Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Odil Rahimiy
tarjimasi
LATTA
Yaqinda men bolalarimning murabbiyasi 
Yuliya Vasilyevnaga haqini berish uchun xo-
namga chaqirdim.
– O‘tiring, Yuliya Vasilyevna! – dedim. – Sizga 
pul kerak bo‘lsa ham, soddadilligingizdan o‘zin-
giz so‘ragani uyalasiz.. Qani, o‘zaro hisobla shib 
chiqaylik-chi. Biz sizning maoshingizni har 
oyga o‘ttiz so‘mdan gaplashgan edik.
– Qirq so‘mdan...
– Yo‘q, o‘ttiz so‘mdan... Menda yozilgan... Men 
murabbiyalarga hamma vaqt o‘ttiz so‘mdan 
to‘lab kelganman. Xo‘-o‘sh, siz bizda ikki oy 
turdingiz...
– Ikki oy-u, besh kun...
– Menda yozilgan. Rosa ikki oy... Demak, siz-
ga oltmish so‘m tegadi... Siz Kolya bilan yak-
shanba kunlari mashg‘ulot o‘tkazganingiz yo‘q, 
o‘sha kunlari dam oldingiz, shuning uchun 
to‘qqiz yakshanbani chiqarib tashlaymiz... Uch 
kun bayram...
Yuliya Vasilyevna birdaniga qizarindi, ko‘ylak 
burmasini g‘ijimladi-yu, lekin g‘ing demadi!..
– Uch bayram kuni... Demak, o‘n ikki so‘m... 
Kolya kasal bo‘lib qolib, to‘rt marta dars 
bo‘lmadi, o‘sha kunlari siz mashg‘ulotni faqat 


Buqalamun
59
Varya bilangina o‘tkazdingiz... Uch kun tishin-
giz og‘ridi, xotinim peshindan keyin uyga qay-
tishingizga ruxsat berdi... O‘n ikki so‘m va yetti 
so‘m, demak, yana o‘n to‘qqiz so‘mni chiqarib 
tashlaymiz... Qoladi qirq bir so‘m. To‘g‘rimi?
Yuliya Vasilyevnaning chap ko‘zi qizarib, 
yoshga to‘ldi. Iyagi titradi, asabiylashib yo‘tal-
di; burnini qoqdi, ammo g‘ing demadi.
 – Yangi yil oldidan bir likopcha bilan finjon-
ni sindirdingiz. Buni ikki so‘m deylik, idishga 
familiya yozilgan edi, qimmatroq bo‘lsa ham, 
mayli, roziman! Bizning haqimiz kimlarda 
ketmagan deysiz! So‘ngra sizning beparvoli-
gingiz natijasida Kolya daraxtga chiqib, kam-
zulini yirtib tushdi, bu ham o‘n so‘m... yana 
sizning yaxshi qaramaganligingiz natijasida 
uy xizmatchisi Varyaning botinkasi o‘g‘irlan-
gan. Axir, siz maosh olasiz, shularning ustidan 
nazorat qilib turishingiz kerak. Demak, yana 
besh so‘m... O‘ninchi yanvarda mendan o‘n 
so‘m qarz oldingiz...
– Men olganim yo‘q, – dedi Yuliya Vasilyevna, 
sekingina.
– Menda hammasi yozilgan.
– Xayr, mayli... yaxshi.
– Qirq bir so‘mdan yigirma yetti so‘mni chiqa-
rib tashlasak o‘n to‘rt so‘m qoladi...
Murabbiyaning ikki ko‘zi jiqqa yoshga to‘ldi... 
Uzun, chiroyli burni terlab ketdi. Bechora qiz!
– Men faqat bir martagina oluvdim, – dedi u, 
titroq tovush bilan. – Bekachingizdan faqat bir 
marta uch so‘m olganman, xolos... Shundan 
boshqa pul olganim yo‘q...
– Hali shundaymi? Men buni yozib qo‘yma-
gan ekanman! O‘n to‘rt so‘mdan uch so‘mni 


Anton Chexov
60
chiqarsak – o‘n bir so‘m qoladi... Oling pulin-
gizni, jonim! Mana, uch... uch... uch... bir, 
tag‘in bir so‘m... oling!
Men unga o‘n bir so‘m berdim. Pulni titroq 
qo‘llari bilan olib, cho‘ntagiga soldi.
– Rahmat! – dedi pichirlab.
Men o‘rnimdan sakrab turib ketib, uy ichida 
yura boshladim. Juda jahlim chiqib ketgan edi.
– Nega menga rahmat deysiz? – dedim.
– Pulingiz uchun...
– Axir, pulingizni o‘g‘irlab o‘tiribman-ku, 
men sizni taladim-ku! Pulingizni o‘g‘irladim! 
Nega tag‘in menga rahmat deysiz?
– Boshqa joylarda menga shuni ham berish-
mas edi...
– Berishmas edi? Ajab emas! Men sizga hazil-
lashdim, sizga unutilmas saboq berdim. Men 
sizning sakson so‘m pulingizni beraman, ana, 
xat jildga solib tayyorlab qo‘yganman. Odam 
ham shunaqa latta bo‘ladimi? Nega haqingizni 
talab qilmaysiz? Nega tek turasiz? Bu zamonda 
odam o‘tkir tishli bo‘lishi kerak! Odam shun-
day bo‘shang bo‘ladimi?
U bo‘shashib qoldi. Uning yuzidan: «Bo‘lishi 
mumkin!» degan ma’noni o‘qidim.
Unutilmas saboq uchun undan kechirim 
so‘radim-da, qo‘liga sakson so‘mini berdim. U 
qo‘rqa-pisa chiqib ketdi... Uning ketidan qarab 
turib: bu dunyoda kuchli bo‘lish oson ekan! – 
deb o‘yladim.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish