning barcha mamlakatlariga tarqaldi. Kompyuter virusiga qarshi kurashish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqiladi.

2. Hozirgi kunda hamma kompyuter foydalanuvchilari virus degan tushunchani yaxshi bilishadi. Bu kichik dastur bilan bir necha bor uchrashishgan. Ko‘p hollarda mag‘lub ham bo‘lishgan. Bilib olgan bo‘lsangiz bu maqolamiz viruslarga bag‘ishlanadi. Virus – bu dasturchi tomonidan tuzilgan, kompyuter ish faoliyatini tekis ishlashiga halaqit beradigan, oqibatda kompyuterni yoqilishini ham taqiqlab qo‘yadigan dasturdir. Bu dasturlar asosan internet tarmog‘I orqali foydalanuvchi kompyuteriga tushadi.Albatta, bu dastur, internet foydalanuvchisi bilmagan holda o‘z kompyuterida paydo bo‘ladi. Ularga qarshi kurashadigan dastur antivirus deyiladi (bu to‘g‘risida keyingi maqolalarda).Viruslar kompyuterlarda o‘zini har hil tutadi. Ba’zi birlari kompyuteringizni kerakmas fayllar bilan to‘ldirsa, yana ba’zilari operativ xotirani ko‘p qismini ishlatib, kompyuteringizni qotirib qo‘yadi, viruslarning bir qismi esa, kerakli fayllaringizni yoki tizim fayllarini o‘chirib sizga zarar yetkazadi. Shulardan saqlanish uchun viruslarning turini bilib olish lozim, ya’ni qaysi virus nima ish qiladi va bundan saqlanish o‘z o‘zidan kelib chiqadi. Quyida ularning turlari keltirilgan( turlari ref.uz dan olindi): Troyanlar (Trojan Horses) – Qadimgi yunonlarning Troyaga yurishlari davrida qo‘llagan hiylasi, ya’ni troyaliklarni otga ishqiboz ekanligidan foydalanib, ularga katta yog‘och ot sovg‘a qilishlari va bu otning troyaliklar mag‘lubiyatiga olib kelishi voqeasidan olingan nom. Hozirda troya oti iborasi «hosiyatsiz sovg‘a” degan ma’noni bildiradi. Kompyuter va internet dunyosida troyanlar «hosiyatsiz programma” deb nomlanishi maqsadga muvofiq. Troyanlar odatda internet orqali tarqaladi. Troyanlar kompyuteringizga o‘rnashib olib, dastlab foydali programma sifatida o‘zlarini tanishtiradilar, lekin ularning asl vazifasi foydalanuvchiga noma’lumligicha qoladi. Yashirin ravishda ular o‘zlarining yaratuvchisi (cracker – yovuz haker) tomonidan belgilangan harakatlarni amalga oshiradilar. Troyanlar o‘z-o‘zidan ko‘paymaydi, lekin kompyuteringiz xavfsizligini ishdan chiqaradi: troyanlar kerakli ma’lumotlaringizni o‘chirib yuborishi, kompyuterdagi ma’lumotlarnikerakli manzilga jo‘natishi, kompyuteringizga internetdan ruxsatsiz ulanishlarni amalga oshirishi mumkin.. Chuvalchang viruslar (Worms) – Chuvalchang viruslar o‘z nomiga mos ravishda juda tez o‘z-o‘zidan ko‘payadigan viruslardir. Odatda bu viruslar internet yo‘li intranet tarmoqlari orasida tarqaladi. Tarqalish usuli sifatida elektron xatlar yoki boshqa tez tarqaluvchi mexanizmlardan foydalanadi. Ular haqiqatdan ham kompyuteringizdagi ma’lumotlar va kompyuter xavfsizligiga katta ziyon yetkazadi. Chuvalchang viruslar operatsion tizimning nozik joylaridan foydalanish yoki zararlangan elektron xatlarni ochish yo‘li bilan kompyuteringizga o‘rnashib olishi mumkin. Boot sektor viruslari (Bootsector viruses) – Bu viruslar kompyuterning ishlay boshlashi (zagruzka) uchun foydalaniladigan qattiq diskning maxsus qismini ishdan chiqaradi. Bu virus kompyuteringizni zararlaganidan keyin, kompyuter ishlamay qolishi mumkin. Odatda floppy disklar orqali tarqaladi. Makro viruslar (Macro viruses) – Macro viruslar bu – o‘zlarining tarqalishi uchun boshqa bir programmaning makro dasturlash tilidan foydalanadigan viruslardir. Ular odatda Microsoft Word yoki Excel hujjatlarini zararlaydi. Operativ xotirada yashovchi viruslar ( Memory Resident Viruses ) — Bu viruslar kompyuteringizning operativ xotirasida (RAM) yashaydi va zararli harakatini amalga oshiradi. Odatda ularni ishga tushirish uchun boshqa virusdan foydalaniladi. Ular o‘zlarining ishga tushishga yordam bergan virus yopilgan bo‘lsa ham kompyuter xotirasida qoladi, shuning uchun ham ularga yuqoridagi nom berilgan. Rootkit viruslari (Rootkit viruses) – Rootkit’lar viruslar orasida o‘zlarining eng xavfliligi va yashirinishga ustaligi bilan alohida ajralib turadi. Rootkit’lar kompyuteringizni yovuz hakerlar tomonidan qo‘lga olinishi uchun foydalaniladi. Ba’zi Rootkit’larni antRootkit’lar odatda troyanlar tomonidan kompyuteringizga o‘rnatiladi. O‘zgaruvchan viruslar (Polymorphic viruses) – Bu viruslar nafaqat o‘z-o‘zidan ko‘payadi, balki ko‘paygan paytda o‘zlarining kodlarini ham o‘zgartirib turishadi. O‘zgaruvchan viruslarni aniqlash ham ba’zi antiviruslar uchun qiyin kechishi mumkin. Vaqt bombasi viruslari (Time or Logic Bombs) – Bu viruslar muayyan sana yohud payt kelganida yoki foydalanuvchi tomonidan muayyan harakat amalga oshirilganida ishga tushadigan viruslardir. Misol uchun Kulgi kunida (1 aprel) yoki Yangi yilda kompyuteringizdagi ma’lumotlarni o‘chirib tashlab sizga “sovga‘” taqdim etishi mumkin . . 3. Kompyuter viruslaridan himoyalashning eng yaxshi himoya turi-viruslarni qay tarzda ta’sir etishini bilishdir. Viruslar oddiy dasturlar bo’lib, biron g’aroib kuchga ega emaslar.

Kompyuter viruslar bilan zararlanishi uchun undagi biron-bir zararlangan dastur ishlashi talab qilinadi. Shuning uchun kompyuterning birlamchi zararlanishi quyidagi hollarda ro’y beradi: Kompyutyerdagi virus bilan zararlangan dasturlar yuklanishi (*.com, *.bat yoki *.exe fayllar) yoki modulli zararlangan dasturni ishlatilishi;

-Kompyuterga virusli disketning yuklanishi;

-Kompyuterga zararlangan OS yoki qurilmalarning zararlangan drayverlarning o’rnatilishi; . Viruslardan quyidagi usullar bilan himoyalanishi mumkin:

-Disketdan o’qilayotganda albatta virus borligini antiviruslar yordamida tekshirish;

-Axborot nusxalarini ko’chirish shuningdek disklar va axborotni saqlash uchun ishlatiladigan umumiy qoidalardan foydalanish, disklarni jismoniy zararlanishidan, dasturlarni esa buzilishidan saqlash;

-Axborotdan noqonuniy foydalanishni cheklash, xususan dastur va ma’lumotlarni viruslar ta’siridan o’zgarishidan, noto’g’ri ishlatilgan dasturlar va foydalaniluvchilarning noto’g’ri harakatlaridan himoya qilish;

-Viruslar bilan zararlanish ehtimolini kamaytiruvchi chora-tadbirlar;

-Viruslar bilan kurashuvchi maxsus dasturlardan (antiviruslar) foydalanish.

Virusdan ko’riladigan zararlarga quyidagilarni misol qilib ko’rsatish mumkin:

Kompyuter qattiq diski yoki tezkor xotirasining ifloslanishi-virus dastur ko’payishi jarayonida butun qattiq diskni o’zining nuqtalari yoki boshqa belgilari bilan to’ldirishi mumkin; Bularni u tezkor xotiraga ham yozishi va shu bilan uning hajmini kamaytirishi mumkin; Fayllar joylashish jadvalining buzilishi. U buzilsa, diskdan kerakli fayl va katologni o’qish mumkin bo’lmaydi;

Yuklanish sektoridagi ma’lumotlarning buzilishi. Yuklanish sektori diskdagi maxsus dastur bo’lib, uning buzilishi disk ishini to’xtatib qo’yadi;

Diskni qayta formatlash-diskdagi barcha axborot butunlay yo’qoladi;

Diskka biron xabar chiqarishi yoki biror kuyni ijro etishi mumkin. Ko’p hollarda bu xabar tushunarsiz bo’ladi;

Kompyuterning o’z-o’zidan qayta yuklanishi;

Tugmachalar majmui ishni to’xtatib qo’yishi;

Dasturli va ma’lumotli fayllar mazmunining o’zgarishi.

Virus ma’lumotlarini ixtiyoriy ravishda aralashtirib qo’yadi.

Oddiy virusdan zararlanishni virusga qarshi dasturlar yordamida oson aniqlash mumkin,(murakkab tuzilishga ega) viruslarni bu usul bilan aniqlash qiyin, chunki ular o’z-o’zini nusxalashda ko’rinishini o’zgartiradi. Makroslar bilan ishlaydigan ilovalar makroviruslar bilan zararlanishi mumkin. Makroviruslar-ma’lumot bilan birga o’rgatiladigan buyruqlardir. Bunday ilovalarga misol qilib, Word, Excel va POSTSRIPTER interproektorlarini ko’rsatishi mumkin.

Ular ma’lumotlar faylini ochayotganida makrovirus bilan zararlanadi.

Ilgari faqat disklar virus bilan zararlanar edi. Chunki viruslar disklar orqali kompyutyerdan kompyuterga o’tar edi. Yangi VVS viruslari esa modem orqali tarqaladigan bo’ldi. Internetning paydo bo’lishi viruslarga qarshi ko’rashning an’anaviy usullari foyda bermaydigan yana bitta kanalni hosil bo’lishiga olib keldi.

Viruslar bilan zararlanish ehtimoli kompyutyerda yangi fayllar va ilovalarning paydo bo’lish chastotasiga mos ravishda ortadi. Kompyutyerdagi ma’lumotlarning ahamiyati qanchalik zarur bo’lsa, virusga qarshi xavfsizlik choralari shunchalik yuqori bo’lishi kerak.

Bu narsalarga befarq bo’lish nafaqat katta moddiy zarar ko’rish, balki tashkilot yoki firmaning bundan keyingi faoliyati masalasini ham o’rtaga qo’yish mumkin.Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, viruslar, odatda foydalanuvchining biror amali (masalan ilovalarni o’rnatish, tarmoqdan fayllarni o’qish, elektron aloqani o’rnatish va h.k) natijasida paydo bo’ladi. Shuning uchun ma’lumotlar kirish joyiga maxsus filtrlar o’rnatilishi zarur. Bunday qurilmalardan biri Symantic korporatsiyasi mahsulidir. Symantic bitta mashina o’rniga butun korporatsiyasi texnologiyasida bajarilgan va E-mail viruslariga ham qarshi kurash olib boradi.

Symantic dasturining ko’rinish
i qiyidagicha:

Virusga qarshi dasturli ta’minot ishining alohida xususiyatlari shundaki, virusga qarshi dasturlar omborini o’z vaqtida yangilab turish kerak. Bundan tashqari boshqa turdagi viruslar ham mavjud. Viruslardan himoya qilishda axborotni himoya qilishning umumiy vositalaridan foydalanish kifoya qilmaydi. Buning uchun maxsus dasturlardan foydalanish zarur bo’ladi. Bu dasturlarni bir necha kursga ajratish mumkin bo’ladi: detektorlar, vaksinalar (immunizatorlar), doktorlar, revizorlar (fayl va disklarning tizimini sohalaridagi o’zgarishlarni nazorat qiluvchi dasturlar). Doktor-revizorlar va filtrlar (virusdan himoyalanish uchun mo’ljallangan rezident dasturlar).

Revizor dasturlar-dastlab dastur va tizimli sohasi haqidagi ma’lumotlarni xotiraga oladi, so’ngra ularni dastlabkisi bilan solishtiradi. Mos kelmagan hollar haqida foydalanuvchiga ma’lum qiladi. Masalan, CRSLIST va CRCTEST dasturlar.

Filtr dasturlar va rezident dasturlar kompyuterning tezkor xotirasida rezidentday joylashadi va viruslar tomonidan zararni ko’paytirish va ziyon yetkazish maqsadida operatsion tizimga qilinadigan murojaatlarni ushlab qolib, ular haqida foydalanuvchiga ma’lum qiladi. Virusga qarshi dasturlar quvvatiga qarab, bir necha turga bo’linadi.

AIDSTEST- viruslarni aniqlash va yo’qotish uchun mo’ljallangan virusga qarshi ko’p qirrali dastur (har haftada yangilanib turadi).

Doctor WEB (Dr.Web) –yangidan yaratilgan, ma’lum va noma’lum viruslarni aniqlash va yo’qotish uchun ishlatiladigan virusga qarshi dastur. U arxivlangan va vaksinalangan fayllarda ham viruslarni aniqlay oladi. (har oyda o’rtacha 2 marta yangilanadi).

ADINF- diskdagi barcha o’zgarishlarni nazorat qiluvchi, disklarning virusga qarshi revizor dasturi (bir yilda bir necha marta yangilanadi. Diskdagi barcha dasturlarning fizik kamchiliklarini nazorat qiladi. Diskning tizimli sohasini va fayllar holatini eslab qoladi va qayta yuklashda diskdagi o’zgarishlarni aniqlaydi, agar biror havfli o’zgarishlar aniqlansa, foydalanuvchiga bu haqida xabar beradi.

SHERIF – qattiq diskdagi operatsion tizim dasturlar va ma’lumotlar faylini 100% kafolat bilan himoyalovchi rezident dastur. Bu dasturlar asosan MS DOS muhitida ishlatiladi(ularni Windows muhitiga moslash ham mumkun). Amalda yuqoridagilardan bittasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Biror dasturni o’rnatib uni doimiy ravishda yangilab borilsa, foydaliroq bo’ladi.

Kompyuterga virus yuqqanda (yoki yuqqanlik haqida gumon bo’lsa) quyidagi qoidalarni esda tutish va qo’llash lozim.

Dastlabki, qarshi kurash qarorlarini qabul qilishga shoshilmaslik kerak. O’ylamasdan qilingan harakatlar tiklash mumkin bo’lgan fayllarning bir qismini yo’qotishgina emas, balki kompyuterni yana qayta kasallantirishga olib kelish mumkin.

Virus o’zining buzg’unchiligini davom etirmasligi uchun kompyuterni o’chirish lozim.

Kompyuter kasallanishi va davolanishi ko’rinishni aniqlashga mo’ljallangan barcha amallarni yozishdan himoyalangan operatsion tizimli disk bilan kompyuterni ishga tushirish orqaligina bajarish mumkin.

Dr.Web dasturidan foydalanish bilan tanishib chiqamiz. Bu dastur 32 bitli Windows turkumidagi operatsion sistemalar uchun mo’ljallangan bo’lib qisqacha Dr.Web 32 W deb ataladi. U keng tarqalgan antivirus dasturlaridan biridir. Doctor Web har doim yangilanishda bo’ladi. Doctor Web da ishni boshlash uchun joylashgan katologdan Dr.Web. exe dasturi kompyuterga yuklanadi. Natijada ekranda quyidagi holat paydo bo’ladi. Bunda ekranning eng yuqori qismida Dr.Web. Anti virus dasturining menyusi paydo bo’ladi. Uning yordamida vaqtincha Dr.Web dan chiqib turish (“Временный выход”), dasturdan chiqish (“Выход”) va dastur haqida (“О программе”) buyruqlarini bajarishi mumkin.

Menyuning test bo’limidagi xotirani tekshirish (“Тест памяти”), tekshirish (“Тестирование”), davolash (“Лечение”), statistika (“Статистика”), fayl hisoboti (“Отчёт файла”) mavjud. Muloqot oynasida Путь для лечения davolash yo’li ko’rsatiladi.

“Временный выход” (vaqtincha chiqish) buyrug’I yorddamida Dr.Web dan vaqtincha chiqib turiladi.

“Настройка” yordamida Dr.Web dasturining parametirlari sozlanadi.

Menyudan foydalanib, qanday fayllarni tekshirish bilan bog’liq bo’lgan barcha parametrlar o’rnatiladi. So’ngra «Тест» dagi «Лечение» ko’rsatmasini tanlash va Ctrl va F5 tugmalarini birgalikda bosish orqali viruslardan davolash jarayonini boshlab yuboriladi. Dastur xotiraning ko’rsatilgan qismini tekshirib, mavjud viruslarni davolashga harakat qiladi va ish oxirida mos hisobotni chiqaradi.

Dr.Web 32 ning yana bir yangiliklaridan biri uning test qilinadigan ob’yektlarni ixtiyoriy diskdagi katologlar ro’yxatidan (xatto fayllarni ham) tanlash imkoniyatining mavjudligidir.

Dr.Web 32 antivirus dasturini ishga tushirilganda (Windowsning) ish stolidan, Пуск menyusining Программы bo’limidan, Microsoft Office menyusidan, Пуск menyusining Выполнить bo’limidan, monitor ekranida Dr.Web. for Win 32 oynasi ochiladi.

Vpdate Dr.Web throught Internet (Dr. Web. Omborsini Internet orqali to’ldirish) tugmasi bosilganda muloqot oynasi chiqadi. Server aniqlanmaganda manzil hato ko’rsatilganda yoki Internetga ulanmaganda bu haqida xabar beriladi.

Bu dasturining ko’rinishi quyidagicha






Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Ziyonet.uz

  2. Library.ziyonet.uz

  3. Uz.denemetr.com

  4. Fayllar.org

  5. Hozirg.org

  6. Terabayt.uz

Download 222,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish