Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Anton Chexov
6
bir narsagagina tushunolmay turaman. Bu it 
seni qanday qilib qopa oldi ekan, – deb Ochu-
melov Xryukinga qaraydi. – Qanday qilib bu it-
ning bo‘yi sening barmoqlaringg‘a yetdi ekan. 
Aqlim yetmaydi. It bo‘lsa nozik. Sen bo‘lsang 
ho‘kuzdek, bo‘yingga qara! Balki barmog‘ing-
g‘a mix-pix kirgan bo‘lsa haligi mixni tortib ol-
gansan, qonab ketkan, undan so‘ng boshing-
ga... ha de... Men siz xalqning miringdan-si-
ringni bilaman! Siz xaloyiq juda ham bema’ni 
odamlarsiz!
– Oliy nasab janoblari, balki uning o‘zi kulgi 
uchun itning burniga papiros tiqqan bo‘lsa, 
shundan so‘ng it barmog‘ini tishlab olgan... 
Bu o‘zi juda ham bema’ni odam, oliy nasab ja-
noblari.
– Yolg‘on so‘zlaysan, ko‘r! Ko‘zing bilan 
ko‘rmaganingdan keyin yolg‘on so‘zlashning 
nima hojati bor. Oliy nasab janoblari juda 
ham aqlli odam, kim yolg‘on so‘zlaydi, kim rost, 
bu kishi o‘zi tirnog‘ining yuzidek biladi. Nahot-
ki, men yolg‘on aytsam. Xo‘p, sud tekshirsin. 
Zakonda hammasi ham ko‘rsatilgan. Bo‘lmasa 
menga bari bir... Mening o‘z akam jandarmada 
xizmat qiladi. Agar bilmakchi bo‘lsangiz... 
– Vaysay berma!
– Yo‘q, bu generalning iti bo‘lmasa ke rak...– 
deydi chuqur o‘ylab olgan gorodovoy – gene-
ralning bunday iti yo‘q edi. Uning iti chipor 
rangl  i  edi...
 – Sen buni aniq bilasanmi?
– Aniq bilaman, oliy nasab janoblari! 


Buqalamun
7
– Mening o‘zim ham bilaman. General ning 
itlari zotlik qimmat baho narsalar edi. Bu 
bo‘lsa egasiz, daydi itga o‘xshaydi. Epaqalik 
yungi ham yo‘q. Ko‘rinishi ham xunuk.... Qis-
qasi bir bedavodan iborat. Shunday bema’ni 
itni saqlaydimi kishi. Senlarda aql bormi. Agar 
shu xilda bir it Peterburg yoki Maskovga kirib 
qolsa bormi, darrov zakonni ham bir tomon-
ga yig‘ishtirib qo‘yib urib o‘ldirar edilar. Sen, 
Xryukin, bu ishni shunday qoldirib ketma
ta’zirini berib qo‘yish kerak! Fursatni qo‘ldan 
chiqarish yaramaydi!
– Balki generalning itidir... – dedi o‘ylanib 
turgan gorodovoy, – men tunov kun general-
ning hovlisida shunga o‘xshash bir itni ko‘rgan-
dek bo‘lgan edim.
– To‘g‘ri, bu it generalniki! – deydi xalq ichi-
dan allakim.
– Him!.. Birodar yeldirin, mening paltomni 
kiy dirib
  qo‘y-chi... shamollab qolaturg‘ang‘a 
o‘xshayman... Ichimdan titroq kelyapti... sen 
bu itni generalnikiga olib bor va o‘sha yerdan 
so‘rab bil. Ularga mening ushlab yuborgan-
ligimni aytarsan... Ko‘chaga bo‘sh qo‘yib yubo-
rilmasin degin... Balki o‘zi qimmatbaho zotlik 
itdir, har bir cho‘chqaga o‘xshagan ahmoqlar 
uning burniga papiros tiqa bersalar buzulib 
qolishi ham turgan gap. It deganing juda ham 
nozik maxluq... Sen ahmoq qo‘lingni pastga 
tushir! Jinniga o‘xshab qo‘lingni yuqori ko‘tarib 
turma! Ayb o‘zingda!


Anton Chexov
8
– Generalning oshpazi kelyapti, undan 
so‘raymiz... Hay Proxor, qani bu yoqqa kel-chi, 
uka! Manavi itni ko‘r, siznikimi?
– Topibsan. Umrda bunaqa itimiz bo‘lmagan.
– Endi uzoq so‘rashib o‘lturishning hojati 
yuq, – dedi Ochumelov, – bu albatta egasiz day-
di it! Uzoq muhokama qilib o‘tirish nima hojat. 
Men axir daydi it demadimmi, mana endi day-
diligi ham ma’lum bo‘ldi. Buni urib o‘ldirishdan 
boshqa ish yo‘q, vassalom!
– Bu bizning itimiz emas, – deb davom etdi 
Proxor. – Bu it generalning ukasining iti. O‘zi 
yaqinda keldi. Bizning itimiz ov iti emas. Ja-
nobning ukalari ovchiliqg‘a...
– Ha-ha, hali bu janobning ukalari kelgan 
ekanlar-da. Vladimir Ivanovich-a, – deb so‘ra-
di Ochumelov va yuziga tabassum, shodlik tusi 
kira boradi. Voy, Xudo! Men hech bir eshitmab-
man-da. Mehmonga kelgandirlar. 
– Ha, mehmon bo‘lib kelibdilar...
– Akalarini sog‘ing‘an bo‘lsalar kerak... Men 
bo‘lsa o‘limdan xabarim bor, u zotning kel-
ganlaridan xabarim yo‘q! Demak, bu it ularni-
ki ekan-da. Juda xursand bo‘ldim... Itni olib 
ket... Yaxshigina it ko‘rinadi... O‘lguncha yu-
gurdak bo‘lsa kerak. Ol buni, barmog‘ini tishla! 
Ha, ha, ha... Xo‘sh, nega titraysan. Viss, viss... 
serzarda mug‘ombir... o‘z oti bilan it-da...
Proxor itni chaqirib olib o‘tin omboridan chiqib 
ketadi. Ham Xryukinni mazax qilib kuladi!
– Sen hali qarab tur! – deb Ochumelov Xryu-
kinni yanadi va shineliga o‘ralib olib guzar 
maydonchasi bo‘ylab yo‘liga davom etadi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish