Davolash: yuqorida aytilgandek kasallikni keltirib chiqaruvchi sababi noaniq bo`lganligi uchun xam, davolash muolajalari simptomatik ko`rinishlarini bartaraf qilishga qaratiladi. Davolash sassiq xidga sababchi bo`lgan qasmoqlarni yumshatish va olib tashlashdan boshlanadi. Qasmoqlarni yuvib tozalash uchun 2% soda eritmasi yoki 1: 5000 nisbatda furatsillin eritmasi qo`llaniladi YUvishdan avval qasmoqlarni yumshatib oson ko`chishi uchun turli yoglar (o`rik,shaftoli,namatak moylari,vazelin yogi) shimdrilgan dokali piliklar burun yo`llariga 1-1,5 soatga qo`yiladi, so`ngra Jane shpritsi bilan bosim ostida yuviladi. Qasmoqlardan tozalangandan so`ng, shilliq qavatlarni qo`shimcha yoglash va antibakterial ta`sir ko`rsatish maqsadida sintomitsin emul’siyasi dokali pilikka shimdirilib pastki burun yo`llariga 10-15 daqiqaga qo`yiladi. SHilliq qavatga ta`sir etib shilliq osti bezlarini faoliyatini kuchaytirish maqsadida yodoglitserinni eritmalari massaj qilish yo`li bilan surtiladi.
Burun yo`llariga baliq moyi shimdrilgan dokali pilik qo`yish, shilliq qavatini trofikasini yaxshilaga olib keladi. Uzoq muddatga burundagi xidni yo`qotish maqsadida xlorofilkarotinli shamchalar burunga kuniga bir maxaldan 10 kun davomida qo`yiladi. SHamchalar tana xarorati ta`sirida 3-3,5 soat davomida seki-asta erib burun shilliq qavatlari yuzasida ximoya pardasini xosil qiladi va xidni 6-8 soatga bartaraf etadi.
Burun bo`shligiga turli antibakterial dorilar tutgan malxamlar qo`llash yaxshi naf beradi.
Rp: Succi Kalanchoes 20,0
Furazolidoni
Novocaini aa 0,125
Lanolini 30, 0
D. S. Dokali tamponga shimdirilib burunga kuniga 2 maxal 30-40 min. qo`yiladi.
Atrofik jarayonda bemor tanasida mikroelementlarni (asosan temir,mis almashinuvi) almashinuvi buzilish kuzatiladi,shuning uchun temir preparatlari tutgan dorilar(ferrum-lek, ektofer) ichishga va tomir ichiga yuborish tavsiya qilinadi.
Umumiy konservativ davolash maqsadida, organizmni immunologik ximoya quvvatini oshirishga qaratilgan dorilar, shuningdek, kompensator mexanizmlari qayta tiklashga yo`naltiriladi muolijalar qo`llaniladi. Bularga autogemoterapiya, aloe, fitostimulyatsiya, vitaminlar qo`llash, organizmni chiniqtiruvchi muolijalar o`tkazishlar kiradi. Kasalikni rivojlanishida muxim o`rinni
egallagan klebsiella tayoqchasiga ta`sir etish maqsadida antibiotiklar (sintomitsin, gentomitsin) tavsiya etiladi. Antibiotiklarga nitrofuranlarni qo`shib ishlatish yaxshi natijalarni beradi.
Jarroxlik usuli bilan davolashdan maqsad burun bo`shlig’ini sun`iy ravishda toraytirishga qaratilgan bo`ladi. Bunda burun bo`shlig’ini lateral devori burun to`sigi tomon suriladi. Bu jarroxlik usuli 10-12 yoshdan boshlab amalga oshiriladi, chunki bu yoshda yuqori jag suyagi bo`shligi to`lik shakillangan bo`ladi. Barcha jarroxliklar ichida qo`llash uchun qulay bo`lgan usul shilliq ostiga yog to`qimasini, togay va alloplastik materiallarni kiritish xisoblanadi. Bu maqsadda ekert-Mebius usulini qo`llash ancha yaxshi natija beradi. Bu jarroxlik usulida burun to`sigini periost va perixondrit qavatiga suyak payraxasi joylashtiriladi. Tavsiya etilgan barcha jarroxlik usullari ayrim darajada bemor axvolini engilashtrishga yordam beradi,ammo kasallikdan bemorlarnito`liq forig qilmaydi.SHuning uchun xam kasallikni qaytanlanmasligi uchun yuqorida keltirilgan konserativ davolash usullari yiliga 2 yoki 3 marotaba qvytarilib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |