Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Zumrad
tarjimasi
QAYNANA – ADVOKAT
Bu ish bir kun ertalab Mishel Puziryovning 
Liza Mamuninaga uylanganiga rosa bir oy 
bo‘lgach ro‘y berdi. Mishel ertalabki qahvani 
ichib, ishiga ketmoqchi bo‘lib, shlyapasini 
qidirayotgan chog‘da uning xonasiga qayna-
nasi kirib keldi.
– Sizning besh daqiqagina vaqtingizni ola-
man, Mishel, – dedi qaynana. – Qovog‘ingizni 
solmang, do‘stim... Bilaman, kuyovlar qay-
nanalar bilan gaplashishni yomon ko‘ri shadi. 
Lekin biz bir-birimizni anglaymiz, shekil-
li, Mishel. Biz qaynana-yu kuyov emas, aqlli 
odamlarmiz... Gapimiz gapimizga to‘g‘ri kela-
di... Shunday-ku, a?
Qaynana va kuyov divanga o‘tirishdi. 
– Xizmatingizga tayyorman, ona!
– Siz aqlli odamsiz, Mishel, juda aqllisiz; men 
ham... befahm emasman... Bir-birimizni yax-
shi tushunarmiz deb o‘ylayman... Men ko‘pdan 
beri siz bilan so‘zlashmoqchi bo‘lib yurgan 
edim, o‘g‘lim. Butun... butun muqaddas nar-
salar haqi, rostini ayting, qizimni nima qilmoq-
chisiz?
Kuyov baqrayib qoldi.
– Men, bilasizmi, roziman... Mayli! Nega rozi 
bo‘lmas ekanman! Ilm yaxshi narsa, adabiyot-


Anton Chexov
50
dan xabarsiz qolish yaramaydi... She’riyat-da! 
Uni tushunaman! Xotin kishi o‘qigan bo‘lishi 
yaxshi. Mening o‘zim ham shunday tarbiya 
ko‘rganman, bilaman... Lekin farishtam, bun-
chalik haddan oshirishning nima hojati bor?
– Masalan? Men uncha tushunolmay turib-
man...
– Men, sizning Lizamga qilayotgan muoma-
langizni tushunmayman! Siz unga uylandingiz; 
lekin u sizning xotiningizmi, umr yo‘ldoshin-
gizmi? U – sizning qurboningiz! Ilm, haligi ki-
toblar, turli nazariyalar... Bularning hammasi 
juda yaxshi narsalar, lekin do‘stim, siz shuni 
ham yodingizdan chiqarmangki, u mening qizim 
bo‘ladi! Men bunday ishga yo‘l qo‘ymayman! U 
mening jon-u tanim axir! Siz uni o‘ldirayap-
siz! Qarang, to‘y bo‘lganiga bir oy bo‘lmasdan 
ozib, cho‘pday bo‘lib qoldi-ya! Ertadan kechga-
cha kitobga tikilib o‘tiradi, bema’ni jurnallarni 
o‘qiydi! Qandaydir qog‘ozlarni ko‘chirib yozadi! 
Axir shu xotinlarning ishimi? Siz uni hech qa-
yoqqa olib bormaysiz, bunday o‘ynab-kulsin 
demaysiz-a! Odamga qo‘shilmaydi, davralarga 
bormaydi! Shunday ham bo‘ladimi! Hali biron 
marta bazmga borgani yo‘q-a, biron marta! 
– Biron marta bormagan bo‘lsa, o‘zi xohlama-
gan. Uning o‘zi bilan so‘zlashib ko‘ring-chi... 
Bazmlaringiz, davralaringiz haqidagi fikrini bi-
lasiz-qo‘yasiz. Yo‘q, onajon! Sizlarning takasal-
tangligingizni u xushlamabdi! Agar u ertadan 
kechgacha kitobga tikilsa yoki ish ustida o‘tir-
sa ishoning, buning uchun hech kim uning 
mulohazasiga halal berayotgani yo‘q... Men uni 


Buqalamun
51
shuning uchun yaxshi ko‘raman-da... Shuning 
uchun hurmat bilan qulluq qilaman va iltimos 
qilaman, minba’d bizning oramizga tushmang. 
Agar biror narsa aytish kerak bo‘lsa, Lizaning 
o‘zi ham aytadi...
– Shundaymi? Siz hali uning ko‘ngilchang-
lik qilayotganini, dami ichida ekanini bilmas 
ekansizda? Muhabbat uning tilini bog‘lab 
qo‘ygan! Men bo‘lmasam, siz unga bo‘yinturuq 
kiygazardingiz, afandim! Ha! Siz rahmsiz, zo-
limsiz! Marhamat qilib, bugundan boshlab bu 
xulqingizni o‘zgartiring!
– Hech o‘zgartmayman!
– Shundaymi? Keragi ham yo‘q! Ixtiyoringiz! 
Liza aytmasa siz bilan tortishib ham o‘tirmas-
dim! Unga ichim achiydi! U, siz gapirib ko‘ring, 
deb yalinganidan keluvdim!
– Yo‘q, endi bunisi yolg‘on!.. Bo‘lmagan gap... 
Bo‘yningizga olib qo‘ya qoling...
– Yolg‘on? Unday bo‘lsa, mana, ko‘ring! 
Qaynana sakrab turdi, eshikning tutqichi-
ni yulqib tortdi. Eshik ochilib ketdi va Mishel 
o‘zining Lizasini ko‘rdi. U ostonada qo‘llarini 
qovushtirib, piq-piq yig‘lab turgandi. Ko‘z yosh-
lari uning chiroyli chehrasini tutib ketgandi. 
Mishel irg‘ib turib, uning yoniga bordi-da:
– Eshitdingmi? Qani tushuntir bo‘lmasa, 
onang qizining kim ekanini bilib qo‘ysin! – dedi.
 – Onam... onam... to‘g‘ri aytadilar, – dedi 
Liza o‘pkasini tutolmay. – Men bu turmushga 
toqat qilolmayman... Siqilib ketdim...
– Him... Hali shundaqami? Qiziq... Xo‘sh nega 
bu to‘g‘rida men bilan o‘zing gaplashmading?


Anton Chexov
52
– O‘zim... o‘zimmi... achchig‘ing keladi deb...
– Axir o‘zing doimo bekorchilikka qarshi 
muhokama yuritar eding-ku! Seni muloha-
zang  uchungina  yaxshi  ko‘raman:  atrofimda-
gi odamlarning hayotidan bezorman, degan 
 eding-ku! Men ham seni shuning uchun yax-
shi ko‘rgan edim-da! To‘ygacha sen bema’ni, 
ovoragarchilik bilan kechiriladigan hayotdan 
nafratlanarding, yomon ko‘rarding-ku! Nega 
birdaniga bunday o‘zgarib qolding?
– U vaqtlarda, aytsam meni olmaysan, deb 
qo‘rqqan edim... Jonim Mishel! Bugun Mariya 
Petrovnanikiga mehmonga boraylik. – Liza o‘zi-
ni erining quchog‘iga otdi.
– Mana ko‘rdingizmi! Endi ishongandirsiz! – 
deb qaynana kerilganicha xonadan chiqib ketdi...
– Eh, ahmoq! – dedi Mishel ingrab.
– Kim ahmoq? – dedi Liza.
– Yanglishgan odam!..



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish