Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Anton Chexov
40
– Papiros emasmi? Xaplovoliklarni qaramay-
miz. Yana kim!..
Gleb Glebich kasallarni yozishni tamomladi. 
Kuzma  Yegorov qahvani ichib bo‘lgach, qabul 
boshlandi. Gleb Glebich dori-darmon tayyor-
lash uchun dorixonaga ketdi. Ikkinchisi esa 
kasal ko‘rish paytida kiyiladigan xalatini kiydi va:
– Marya Zaplaksina, – deb chaqirdi haligi 
katta kitobga qarab.
– Shu yerdaman, taqsir!
Xonaga taqdirning rahmsiz zarbalaridan 
qaddi bukilgan va bujmayib qolgan jikkakkina 
kampir kirib, cho‘qindi va luqmonga hurmat 
saqlab salom berdi.
– Him... Eshikni yop!.. Qayering og‘riydi?
– Boshim, taqsir.
– Xo‘sh... Hammasimi yo bir yog‘imi?
– Hammasi, taqsir... Hammasi!
– Boshingni buncha o‘rama... Bu lattangni 
yech. Bosh deganni salqin tutish kerak, oyoq-
ni issiq, gavda o‘rtacha bo‘lsin... Qorning ham 
og‘riydimi?
– Og‘riydi, taqsir...
– Qani, barmog‘ing bilan pastki qovog‘ingni 
och-chi! Yaxshi, bos. Qoning kamayib ketipti... 
Tomizib ichadigan dori beraman... O‘n tomchi-
dan uch mahal – ertalab, peshinda va kech-
qurun ichasan.
Kuzma Yegorov o‘tirib tavsiya yozaboshladi: 
«Rp: Liquor Ferri
1
 3 gr. derazada turganidan, 
tokchadagisini Ivan Yakovlevich men yo‘g‘imda 
1
  Temir eritmasi.


Buqalamun
41
ochmanglar deb ketgan. O‘n tomchidan kunda 
uch mahal. Marya Zaplaksinaga berilsin». 
Kampir tomchini nimaga tomizib ichishni 
so‘radi-da, ta’zim qilib chiqib ketdi. Kuzma Ye-
gorov tavsiyani devorni teshib qilingan tuynuk-
chadan dorixonaga tashladi va navbat kutib 
o‘tirgan kasallardan birini chaqirdi:
– Timofey Stukotey!
– Labbay!
Xonaga novcha va oriq, boshi katta, uzoq-
dan qaraganda xuddi boshi boldoqli hassaga 
o‘xshab ko‘rinadigan Stukotey kirdi.
– Qayering og‘riydi?
– Yurak kasalim bor, Kuzma Yegorovich.
– Qayeringda?
Stukotey ko‘kragining tagini ko‘rsatadi.
– Xo‘sh... Qachondan beri?
– Hayitdan buyon... Hali bu yoqqa piyoda ke-
laturib naq o‘n marta dam oldim... Dam etim 
uvishadi, Kuzma Yegorovich... dam alanga-yu 
otash bo‘lib yonaman, Kuzma Yegorovich.
– Him... Yana qayering og‘riydi?
– To‘g‘risini aytsam, Kuzma Yegorovich, 
og‘rimagan joyim yo‘q. Siz faqat yuragimgagi-
na dori bersangiz bo‘ldi, boshqasini qo‘yabe-
ring... Qolganini xotinlar davolashar... Siz 
menga spirtga o‘xshash biron narsa bersan-
giz-u, yuragimni changallashini qoldirsa. Shu 
bir narsa dumalab-dumalab tiqilib kelaberadi, 
keyin shunday changallaydi, asti qo‘ying. Xud-
di mana shu joyga, shunday tutganda orqam, 
bellarim qaqshab ketadi... Boshimni ko‘tarol-


Anton Chexov
42
mayman, xuddi tosh osib qo‘yganday... Uning 
ustiga yo‘tal.
– Ishtahang bormi?
– Hech, Xudo saqlasin...
Kuzma Yegorov Stukoteyning qornini ochib, 
mushtumi bilan oshqozonini bosib ko‘radi.
– Shunday qilsa og‘riydimi?
– Voy... voy... og‘riydi!
– Bunday qilsam-chi?
– Voy... o‘laman!
Kuzma Yegorov unga bir necha savol beradi 
va biroz o‘ylab, so‘ng Gleb Glebichni yordamga 
chaqiradi. Maslahat boshlanadi.
– Tilingni chiqar! – deydi kasalga Gleb 
Glebich. 
Kasal og‘zini katta ochib tilini chiqaradi.
– Yana ko‘proq chiqar.
– Bundan ortiq chiqarib bo‘lmaydi, Gleb 
Glebich.
– Bu dunyoda qilib bo‘lmaydigan ish yo‘q.
Gleb Glebich bir qancha vaqt kasalga qarab, 
nimanidir qattiq o‘ylab turgandan keyin, yel-
kalarini qisib qo‘yadi-da, churq etmay chiqib 
ketadi va dorixonadan turib:
– Oshqozon kasali bo‘lsa kerak! – deb qich-
qiradi.
– Bo‘lmasa unga olei. ricini
1
, ammonia 
edustici
2
 berib yuboring, – dedi Kuzma Yego-
rov, – ertalab va kechqurun qorniga sursin!.. 
Qani, kimning navbati!
Kasal qabulxonadan chiqib yo‘lak bo‘ylab 
dorixonaning derazasiga boradi. Gleb Glebich 
1
  Kastorka yog‘i.
2
  Nashatir spirti.


Buqalamun
43
chorakam bir stakan surgini Stukoteyga uzat-
di, Stukotey zo‘rg‘a ichib lablarini yaladi va 
ko‘zini chirt yumib barmoqlarini bir-biriga ish-
qab qo‘l cho‘zdi; ustidan yeb yuborishga biror 
narsa so‘raydi.
– Bu spirt, – deb o‘shqirdi Gleb Glebich, 
shishada nashatir spirti uzatar ekan, – erta-
lab va kechqurun movut latta bilan qorning-
ga surasan... Idishni qaytarib yubor! Bu yerga 
suyalmanglar! Nariroq tur!
Grigoriy hazratlarining oqsochi Pelageya 
ro‘molining uchi bilan og‘zini bekitib, darcha 
yoniga irjayib kelgan edi, Gleb Glebich unga:
– Xo‘sh, xizmat? – dedi.
– Lizaveta Grigorevna sizga salom aytdilar, 
Gleb Glebich. Ozroq nordon doringizdan berib 
yuborishingizni so‘radilar.
– Jonim bilan... Unday nozaninlardan nima-
ni ayardim.
Gleb Glebich tokchadagi bankada tur-
gan nordon dorini olib, yarmini Pelageyaning 
ro‘moliga solib berdi.
– Borganingizda u kishiga ayting: Gleb Glebich-
ning nihoyatda vaqtlari chog‘ bo‘ldi, juda xursand 
bo‘ldilar, deng. Maktubimni oldilarmi?
– Oldilar-ku, yirtib tashladilar. Lizaveta 
Grigo 
ryevna unaqangi muhabbat ishlariga 
aralashmaydilar.
– Xo‘p satang xotin-da! Borib shunaqa deng.
– Mixaylo Izmuchenkov, – deb chaqirdi Kuz-
ma Yegorov.
Qabulxonaga «hofiz» Mixaylo kirib keldi.
– Mixaylo Fedotich, eshitaylik, qayeringiz 
og‘riydi, qadrdonim!


Anton Chexov
44
– Tomog‘im, Kuzma Yegorovich! Huzurlariga 
kelganmanki, ruxsatingiz bilan aytsam, mening 
bu tomoq og‘rig‘im jon koyitishdan ham ko‘ra 
ham yonga ziyon bo‘layotipti. Kasallik orqasi-
da hofizlik qilolmayapman, boshlig‘imiz pe shin 
namoziga tushgan puldan qirq tiyin ushlab 
qolayotir, kecha namozgarga tushgan puldan 
yarim so‘m olib qoldi. Janobning uyida bo‘lgan 
janozada salovat aytuvchilarga uch so‘m beril-
gan edi, kasalligim tufayli menga bir tiyin ham 
tegmadi. Ruxsatingiz bilan aytsam, tomog‘im 
xususida arz qilsam shuki, tomog‘im qirilib, 
xirillab qolayapman, xuddi halqumimda bir 
mushuk o‘tirib tirnayottanday bo‘layotipti.
– Ichkilikdandir-da?
– Bilmadim, nimadan bo‘lganini aytolmay-
man. Ruxsatingiz bilan aytsam, ichkilik biz-
daqa  ovozi  yo‘g‘on  hofizlarga  ziyon  qilmaydi, 
qaytaga foyda qiladi, Kuzma Yegorovich, yo‘g‘on 
tovushni ko‘proq shamollash buzadi.
– Kampirga nima beray? – deb so‘radi Gleb 
Glebich teshikdan boshini chiqarib, – deraza-
da turgan dori tamom bo‘lgan, tokchadagisini 
ochaqolaman-da.
– Yo‘q, yo‘q! Ivan Yakovlevich tegmanglar deb 
ketgan! Xafa bo‘ladi.
– Nima beraman bo‘lmasa?
– Biron narsa berib yubor!
Gleb Glebichning tilida «biron narsa» «soda» 
degani edi.
– Ichkilik ichish yaramaydi.
– Haliyam uch kundan buyon ichganim 
yo‘q... Bu shamollashdan bo‘lsa kerak... 
Haqiqatan ham araq tovushni bo‘g‘adi-ku, Kuz-


Buqalamun
45
ma Yegorovich, lekin yo‘g‘on tovushning biroz 
bo‘g‘iq bo‘lishi o‘zingizga ham ma’lum, ovozni 
quyuqlashtiradi... Menga o‘xshaganlarning 
kuni  araqsiz  o‘tmaydi...  Araq  ichmagan  hofiz 
hofizmi?! Ruxsatingiz bilan aytsam, hofiz emas, 
hammaga kulgi bo‘ladi, xolos... Kasbim hofizlik 
bo‘lmaganda bu la’nati araqni og‘zimga ham ol-
masdim. Araq harom...
– Menga qarang... Sizga dori beraman... Shu 
bilan ertalab-u kechqurun tomog‘ingizni chay-
qaysiz.
– Yutsam maylimi?
– Mayli.
– Juda soz... Og‘zingni chayqaysan-u yutma-
sang alam qiladi kishiga. Tuflab tashlash uvol! 
Yana sizdan bir narsani so‘ramoqchi edim... 
Tez-tez ichim buzilib turadi, ana shu sababdan, 
ruxsatingiz bilan aytsam, har oyda qon oldirib, 
dori ichib turaman. Shunday bo‘lgandan keyin 
xotin olsam mumkinmi, yo‘qmi?
Kuzma Yegorov biroz o‘ylagandan keyin:
– Yo‘q, maslahat bermayman, – dedi.
– Ko‘p minnatdorman... Bahosi yo‘q hakim-
siz-da, Kuzma Yegorovich. Har qanday shifokor-
dan yaxshisiz, chin so‘zim! Qancha-qancha 
odamlar haqingizga duo qiladi! Hay-hay!
Kuzma  Yegorov xijolat bilan yerga boqdi. U 
g‘urur bilan Natri bicarbonici, ya’ni soda yozib 
berdi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish