Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Anton Chexov
12
laricha, bu yorug‘ dunyoning hamma ishlari 
juda joyida va shu bo‘yicha benihoya cho‘zilib 
ketaveradi, buning uchun yolg‘iz erta bilan – 
uyqudan turganda va kechqurun uyquga yot-
ganda yodlangan duolarni o‘qish kerak, xolos.
Endi siz o‘zingiz shu uyning o‘rtasida, pech-
kadan ikki qadamgina berida, bir tobut tur-
ganini va uning ichida Putoxinning xotini yot-
ganini tasavvur qilingiz! Albatta, xotini bir umr 
o‘lmay turgan erkak yo‘q dunyoda, lekin bu 
o‘lim – boshqacha bir o‘lim bo‘ldi. Janoza vaqti-
da men erning jiddiy yuzlari va zabtlik ko‘zla-
rini ko‘rgach: «Yo, qudratingdan!» deb o‘yladim.
Menga shunday tuyildikim, uning o‘zi, bo-
lalari, katta onasi, Yegorich – bularning o‘shalar 
bilan birga uyda yashab turgan noma’lum max-
luqning qora daftariga allaqachon tirkalib qol-
ganlar. Men o‘zim xurofotchi odamman, bu bal-
ki, mening hovli-joy egasi bo‘lib qirq yildan beri 
ijaraga qo‘shnilar bilan dodmamila
1
 qilganim-
dan kelgandir. Har qalay mening e’tiqodim shu-
ki, har qanday o‘yinda ham boshqa omadingiz 
kelmadimi, undan keyin to qoqlang‘uningiz-
cha yutquza berasiz; agarda taqdir sizni va 
oilangizni shu yorug‘ dunyodan yo‘q qilishga 
bel bog‘lagan bo‘lsa, doim sizning poyingizga 
tushib ketingizdan quvlaydi va boshingizga 
kelgan birinchi falokat, rasmi, tugalmas falo-
katlar zanjirining boshi bo‘ladi... O‘z tabiatlari 
jihatidan falokatlar ham toshga o‘xshaydilar. 
Baland qirg‘oqdagi toshlarning bittasi o‘rnidan 
ko‘chib pastga yumalanganidan keyin, boshqa-
lari birin-ketin to‘za beradilar. Xullasi kalom, 
1
  O‘zaro muomala (muhar.).


Buqalamun
13
Putoxinnikida janozani o‘qib chiqqandan keyin, 
unga va uning oilasiga bu beomon changaldan 
qutulish yo‘q ekaniga  ishonib qoldim...
Darhaqiqat, oradan bir hafta o‘gar-o‘tmas, 
notarius Putoxinni xizmatdan bo‘shatib, uning 
o‘rniga allaqanday yosh qizni o‘tqizib qo‘ydi. 
Nima bo‘ldi deysiz? Putoxin joydan quruq 
qolg‘oniga uncha xafa bo‘lmadi, yo‘q!  
Uning 
g‘azabini keltirgan narsa o‘z o‘rniga erkak 
kishini emas, yosh bir qizni keltirib o‘tqizgan-
lari bo‘ldi. Nega yosh qizni o‘tqizadilar? Bu nar-
sa unga shu qadar qattiq tekkanki, uyiga qay-
tib kelganidan keyin, u bolalarini tutib olib ur-
gan, o‘z onasini so‘kkan va o‘lgudek ichib mast 
bo‘lgan. Jo‘rachilik hurmatiga Yegorich ham u 
bilan ichishgan.
Bir kuni Putoxin ijara haqi to‘lagali mening 
yonimga kirib turar edi, bu safar, muddatidan 
o‘n sakkiz kun o‘tib ketgan bo‘lsa ham uzr ayt-
madi, pulning tekkanligi xususida yozib ber-
gan tilxatimni ola turib ham indamadi. Ikkin-
chi oyning ijarasini esa onasi olib kirib berdi; 
uning ham faqat yarmini berib qolgan yarmini 
bir haftadan keyinga va’da qildi. Uchinchi oy 
uchun bir pul ham ola olganim yo‘q, darvoza-
bon ham menga kelib 23-uyda o‘tirganlarning 
«bema’ni» yurishlaridan gina qiladigan bo‘ldi. 
Bu narsalar, albatta, yaxshilik alomati emasdi.
Siz mana bunday bir ko‘rinishni tasavvur 
qilingiz, Peterburgning qovog‘i soliq ertalari-
dan biri shu xira oynaklarga tikilgan. Pechka 
oldida kampir bolalarga choy ichirib turadi. 
Nevaralaridan faqat bittasi – eng ulkanigina 


Anton Chexov
14
stakan bilan ichadi, qolganlari choyni to‘ppa-
to‘g‘ri talinkachada ichadi. Pechka oldida Ye-
gorich qanqayib o‘tirib, tunuka lappakchalarni 
o‘tga tovlaydi. Kechagi piyanistalik ta’siri hali 
ham ketmagan: boshi og‘irlashib ko‘zi tinadi; 
ovozi bo‘g‘ilib chiqadi, o‘zi titrab-qaltiraydi va 
yo‘taladi.
– Juda yomon yo‘ldan urdi meni bu la’nati! 
– deb g‘udranadi u. – O‘zi ichgani yetmagan
boshqalarni ham yomon yo‘lga boshlaydi.
Putoxin o‘z xonasida qachonlardan beri 
ko‘rpa-to‘shak kabi narsalardan qoqlanib qol-
gan karavoti ustida o‘tiradi; tashvishning 
zo‘rligidan barmoqlarini sochlari orasiga kiritib, 
ma’nisiz ko‘zlarini yerdan ola olmaydi. Ust-
boshi yirtilgan, sochlari to‘zgan, o‘zi natob...
Kampir Vasyani shoshiltiradi:
– Ich tezroq, ich deyman, maktabingdan qo-
lasan yo‘qsa. Mening ham pol yuvgani ketatur-
gan vaqtim bo‘lib qoldi... – deydi.
Butun shu uyda o‘zini tetik tutgan bitta shu 
kampir, xolos. U, eski zamonlarni yodiga solib 
iflos,  qora  ishlar  bilan  shug‘ullana  boshladi. 
Juma kunlari qarz kassasining polini yuvadi. 
Shanba kunlar boylarnikiga borib kir yuvadi, 
yakshanba kunlari bo‘lsa, ertadan kechgacha 
ko‘chama-ko‘cha yurib, xayr-u saxovatli oyim-
larni qidiradi. Ishqilib har kun bir ish bor. 
Kir ham yuvadi, pol ham tozalaydi, doyalikka 
ham qatnaydi, sovchilik ham qiladi, gadoylik-
ni ham qo‘ymaydi. Ori rost, g‘am-u hasratning 
ko‘pligidan u ham bir-ikki stakan ichadi. Lekin 
har qancha mast bo‘lganida ham o‘z ishini bilib 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish