2-mavzu. Sezgi va idrokni o’rganishdagi yondashuvlar Reja



Download 32,42 Kb.
bet1/3
Sana16.02.2023
Hajmi32,42 Kb.
#911917
  1   2   3
Bog'liq
2-mavzu


2-mavzu. Sezgi va idrokni o’rganishdagi yondashuvlar
Reja:



  1. Bilishni metodologik va biologik tahlili.

  2. Sensor-perseptiv jarayonlar falsafiy bilimlar negizida.

  3. Psixika va aks ettirish jarayonlari.Sezgi va idrok sohasida kompensasiya

  4. Sezgi va idrokni o’rganishdagi yondashuvlar.

  5. Idrokni assosiativ nazariyasi

  6. Struktrualizm,Nativizm va emperimizm

  7. Geshtal’tpsixologiya ,Piajening idrok nazariyasi.Konstruktivistik yondashuv.

Tayanch tushunchalar: sezgi, bosh miya, oriyentirlash, patologiya, ong.


Tashqi olam xususiyatlari to‘g‘risidagi va shaxsning o‘z gavdasini tuta bilish yuzasidan bilimlar, ma’lumotlar, xabarlar va taassurot-lar manbai bu sezgilar bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun sezgilar inson organizmiga, ya’ni uning tana a’zolariga tushadigan axborot-larning asosiy kanali (yo‘li) sanalib, ular tashqi dunyo hamda ichki tana a’zolari to‘g‘risidagi xabarni bosh miya katta yarim sharlari va bosh miyaning tarkiblariga yetkazib turadi, xuddi shu boisdan inson o‘zini qurshab turgan makro muhitni orientirlash (mo‘ljallash) im-koniyatiga egadir. Agarda mazkur kanallar berk bo‘lib qolgan taqdir-da, sezgi organlari zarur axborotlar bilan ta’minlamaydi, binobarin, ongni hukm surish imkoniyati o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.


Psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mabodo inson axborotlarning shaxobchasidan mahrum bo‘lsa, u holda u uyqu holatiga sho‘ng‘iydi. Masalan, tasodifan teri-tuyush sezgilari patologiyaga uchrasa, unda odam (ko‘pincha vaqtincha, muvaqqat) ko‘rish, eshi-tish, hid sezishdan mahrum bo‘lishi mumkin. Mabodo axborotlar tuza-tish shaxobchasi ilk bolalik yoshi davrida buzilsa, kar yoki ko‘r bo‘lib qolsa, u taqdirda uning aqliy rivojlanishida keskin to‘xtalish (vaq-tincha orqada qolish) yuzaga keladi. Agarda bola maxsus usul yoki us-lubga o‘rgatilsa tabiiy ravishda mavjud kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydi.
Sezgini bunday tarzda tushuntirilishiga nisbatan har xil muno-sabatlar psixologiya tarixida mavjud bo‘lib, ularning hech qaysisi asosiy manba ekanligiga shubha bilan qarashga moyildirlar. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz va haqiqiy mohiyati-ni ochib berishga intilamiz.
Nemis faylasufi Xristian Volf «Rasional psixologiya» (1732 yil) va «Empirik psixologiya» (1734 yil) kitoblarida: ongning ichki holati, aqliy fikr yuritishga qobiliyatlilik tabiiy moddiy asos zamiridan kelib chiqib, tashqi olamdan kelib tushadigan axborotlar shoxobchasiga, ya’ni sezgi kanaliga, hech qanday bog‘liq emas deb tu-shuntirishga harakat qildi. Sezgilarga mana bunday yondashish naza-riyotchisi »fanga rasionalizm» tushunchasi bilan birga kirib keldi. X. Volf va uning tarafdorlari psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va boshqalar) murakkab ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli emas, degan g‘oyani ilgari surdilar. Shuning bilan birga «Ong», «Aql» tarixiy evolyusiya natijasi emas deb, inson psixikasiga o‘zgacha yonda-shib, uni izohlab berish mushkul bo‘lgan «birlamchi» xususiyat ekanligini tushuntirishga intildilar.
Mazkur nazariyaga asoslangan psixologlar insonning sezgilari uning tashqi olam bilan bog‘lab turuvchi birdan-bir shaxobcha ekanligini inkor qilishgacha borib yetdilar va voqelikni mana bunday tarzda izohlashga harakat qildilar: go‘yoki sezgilar insonni tashqi olamdan ajratib turadilar, ular atrof-muhit o‘rtasidagi bartaraf qilib bo‘lmaydigan devor hisoblanadilar. Berkli, Yum, I. Myuller, Gelmgols singari olimlar sezgi organlarining «spesifik ener-giyasi» nazariyasini ishlab chikdilar. Bu g‘oyaning asoschisi sifatida Iogann Myuller qat’iy pozisiyada turib, uni butun vujudi bilan himoya qilishga intildi. Ushbu nazariyaga binoan, har qaysi sezgi a’zosi xoh quloq, xoh til, xoh teri bo‘lishidan qat’i nazar, tashqi dunyoningta’sirini aks ettirmaydi, atrof-muhitda bo‘lib turgan real, yaqqol jarayonlar yuzasidan axborotlar berishga qobil emas, faqat u tashqi ta’sirdan shaxsiy jarayonlarning qo‘zg‘atuvchisidan turtki ola-Di, xolos. Mazkur nazariyaga ko‘ra, har bir sezgi a’zolari o‘zining «spesifik energiyasi»ga ega, har qanday ta’sirdan qo‘zg‘aladi. Masa-lan, ko‘zni bosib, unga elektr toki bilan ta’sir qilib ko‘rilsa, unda yorug‘lik sezgisi hosil qilinadi; quloqqa elektr qo‘zg‘atuvchisi bilan ta’sir o‘tkazilsa, u holda tovush sezgisi vujudga keladi. Binobarin, sezgi a’zolari tashqi ta’sirni aks ettirmaydi, balki ulardan, ya’ni ularning ta’siridan qo‘zg‘aladi, xolos. Inson hech qachon tashqi voqe, yaqqol dunyoning ob’ektiv ta’sirlarni idrok qilmaydi, balki sezgi a’zolari faoliyatida o‘zlarining shaxsiy sub’ektiv holatlarini aks ettiradi.
Mazkur nazariyaga binoan, inson ob’ektiv dunyoni idrok qila ol-maydi, u sub’ektiv jarayonlarni aks ettiradi, oqibat natija «dunyo element» (mayda qism)larni idrok qilish vujudga keladi. Psixolo-giya tarixida «sub’ektiv idealizm» degan yo‘nalish ham yuzaga kelgan bo‘lib, ungacha, «inson faqat o‘zi»nigina biladi, xolos. Undan tashq-ari hech narsa hukm surishi mumkin emas. Bu nazariya o‘ziga xos g‘oyaga ega bo‘lib, fan tarixida «solipsizm» (yagona «Men») nomini olgan edi.
Bilish jarayonlarni, xususan, sezgilarni o‘rganishdan avval shaxs psixikasining barcha tomonlari bilan uzviy bog‘likligini anglash, tushunish lozim. Chunki sezgilar idrok jarayoniningtarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘lsa, idrok insonning hayotiy tajribasi, uning xotirasi bilan bevosita bog‘liqsir.
Psixologiya fanida va falsafada bilishning ikki bosqichi, ya’ni uning hissiy (sezgi, idrok, tasavvur) va akliy (rasional) pog‘onala-ri mavjud ekanligi mumtoz xususiyat kasb etgandir. Aqliy bosqich xotira, tafakkur, xayol jarayonlarini qamrab olgan bo‘lib, o‘zining mukammalligi, yuksakligi, mahsuldorligi, ijodiyligi bilan oldingi bosqichdan keskin ajralib turadi. Biroq bugungi kunda bilish bos-qichlarining miqdori, tavsifi psixologiya fani oldida turgan za-rur vazifalarni bajarishga qurbi yetmaydi, ong darajalari xususi-yatlariga ko‘ra bilish qo‘shimcha bosqichlarga nisbatan kuchli ehtiyoj sezadi. Xuddi shu bois bilishning harakatli hissiy, aqliy, ijodiy, tarixiy bosqichlarga (tabaqalashtirish bizniki — E. G‘.) ajratibtad-qiqot qilish maqsadga muvofiqdir (E. G‘oziev). Harakatli hissiy bosqich nutqqacha davrda ustuvorlik qilish bilan boshqa bilish ko‘ri-nishlaridan keskin tafovutlanib turadi. Hissiy va aqliy bosqich-lar barcha insonlarga xos bo‘lib, ular ontogenezning turli davrlari-da hukm surishi mumkin va aks ettirish imkoniyati boshqalarga qara-ganda mahsuldorroq, samaraliroqdir. Ijodiy-tarxiy bilish bosqi-chi yangilik yaratish, kashfiyot qilish, muayyan sifat o‘zgarishlarini vujudga keltirish, u yoki bu xossalarni takomillashtirish bilan tav-siflanadi.
Jahon psixologiyasi fani ma’lumotlariga qaraganda, sezgilar biz uchun atrof-muhit to‘g‘risida va o‘zimiz haqimizda yagona bilish man-bai sifatida xizmat qiladi. Sezgilar shunday bir informasion kanalki, ular tashqi olamdan va ichki tana a’zolaridan keladigan barcha holatlar, taassurotlar aynan xuddi shu yo‘llar orqali miya po‘sti-ga yetib boradi, insonga ta’sirlarga nisbatan to‘g‘ri javob reaksiya-lari qaytarishga yordam beradi.
His etish yoki sezishning filogenetik taraqqiyoti shuni ko‘rsata-diki, hayvonlarda ma’lum bir narsani sezish, his etish ularning biologik jihatdan zaruriyat, ehtiyoj ekanligiga qarab rivojlangan.
Bu holatlar ko‘pgina chet el olimlari tomonidan izchil ravishda o‘rganilgan o‘ziga xos omillar, mexanizmlar mavjudligi ta’kidlab o‘tilgan. Masalan, Frish asalari xatti-harakatlarini kuzatganda, u quyidagi ishni amalga oshirgan: gulga o‘xshash murakkab geometrik shaklga nisbatan asalarining differensirovkasi (farklashi) oson kechgan. Agarda shu murakkab geometrik shakl botanikaga oid bo‘lmasa, u holda arida differensirovka juda qiyinlik bilan vujudga kel-gan. Tadqiqotchi Botsning kuzatishicha, jonivorlar, qurt-qumursqa-larga xos bo‘lgan tovushlarga nisbatan xuddi shu turdagi hasharotlar befarqlik bildirmagan, mabodo tovushlar qattiq va tez sur’atda kechsa, u takdirda ularga hech qanday e’tibor bermagan. Ushbu vaziyatni o‘zicha baholagan olim biologik shartlanganlikdan kelib chiqqan, tabiiy ehtiyoj, instinkt bilan uzviy bog‘langan.
Tadqiqotchi Boytendayk o‘z kuzatishlarida shu narsani ta’kidlay-diki, jumladan, itlar organik kislotalarning hidini yaxshi his etadilar, ammo ular hayvonlarning tanasini, xushbo‘y gullar, o‘tlar hidini esa aniq sezish, his etish imkoniyatiga ega emas ekanlar.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, qo‘zg‘atuvchilar-ning biologik jihatdan aynan mosligi (adekvatligi) ularning fi-ziologik rivojlanishi uchun moddiy negiz, tabiiy ehtiyoj, zarurat mohiyati bilan bog‘likligi alohida ta’kidlab o‘tiladi. Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish joizki, insondagi aniq sezgilarning shu darajada taraqqiy etishiga ijtimoiy muhit, jarayon muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. Chunki ayrim individlarning sezuvchanligi ularning kundalik faoliyatidan kelib chiqqan holda, biologik shart-langan xususiyatlar bilan jips aloqada rivojlanishi ham mumkin. Jumladan, tadqiqotchi Reussa ma’lumotiga ko‘ra: tikuvchilar, bo‘yoq sexida ishlovchilar qora rangning 40 (qirq) xilini bir-biridan farqlash imkoniyatiga ega ekanlar, umuman boshqa sohada faoliyat ko‘rsatadigan odam darhol bunday rangning ikki turini farklab olar ekan, xolos. Bundan tashqari, degustatorlarda ta’m bilish sezgilari juda ham aniq va yaxshi rivojlangan bo‘lar ekan. Chunki sezgining o‘sishi ko‘zg‘atuvchilarning reseptorga ta’siri natijasida yuzaga ke-ladi, ya’ni reseptorlar rivojlanishi bilan bog‘liq.
Reseptor — bu qo‘zg‘atkich yoki qo‘zg‘atuvchini qabul qilishga mo‘ljal-langan nerv tolalaridan tashkil topgandir. Reseptorlarning aso-siy xususiyatlaridan biri — uning ixtisoslashgan biologik apparat ekanligidir, xuddi shu boisdan u juda seziluvchan qo‘zg‘alishni qabul qiladi. Har bir reseptor ma’lum bir xususiyatli qo‘zg‘atuvchinigina qabul qiladi, binobarin, reseptorlar o‘sha «tanish» qo‘zg‘atuvchilar-ning ta’sir etishi natijasida yuzaga keladi va rivojlanadi.
Bizga ma’lumki, inson o‘zining tana a’zolariga ta’sir etayotgan rang, issiklik yoki sovuklik ta’sirini, hidlarning o‘ziga xosligi-ni sezadi hamda aks ettiradi. Ana shu vaziyat natijasida analizator-larning periferik qismlarida javob reaksiya hosil bo‘ladi. Misol uchun ko‘z qorachig‘i qisqaradi, kengayadi, qo‘l esa issiqliqdan seska-nadi va boshqalar. Harakatlarni qabul qiluvchi tana a’zolaridan bosh miya po‘stiga harakat to‘g‘risida qayta signal beradi, qayta aloqa orqali ichki tana a’zolari va boshqa apparatlari ish bajaradi.


Bilishda sezgilarning ahamiyati
Sezgi tevarak-atrofimizdagi moddiy dunyoni bilishning dastlabki shaklidir. Sezgilar voqeiy narsa va hodisalarning xaqiqiy xossalarini aks ettirgani uchun ham atrofimizdagi moddiy olamni bila olamiz.
Bilishda sezgilarning ahamiyati haqidagi masalada fan­ga xilof, idealistik qarashlar bo‘lgan edi, bu qarash vakillari sezgilarni ongimizdan tashqarida mavjud bo‘lgan narsa va hodisalarning obrazlari emas, deb da’vo qiladi. Sub’ektiv idealizm namoyondalari bo‘lmish Berkli, Yum, Max, Ave­narius sezgilarni shunday deb hisoblar edilar, ularning burjua filosoflar orasidan chiqqan maslakdoshlari ham sezgilarni shunday deb biladilar XIX–XX asrlardagi idealistlar o‘zlarining sezgilar haqidagi noto‘g‘ri, xato qarashlarini, jumladan, fiziolog Iogann Myuller ta’riflab bergan-«sezgilarning spesifik energiyasi to‘g‘risidagi qonun» deb ataluvchi qonunga asoslanib oqlab ko‘rsatishga urindilar.
O‘sha «qonunga» ko‘ra, sezgi qo‘zg‘ovchining tabiatiga bog‘liq emas, balki qo‘zg‘alish jarayoni qaysi organ, qaysi nervda ro‘y bersa, sezgi o‘sha organga yoki nervga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odam «tabiiy yorug‘lik» deb ataladigan yorug‘likning ko‘z to‘r pardasiga tushishi natijasida ko‘rmaydi, balki ko‘rish nervining o‘ziga xos spesifik energiyasi ishga solinishi natija­sida ko‘radi, I. Myuller ta’limotiga ko‘ra, nerv moddasi bir safar o‘ziga o‘zi nur sochadi, ikkinchi safar o‘ziga o‘zi tovush chiqaradi, uchinchi safar o‘zini o‘zi his qiladi, to‘rtinchi safar o‘zini o‘zi hidlaydi va mazasini totib ko‘radi. I. Myullerning sezgilar haqidagi ta’limoti «fiziologik idealizm» deb ataladi.
I.Myullerning shogirdi Gelmgols sezgilar haqidagi shu qarashlarni juda ochiq ifodalab berdi. Gelmgols sezgi organlariga ta’sir etganda sezgi hosil bo‘lishini inkor qilmadilar, lekin sezgilarning o‘zini narsalarning obrazlari deb hisoblamadilar, balki narsalarning faqat belgilari – simvollari deb bildilar.
O‘rta Osiyoning emas, balki umuman yaqin va o‘rta Sharqning mashhur mutafakkiri bo‘lgan Abu Nasr Forobiy bilish jarayoniga katta e’tibor berdi va unda sezgilarning ahamiyati, sezgilarning moddiy asosi haqida fikr yuritdi. U «Majmuar Rassoil al-Xukamo) asarida (255-bet) «Insonda uning boshlang‘ich vujudga kelishida (tug‘ilishida) oziqlantiruvchi quvvat paydo bo‘lib, uning yordamida inson ovqatlanadi. bundan so‘ng unda teri orqali sezish quvvati vujudga kelib, bu quvvat yordamida inson issiq, sovuq kabilarni sezadi. So‘ng esa shunday quvvat vujudga keladiki, uning yordamida ta’m – maza seziladi. so‘ng hidni sezishni ta’minlovchi quvvat paydo bo‘ladi. Undan keyin esa shunday quvvat paydo bo‘ladiki, u orqali rang, yorug‘lik va barcha ko‘rinuvchi narsalar seziladi. Keyin insonda shunday quvvat vujudga keladiki, u insonni sezayotgan narsaga diqqatini tortadi» - deb yozadi. U sezishning sifat va miqdori tashqi ob’ektning sezgi organlariga bo‘lgan ta’siri natijasida paydo bo‘lishi, o‘zgarishini alohida qayd qiladi.
Sezgilar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Sezgi a’zolariga nimalardir ta’sir etadi va ularning obrazi ongimizda aks etadi.
Sezgilar amaliyotda tekshiriladi, obrazlarning xaqiqiyligi yoki soxtaligi unda aniqlanadi. Shu bilan birga, sezgilar ayrim bir kishining tajribasidagina emas, balki ijtimoiy tajribada ham sinaladi.
Albatta, har bir sezgi organining «spesifik (o‘ziga xos) husiyatlari» bor, lekin bu spesifik hususiyatlar tirik organizmlarniig ko‘p asrlardan beri evolyusiyasi (tadrijiy taraqqiysi) ularning tashqi qo‘zg‘ovchilar ta’sirini to‘laroq, yaxshiroq idrok etishga moslashuv uchun intilib kelgani natijasida vujudga kelgan hususiyatlardir. Sezgi organlari tashqi qo‘zg‘ovchilar ta’siri tu ayli ixtisoslashgan, ya’ni spesifik hususiyatlar kasb etgandir.
Shunday qilib, sezgi voqey narsalarda xaqiqatan bor xossalarning in’ikosidir. Modomiki shunday ekan, sezgi – moddiy dunyoni bilish manbaidir.
Demak, inson bilimining manbai – sezgidir. Chunki inson o‘zining birinchi va boshlang‘ich bilimlarini sezgidan oladi. Uning qolgan barcha bilimlari shu birinchi boshlang‘ich bilimi asosida vujudga keladi. Insonni ob’ektiv muhit bilan bog‘lovchi eng birinchi yo‘l ham sezgilar. Inson ongining tashqi olam bilan bevosita munosabati amaliyot jarayonida sezish orqali amalga oshiriladi.
Bola ona qornida 7-9 oylik bo‘lgan chog‘laridayoq uning barcha sezgi organlari ancha o‘sib yetilgan bo‘ladi. Ammo bundan, bola dunyoga kelgan hamono tevarak-atrofdagi narsalarni katta yoshli kishilar bilan bab-baravar idrok qila olar ekan, degan ma’no kelib chiqmaydi.
Bolalarning sezgi organlari tajribaga, tarbiyaga qarab o‘sadi, mustahkamlanadi, sezish qobiliyati mukammallashadi. Go‘dak bolaning sezgilarini biron qo‘zg‘ovchiga javoban ko‘rsatadigan reaksiyalariga qarab bilib olamiz, xolos. Shu reaksiyalarga qarab, bola hayotining dastlabki kunlaridanoq unda issiq va sovuqni teri sezgisi bilan sezish qobiliyati bor deb aytish mumkin. Tegishga javoban bo‘ladigan reaksiyalar ham ancha yaqqol ko‘rinadi. Bolada ta’m bilish sezgilari ham bo‘ladi: bolada shirin eritmaga (qandga) bir boshqa, achchiq eritmaga (xininga) bir boshqa reaksiya bo‘ladi.
Bola dunyoga kelgan dastlabki kunlardanoq yorug‘likning o‘zgarishiga qarab, ko‘z qorachigi torayadi yoki kengayadi. Ammo bola ko‘z harakatlarini hali muvofiqlashtira olmaydi (ko‘zini tuta olmaydi): bir ko‘zi bir tomonga, ikkinchi ko‘zning ikkinchi tomonga qarab turishi, bir ko‘zini ochib ikkinchi ko‘zini yumib yotishi mumkin. Bola har narsaga tikilib tura olmaydi. Bola tahminan ikkinchi oy oxirida narsalarga ti­kilib qaraydigan bo‘ladi; shu vaqtda bola tikilgan narsasi chetga surilsa, uni ko‘zlari bilan birinchi marta qidira boshlaydi. Besh oylik bola yorqin ranglarni ancha ayiradigan bo‘lib qoladi.
Bola tug‘ilgan dastlabki kunlarda hech narsani eshitmaydi. Buning sababi shuki yangi tug‘ilgan bolaning o‘rta qulog‘iga mahsus modda to‘lgan bo‘ladi, bu modda tovushning o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Bu modda birinchi xafta davomida aksari shimilib ketadi, bola tovushga javoban reaksiya ko‘rsata boshlaydi. Avvallari bola faqat tovushning kuchiga javob bersa, ikki-uch oyligida tovushning qay tomondan kelayotganligini bila boshlaydi va tovush kelgan tomonga boshini bura boshlaydi. Bolaniig tovushlarga sezgirligi o‘sa boshlay­di, yoqimli ashula yoki muzika tovushini eshitganda talpinib suyunadi va, aksincha, qattiq tovushlar eshitganda, buni yoqtirmaganligidan chinqiradi.
Bola hayotining dastlabki 3-4 oyida sezgi organlarining hammasi o‘z vazifasini o‘taydigan bo‘lib qoladi; keyinchalik shu organlar o‘sadi va farq qilishga doir sezgirlik kuchayishi bilan sezgilar bir-biridan ajratila boshlaydi. Masalan, bola to‘rt yoshligida ko‘pgina ranglarni bir-biridan ayiradi. Ikki-uch yashar bolalarda eshitish sezgisi shu qadar o‘sadiki, ular ayrim kishilarning ovozlarini va ayrim narsalarning tovushlarini bemalol ayirish bilan birga, murakkab kuylarni ham ayira oladi va eng oddiy kuylarni ayta boshlaydi.
Maktabgacha tarbiya yoshida bolalarning har xil sezgilariga absolyut sezgirligi ancha yuqori darajaga yetishi aniqlangan. Ammo maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada farq qilishga doir sezgirlik maktab yoshidagi bolaga yoki katta yoshli kishiga nisbatan hali ancha zaif bo‘ladi.
Odam bolalik davridan biror faoliyatga kirishsa, sezgilari yaxshiroq o‘sadi. Maktabgacha tarbiya yoshida sezgilar, turli o‘yinlarda o‘sadi. Bu o‘yinlarda xilma-xil xossali o‘yinchoqlar katta o‘rin tutadi. Maktab yoshida o‘qish, jumladan, moddiy narsalarniig har xil xossalari bilan tanishish sezgilarning o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Maktab o‘quvchilarida, asosan farq qilish sezgirligi o‘sadi. ko‘rish va eshitish sezgirligi ayniqsa tez o‘sadi.
7 yoshdan 10 yoshgacha bolalarda ranglarning tuslarini sezish 45 protsent ortishi, 10 yoshdan 12 yoshgacha bolalarda 65 protsentgacha ortishi olimlarining mahsus tekshirishlarida aniqlangan. Maktab o‘quvchilarini rasmga o‘rgatish ranglarni ayirish sezgirligining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Maktab yoshida eshitish sezgilari ham hiyla o‘sadi. Ranglarni farq qilish sezgirligi bolalarga ashula o‘rgatish munosabati bilan ayniqsa kuchli suratda o‘sadi.
Maktab yoshida harakat malakalarining vujudga kelishi munosabati bilan muskul harakat sezgirligi ham o‘sadi. Mahsus tekshirishlardan olingan ma’lumotlarga qaraganda, 8 yosh­dan 14 yoshgacha bolalarda bu sezgirlik 50 protsentdan ziyod ortadi.
Odamning mehnat faoliyati sezgilarning o‘sishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, biron mahsulotni tayyorlaganda, shuningdek, nazoratdan o‘tkazganda moddiy narsalarga bevosita tegish (ko‘rish, eshitish, paypaslab sezish va hokazo) bilan birga, shu narsalarning sezib bilinadigan ayrim xossalariga katta e’tibor berishga to‘g‘ri keladi, sezgi organ­larining farq qilish qobiliyatiga ortiqroq talab qilishga to‘g‘ri keladi.
Modomiki shunday ekan, maktabda ishlab chiqarish – mehnat ta’limini amalga oshirish o‘quvchilarda sensor sezgirlikning turli tomonlarini o‘stirishga yordam berishi shubhasiz.
Sezgilarning o‘sishi uchun jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyati bor. Masalan, aniq harakatlar qilishga to‘g‘ri keladigan mashqlar muskul-harakat sezgilarini ustiradi. Mashq qilish jarayonida sezgilarning hamma xillari o‘sadi.
Sezgilarning ochiq ravshan bo‘lishida nutq katta rol o‘ynaydi. Sezgilar so‘z – ifodalar bilan bog‘lansa, ochiq-ravshanroq bo‘lib qoladi. Masalan, kuy tonlari tegishli terminlar bilan ifodalanmasa, ularni eshitishda kelib chiqadigan sezgilarni ta’riflab bo‘lmaydi. So‘z bilan ifodalanmagan narsa umumiy kompleksdan yaqqol ajralib turmaydi. Odam­ning sezgisi – aniqligi, ravshanligi, differensiallanganligi (bir-biridan ajralganligi) nutqning taraqqiy etishi bilan o‘sadi va ko‘p jihatdan nutq tarbiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash sezgilarning o‘sishida katta ahamiyatga egadir. Bolaning sog‘ligi va jismoniy tarbiyasi haqida g‘amho‘rlik qilish, jumladan, sezgi organlarining va sensor sezgirlikning o‘z vaqtida o‘sishini ta’minlashdan ham iborat.
Sezgilar idrok tarkibiga kiradi, shu sababli, bolalarda idrokni o‘stirish bilan ularning sezgilarini ham o‘stirgan bo‘lamiz. Mushohadani, kuzata bilishni tarbiyalash - sezgi organlarini ham tarbiyalash demakdir, farq qilish sezgirligini ham o‘stirish demakdir. 1930-yillardan boshlab J.Piaje tomonidan belgilangan va izchil ravishda hal etib borilgan ulkan vazifa- bir vaqtning o’zida bir qancha ya`ni biologik, gneseologik, psixologik, mantiqiy va ijtimoiy tomonlarga ega bo’lgan murakkab tizim sifatida intellektni kompleksli o’zaro tartibli tahlildir. J.Piajening fikriga ko’ra, bolalarning kognitiv rivojlanishini psixologik tadqiqotni nazorat qiluvchi psixologiyaning genetik metodi bilish nazariyasining asosiy savollariga ekspermental javob berishni talab qiladi: anglanimaganlikdan bilishga noaniqlikdan aniq bilishga o’tish qanday sodir bo’ladi. Tug`ma g`oyalar mavjudmi yoki bizning bilimimiz butunlay tajribadan olinadimi bilishning asosiy kategoriyalari tushunchalari ob`ekt , makon, vaqt, miqdor va boshqalar qanday shakllanadi. J.Piaje inson intellektini yashash muhitiga moslashish shakllaridan biri sifatida talqin qilgan. Har qanday tirik organizm atrof-muhit bilan uyg`un o’zaro munosabatni qo’llab-quvvatlashda ichki ehtiyojga ega bo’ladi. YA`ni muhitga moslashish ehtiyoji muhit bilan muvozanatda bo’lish kuzatiladi. Muhit ta`siri organizmni muvozanatdan chiqaradi. Organizm yana qaytadan muvozanatga moslashishga erishish uchun yo’qotilgan muvozanatni qoplashda uzluksiz faol holatda bo’lishi kerak masalan, kesilgan barmoq ya`ni chetdan muhit ta`sirida lat eyish jarohat olish o’zini o’zi nazorat qilish jarayonlarini faollashtiradi ular pirovard natijada turg`unlikni barqarorlikni ya`ni kesilgan barmoqdagi teri qoplashini qayta tiklashi kerak. J.Piaje tomonidan muvozanatga hususan bilishga intilish rivojlanishning yuqori tamoyili sifatida e`tirof etilgan muvozanat omilni joriy etish harakatda bo’lish jarayoni o’zini o’zi rivojlantirish sifatida psixik rivojlanishni intellekt rivojlanishi tushunilishiga imkon beradi. Bilishga moslashish jarayoni ikkita har xil yo’nalishdagi jarayonlar assimiliyatsiya va akkomodatsiyadan hosil bo’ladi. Assimiliyatsiya va akkomodatsiya qarama-qarshi yo’nalgan lekin chambarchas bog`liq va xulq-atvordagi bir-birini to’ldiruvchi tendentsiyadir. Ovqat va hazm qilish bilan qiyoslasa bo’ladi. Muammoli vaziyatni hal qilish mavjud bo’lgan harakat chizmasi yoki kognitiv chizma yordamida sodir bo’ladi. Mutolaa qilganda axborot assimilyatsiyasi yuz beradi. Bola umumiy qilib olish chizmasidan foydalanib har xil ob`ektlarni olish mumkin. Assimilyatsiyani bilish tuzilishlarini bir butunligini barqarorligini ta`minlaydi. Muammoli vaziyatni o’zi yoki yangi ob`ekt ba`zi o’zgarishlarga (transformatsiyalarga) uchragan.
Akkomadatsiya – bu yangi vaziyatga, yangi vazifaga muvofiq ravishda chizmani o’zgartirishda u variabellik, rivojlanish, yangi chizmalarni ishlab chiqishni ta`minlaydi. Bola unga qog`oz varog`i yoki to’p uzatayotganligidan bog`liqlikda (ushlab qolish chizmasi akkomadatsiyaga uchraydi) qo’li barmoqlarini har xil ko’rinishda hozirlashga o’rganadi. Assimilyatsiya va akkomadatsiya tendentsiyalarini muvozanatlashtirish birmuncha darajada samarali moslashuvini ta`minlaydi, lekin bu holat har doim taxminiy vaqtincha bo’lib buzilishi yana kuzatiladi. Ushbu tarkibiy qismlarni hulq-atvordagi o’zaro aloqasi har xil bo’lishi mumkin akkomadatsiyadan assimilyatsiyani ustunligi kichkina bolalarning ramziy o’yinlarida kuzatiladi. Bolaning hoxishi va qiziqishidan bog`liqlikda qari daraxt bo’lagi “hazilkash” ham qo’g`irchoq ham qayiq, ham samaliyot bo’lishi mumkin. Akkomadatsiya ko’proq taqlid qiluvchi harakatlarda tashqi ta`sir xususiyatlariga o’z xulq-atvorini o’xshatish vaziyatida (masalan bola qutining ochilib yopilishini og`iz harakatlari orqali taqlid qiladi “o’lik o’rdak” obrazini harakatlari orqali yaratadi) namoyon bo’ladi.
Bolaning intellekti faoliyat asosida narsalardan foydalanish tajribasi asosida shakllanadi. Ob`ektlarni bilish uchun sub`ekt ular bilan birga harakat qilishi kerak: tutib qolish, ushlab ko’rish, yaqinlashish, yo’q qilish, aralashtirish, taqqoslash va boshqalar. Barcha egallagan tajriba faoliyat chizmasi ko’rinishida saqlanadi. Faoliyat chizmasi – J.Piaje ta`limotidagi juda muhim tushunchalardan biridir. So’zning tor ma`nosida harakat chizmasi tushunchasi bu umumiy bo’lib, turli vaziyatlarda ko’p marta takrorlanuvchi harakatda saqlanadi. So’zning keng ma`nosida- harakat chizmasi- bu ma`lum bir darajadagi aqliy rivojlanish tuzilmasidir. Ma`lum bir bosqichda harakatning umumiy chizmasini rivojlanishini operatsiyaga (operant tuzilishga) aylanadi. SHuning uchun J.Piaje ta`limoti operatsional deb ataladi. Operatsiya- bu tizimda qaytariluvchan va guruhlarga ajratilgan ichki predmetli harakatdir. Fikrlash faoliyatini tuzishi hayot davomida shakllanadi egallagan tajribaga ega bo’lib, rivojlanishning turli bosqichlarida sifat jihatdan farqlanadi. Assimilyatsiya va akkomadatsiya jarayonlari ontogenezdagi aqliy rivojlanishni uzluksizligi va ketma-ketligini ta`minlaydi, fikrlash harakatlarini (tuzilishi) tashkillashning o’ziga xosligi esa intellektning ajratilgan bosqichlarini aniqlaydi. J.Piajega ko’ra, psixikani rivojlanish –bu etakchi intellektual ko’rinishlarini o’zgarishidir. Har bir bosqich boshqasining ustiga ko’riladi, ularning har biri keyingilarini shakllanishi uchun zarur, shuning uchun ularning (borish) kechish tartibi qayd qilingan va shunday belgilangan ularni yuz berish tezligi esa har xil bo’lishi mumkin. Tajriba egallashning qulay yoki nomaqbul imkoniyatlaridan madaniy va ilmiy sharoit sifatida bog`liqlikda.
Inson intelektini rivojlanishi: rivojlanishning davr va bosqichlari.
J.Piaje rivojlanishning uchta asosiy davrlarini ajratgan:
1. Sensamotor intellekt (tug`ilgandan 1,5 yoshga qadar)
2.Aniq operatsion (reprezentativ) intellekt (1,5-2yoshdan 11 yoshga qadar)
3.Formal (rasmiy) – operatsion intellekt (11-12 yoshdan 14-15 yoshga qadar)
J.Piaje har bir bosqichni ikki yo’l bilan ta`riflaydi: ijobiy (oldingi darajadagi tuzimini murakkablashishi defferentsiyatsiya (farqlanish) natijasi sifatida) va salbiy (keyingi bosqichlarda bartaraf etiladigan o’ziga xoslik va kamchiliklar nuqtai-nazarida)
1. Sensamator davr. J.Piaje tafakkur rivojlanishining tadqiqini, hayotning birinchi ikki yilligida bolaning amaliy predmetli faoliyatini tahlil qilishdan boshlaydi. Uning ta`kidlashicha, hatto nihoyatda mavhum bilimlar manbani harakatda qidirish kerak, bilim tayyor ko’rinishda (sirtdan) tashqaridan kelmaydi inson uni ko’rishi kerak. J.Piaje o’zining 3 ta farzandi rivojlanishini kuzatib (qizlari Jaklin va Lyusena va o’g`li Loran) sensamator rivojlanishning 6 bosqichini ajratgan. Bu tug`ma mexanizmlar va sensor jarayonlardan (surish reflektsiya singari) ixtiyoriy atayin qo’llaniladigan uyushgan xulq-atvor shakllariga o’tish bosqichlaridir.
Bola tug`ilganidan to 15 yoshga qadar jarohat tuzilishlari va his-tuyg`ular rivojlanishi bilan xarakterlanadi: u ko’radi, eshitadi, teginadi, hidlaydi, murakkab va chigal tug`ma qiziqish bilan amalga oshiradi. Sensamator intellektning ikkta kichik davrlarga ajratiladi: 7-8 oyga qadar go’dakning o’z tanasiga markazlashuvi kuzatishgandi. 9 oylikdan boshlab fazoviy sohada fazoviy intellekt chizmasini ob`ektivligi sodir bo’ladi. Maqsadga erishish uchun vosita sifatida bola tomonidan ma`lum bir harakatlarni qo’llanilishi intellekt shakllanishining mezonidir. SHunday qilib birinchi kichik davr oxiriga kelib bolalar o’zining harakatlari va natijalari o’rtasidagi aloqani kashf qiladilar. J.Piaje topshiriqlari nomini olgan. Ko’pincha bu tajribalarni shuningdek muvozanatni saqlash testi og`irlik, uzunlik, hajm, son va boshqa deb ham ataladi. Modomiki, bunday turdagi barcha topshiriqlar umumiy tamoyillarga asoslangan ekan, namuna uchun hajmni saqlanish testini ko’rib chiqamiz.
Suyuqlik hajmini saqlanish testi.
O’tkazish bosqichlari
1.Dastavval bolaga bir xil miqdorda suv yoki sharbat bilan to’ldirilgan ikkita stakan ko’rsatiladi. Bola ikkala stakanda suyuqlik miqdori bir xilmi deb so’raydi. Bola suvlar bir xilligini tushunib etishi juda muhimdir. Dastlabki tenglikni qayd qilish majburiy. Baholanayotgan xususiyatning dastlabki tengligi albatta pertseptiv idrokli o’xshashlik bilan kuzatiladi ikkala stakandagi suvlar darajasi miqdori tenglashtirilgan.
2.So’ngra eksperementator katta odam suvni bir stakandan boshqa shakldagi kengroq va pastroq stakanga qo’yadi. Odatda, eksperementator bolaning diqqatini ushbu boshqadan qo’yishga qaratadi. Qara, men nima qilayapman o’zgartirish qilinadi, bunda garchi baholanayotgan xususiyatga hech ham ta`sir ko’rsatmasida,pertseptiv idrokli o’xshashlik buziladi.
2.Qayta quyilgandan keyin savol takrorlanadi. Ikkala stakanda suv miqdori bir xilmi lekin albatta avvalgi dastlabki shaklda bo’lishi kerak. Odatda, 7 yoshgacha bo’lgan bolalar saqlashning standart topshiriqlarini uddalay olmaydilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagilar topshiriqlarni hal etayotib, J.Piaje fenomenlari–fazoviy, pertseptiv qayta o’zgartirishda ob`ektlarning turli xususiyatlarini saqlash doimiylik, invarlantlik haqida ularga xos tasavvurlarni namoyon qiladilar. Bu bolalar psixologiyasidagi eng ishonchli dalildir, ular har qaysi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ifodalanishi mumkin. Odatda, bola stakanlardan biridagi suv endi kamroqligi yoki ko’proqni aytadi, ya`ni pertseptiv qayta o’zgartirishda predmetning xususiyatlarini saqlab qolishini tushunish yo’qoladi. Bunda saqlanib qolmaslik fenomeni kuzatiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola ob`ektni idrokga tayanib, dolzarb yaxlit, bevosita egotsentrik sifatida baholaydi. U aynan holatga diqqatini yo’naltiradi va bir vaqtning o’zida oldin predmetlar qanday ko’rinishda bo’lganligi haqida o’ylay olmaydi, amalga oshirishgan harakat umuman olganda qaytarilishini suv bir xil stakanlarga quyilgan bo’lishi mumkin, bitta ob`ektga diqqatini qaratib, suyuqlik darajasini past-balandligidagi farqi bir vaqtda ikkita parametrni o’lchamni stakan balandligi va kengligi e`tiborga ololmaydi. J.Piaje saqlanib qolmaslik fenomenini bolani etti yoshga to’lgunga qadar mantiqiy fikr–mulohaza yuritishga va detsentratsiyasiga markaziy vazifalarni mahalliyga berish qodir emasligini isboti sifatida baholaydi. Bu vaziyatda ikkala stakandagi suvlar miqdori bir xilmi degan takroriy savolga bola xususiyatlar tengligini ta`kidlaydi. U belgilar saqlanib qolishini aytadi. Saqlanib qolish testini bajarishi-aniq operatsiyalarni ishlash mezonidir. Eslatib o’tamiz mantiqiy operatsiya–bu qaytariluvchanlik bilan xarakterlanadigan aqliy harakatdir. Qaytariluvchanlik, masalan A va B hamda B va A o’rtasidagi masofa tengligi tasdiqlash. Nisbatiga yoki qo’shish va ayirish munosabatiga taalluqlidir. Qaytariluvchanlik tamoyilidan xayolan foydalanish qobiliyati aniq operatsional tafakkur bosqichini egallashning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. J.Piaje topshirig`ining boshqa varianti – ko’p jihatlarni inobatga olish testi yaxlit va uning qismlarini taqqoslashni taklif etadi.
Ko’p jihatlarni inobatga olish testi.
1.Bir qancha tanish ob`ektlar, masalan, g`oyalar ko’rsatiladi. Ob`ektlar ikkita kichik sinflarga oq va qizil bo’lishi kerak, bu kichik sinflardagi elementlar soni bir xil bo’lishi kerak emas 4 ta qizil va 2ta oq.
2. Bolaga quyidagicha savol beriladi qaysi biri ko’proq qizil gullarmi yoki gullar.
3. Besh yashar oddiy javobi qizil gullar ko’proq. J.Piajening izohi quyidagicha bola sinfga yo’nalgan va sinf va uning kichik sinflari haqida bir vaqtning o’zida o’ylay olmaydi. Bola qachon bunday topshiriqlarni to’g`ri hal qilishni boshlasa, odatda 7 yoshdan so’ng bu aqliy qobiliyat o’sganligi qaytaruvchanlikni yuzaga kelganligi, operatsional tuzilish shakllanganligidan bog`liq bo’lgan detsentratsiyaga qobiliyat ortganligi haqida dalolat beradi. Bola qachon bunday topshiriqlarni to’g`ri hal qilishni boshlasa, odatda 7 yoshdan so’ng bu aqliy qobiliyat o’sganligi, qaytariluvchanlikni yuzaga kelganligi operatsional tuzilish shakllanganligidan bog`liq bo’lgan detsentratsiyaga qobiliyat ortganligi haqida dalolat beradi. Bola predmetning ikki xil belgisi o’zaro bog`liq emasligini, bir-biriga tobe emasligini masalan, narsaning shakli va miqdori tushunishga qodir bo’ladi. Har xil belgilarni-predmet materiali, uzunligi, og`irligi, hajmini, keyinroq vaqti, tezligini saqlanib qolishi haqida tushuncha paydo bo’ladi. Ob`ektlar va qismlarni tasniflash qobiliyati yuzaga keladi ya`ni qatorlarga tartibga solib joylashtirish masalan, miqdorini kamayishi tartibida. Endi bola bevosita idrok ta`sirini engib o’tib, ma`lum bir vaziyatga mantiqiy tafakkurni tadbiq etadi. Ijtimoiy va madaniy qurshov rivojlanish bosqichining kechishi tezligini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Birinchi navbatda bu unga mashg`ulot uchun to’g`ri keladigan materiallarni, ham etish uchun topshiriqlarni etkazib berish hisobiga amalga oshadi. Tayyor bilimni berish to’g`ri javoblarni yod olish samarasiz, rivojlanish insonning shaxsiy faolligi amalga oshib, bilish jarayonlari faol tashkillashtirilib, tartibga solinganda sodir bo’ladi. SHuningdek, tafakkurni rivojlanishi uchun va ayniqsa, boshqa nuqtai nazarlarni anglashni rivojlantirish uchun g`oyalar, fikr-mulohazalar almashinuvi va tengdoshlar bilan bo’lgan bahs-munozara muhim.
Aniq operatsion tafakkurga o’tish barcha psixik jarayonlar, axloqiy fikrlar va qobiliyatlarni boshqa odamlar bilan hamkorlikka moslashtiradi. Biroq barcha bu mantiqiy operatsiyalar aniq- faqatgina haqiqiy, ko’zga ko’rinadigan anglanadigan predmetlar va ular bilan bog`liq bo’lgan harakatlarga qo’llaniladi, bolaga haqiqat havola etilgan aniq mazmunga bo’ysunadi.
Rasmiy pozitsion operatsiya bosqichi 12-15 yosh
Rasmiy-operatsion tuzilishlar bolani taxminiy va aniq tayanchga ega bo’lmagan predmet doirasini tuzilishidan mustaqil ravishda fikr yuritish qobiliyatida namoyon bo’ladi. Rasmiy formal fikrlash operatsiyalari asosi katta yoshdagi insonlar mantiqidir ularga faraz va deduktsiya yordamida shakllanadigan elementar ilmiy tafakkur asoslanadi. Mavhum tafakkur rasmiy formal mantiq va uyg`unlik kombenatorlik, qoidalariga muvofiq bir fikrga xulosaga kelish qobiliyatini o’zida namoyon etadi. Bu o’smirga farazlarni ilgari surib tafakkur rasmiy formal mantiq va uyg`unlik kombinatorlik qoidalariga muvofiq bir fikrga xulosaga kelish qobiliyatini o’zida namoyon etadi. Bu o’smirga farazlarni ilgari surib, ularning eksperemental tadqiqni o’ylab topishga, xulosalar chiqarishga yordam beradi. Ayrim oddiy fizik qonunlarni birikishiga qaratilgan eksperementda o’smirlarning yangi muvaffaqiyati ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanadi. Mayatnikni tebranish qonuni, sariq rangdagi suyuqlikni olish uchun rangsiz suyuqliklarni qo’shish usullari, ayrim materiallari egiluvchanligiga ta`sir ko’rsatuvchi omillar, tekislik bo’ylab sirg`anishida tezlikni ortishiga ta`sir qiluvchi omillar.

Download 32,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish