Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Mirzakalon Ismoiliy
tarjimasi
O‘G‘IL BOLALAR
– Volodya keldi! – deb qichqirdi hovlida al-
lakim.
– Volodya keldilar! – deb baqirdi Natalya ye-
makxonaga yugurib kirayotib. – E, Xudoyim-e!
O‘z Volodyalarining kelib qolishini intizorlik 
bilan kutayotgan Korolyovlar oilasi deraza yo-
niga yugurdi. Darvoza oldida keng, pastak cha-
na turar, unga qo‘shilgan uchta otdan quyuq 
bug‘ ko‘tarilar edi. Chana bo‘sh edi. Nega de-
ganda Volodya allaqachon dahlizga kirgan va 
sovuqdan qizarib ketgan qo‘llari bilan quloq-
chinini yechishga urinar edi. Volodyaning gim-
naziya formasidagi paltosi, furajkasi, kalishi 
va ikki chakkasidagi sochlarini qirov bosgan 
bo‘lib, undan shunday yoqimli sovuq hidi ke-
lar ediki, ko‘rgan kishining sovqotgisi va «Brrr» 
deb yuborgisi kelardi. Onasi bilan xolasi uni 
quchoqlab o‘pa boshladi, Natalya bo‘lsa  uning 
oyog‘idan piymasini yecha boshladi, singil-
lari baqirib-chaqirishdi; eshiklar g‘ichilladi, 
taraqladi. Volodyaning otasi esa egnida jiletka, 
qo‘lida qaychi bilan dahlizga yugurib chiqdi-da:


Buqalamun
147
– Biz seni kecha keladi deb o‘ylagan edik! – 
deb qattiq-qattiq gapira boshladi. – Eson-omon 
keldingmi? Sog‘-salomatmisan? E Xudoyim-e
xalaqit bermasalaring-chi, otasi bilan ham 
ko‘rishib olsin! Nima, men ota emasmanmi?!
«Vov, vov», – hurdi Milord nomli kattakon 
qora it devor va mebellarni dumi bilan urib, 
shov-shuv, sevinch-quvonch ikki daqiqacha 
davom etdi. Uchrashuv quvonchi biroz pasay-
gach Korolyovlar dahlizda Volodyadan tash-
qari quloqchin kiygan, ro‘mol bilan o‘ralgan, 
hamma yog‘ini qirov bosgan yana bir kichkina 
odam turganini ko‘rib qolishdi. U bir burchak-
da, pochapo‘stin soyasida qimir etmay turardi.
 – Volodya, bu kim? – deb so‘radi onasi shi-
virlab.
– Voy! – dedi Volodya to‘satdan eslab. – Tani-
shinglar, bu – mening o‘rtog‘im Chechevitsin, 
ikkinchi sinf o‘quvchisi... Men uni mehmon 
bo‘lib ketsin deb birga olib keldim.
– Juda xursandman, marhamat qilsinlar! 
– dedi otasi quvonib. – Kamzulsiz yurganim 
uchun kechirasiz... Marhamat qiling! Natalya, 
janob Cherepitsinning yechinishlariga yordam 
ber! E, Xudoyim-e, haydab yuborsalaring-chi 
bu itni, jonimga tegdi! 
Birozdan so‘ng kutib olish marosimidagi 
shov-shuvdan dovdiragan, sovuqdan hamon 
qizarib turgan Volodya bilan uning do‘sti 
Chechevitsin stol yonida choy ichib o‘tirishardi. 
Qish oftobi qor va derazalardagi sovuqdan tush-
gan naqshlarni yorib o‘tib samovarga shu’la 


Anton Chexov
148
sochar, bu ravshan shu’lalar esa barkashdagi 
suvda o‘ynoqlar edi. Uy issiqqina edi. Bolalar 
sovuq qotgan tanalarida ikki kuch: sovuq bilan 
issiq bir-biridan bo‘sh kelmay kurashayotgani-
ni his qilishdi.
– Ana, bayram ham yaqinlashib qoldi! – dedi 
cho‘zib to‘q-sariq tamakidan papiros o‘rayot-
gan otasi. – Yaqindagina yoz edi, onang seni 
kuzatib, yig‘lab qolgan edi... Ana, qarabsanki, 
kelib ham qolibsan... Vaqt shunaqa tez o‘tadi, 
og‘ayni! Ana-mana deguncha qarib ham qola-
san. Janob Chibisov, oling, yeb o‘tiring, tortin-
mang! O‘z uyingizday bemalol...
Volodyaning uch singlisi – Katya, Sonya va 
Masha (ularning eng kattasi o‘n bir yashar edi) 
stol yonida o‘tirar va yangi tanishdan ko‘z uz-
mas edilar. Chechevitsinning yoshi ham, bo‘yi 
ham Volodya bilan teng bo‘lsa-da, Volodya 
singari semiz va oppoqqina emas, balki oriq, 
qorachadan kelgan, yuzini sepkil bosgan bola 
edi.  Uning sochlari tikanakka o‘xshar, ko‘zlari 
qisiqqina, labi qalin edi. Xullas, u xunukkina 
bo‘lib, egnida gimnaziya kamzuli bo‘lmasa tash-
qi qiyofasiga qaragan kishi oshpaz xotinning 
o‘g‘li deb o‘ylardi. Uning qovog‘i soliq, hamma 
vaqt indamay o‘tirar, biron marta bo‘lsin jilmay-
madi ham. Chechevitsindan ko‘z uzmay o‘tir-
gan qizlar uni juda aqlli va dono odam bo‘lsa 
kerak deb o‘ylashdi. U hamma vaqt allanarsa 
to‘g‘risida o‘ylar va o‘z xayoli bilan shu qadar 
band ediki, undan biron narsani so‘rashganda 
cho‘chib tushar, boshini silkitar va savolni tak-
rorlashni so‘rar edi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish