Kasallikni kechishi: Bemorlar asosan burunni quruqshab qolishiga, atrofdagilar sezadigan darajada burundan sassiq xid kelishiga va ko`p miqdorda quruq qasmoq xosil bo`lishiga shikoyat qiladilar. Kasallikni dastlabki davrlarida qasmoqlar, qo`yik, yopishqoq shilimshiq aralash bo`ladi. Keyinchalik shilliq qavatlardagi atrofik jarayon kuchayishi natijasida ajralma ozayib, quruq qasmoqlar ko`payadi. Qasmoqlarni tarkibi indol,skatol,fenol,oltingugurt vodorodi va yog kislotalaridan iborat, shuning uchun xam kuchli darajada sassiq xid chiqadi. Dastlab xid bilishni pasayishi (giposmi) burunda ko`p miqdorda xosil bo`lgan qasmoqlarni to`sib qolishi xisobiga bo`lsa, keyinchalik burundagi atrofik jarayon kuchayib, xid bilish maydonidagi xid biluvchi xujayralarini atrofiyaga uchrashi xisobiga to`liq xid bilish yo`qoladi (anosmiya). Xid bilishni buzilishi xisobiga bemorlar o`zidan chiqayotgan sassiq xidni sezmaydi, aksincha atrofdagilar ko`proq sezadi.
Burundagi ajralmalar va ko`p miqdorda qasmoqlar burun yo`llarini to`sib qo`yishi xisobiga burundan nafas olish qiyinlashadi. Xosil bo`lgan quruq qasmoqlar burunni to`ldirib turganligi xisobiga bemorlarni yana bir shikoyati burunda yot jism borligiga bo`ladi.
Xosil bo`lgan qasmoqni tozalash maqsadida kuchli burun qoqishda yoki barmoq bilan kovlab shilliq qavatlarni jaroxatlash natijasida burundan qon ketishi kuzatiladi.
Umumiy shikoyatldardan bemorlarni bosh ogrigi bezovta qiladi, ularni ish faoliyati va eslash qobilyati pasaygan, ruxan tushgan bo`ladi. Bemorlar burundan sassiq xid chiqayotganligi atrofdagilardan eshitganligi uchun odamlardan uzoqroq yurishga xarakat qilib,jamoaga qo`shilmaydi. Ayrim xollarda atrofik jarayon eshituv nayini shilliq qavatiga tarqalib, kataral yallig’lanish keltirib chiqaradi, natijada quloqda shovkin paydo bo`ladi va eshitish pasayadi.
Rinoskopiyada: Tashqi burunni shakli o`zgarmagan, ayrim xollarda kirish qisimi kengaygan va burun qirrasi pasaygan bo`ladi.
Burun yo`llari sassiq tumovga xos ko`kimtir kulrang qasmoq bilan to`lgan. Bu qasmoqlar burun shilliq qavatlariga, burun chiganoqlariga va medial devoriga maxkam yopishgan bo`ladi. Qasmoqlar olinganda, tagida ko`kimtir kulrang qo`yiq elimsimon ajralma ko`rinadi, asosan sassiq xid shu ajralmadan tarqaladi. SHilliq qavatlar oqish rangda, yupqalashgan, quruqshagan va lok surtilgandek yaltirab ko`rinadi. Atrofik jarayon dastlab yumshoq to`qimalarni, keyinchalik suyak qismlarini qamrab oladi. SHuning uchun xam kasallikni boshlanishida avval pastki burun chiganogida, keyinchalik esa o`rta chiganogda atrofik jarayonlar namoyon bo`ladi. CHiganoqlar xajim jixatidan kichraygan, burun yo`llari kengaygan, shuning uchun xam qasmoqlardan tozalangandan so`ng, bemalol xatto burun-ҳalqumni xam to`liq ko`rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |