Gidrogeologiya fanining mazmuni va vazifalari.
Reja;
1.Gidrogeologiya fanining mazmuni va vazifalari.
2. Gidrogeologiya fanining rivojlanish tarixi.
3.Geologiya va gidrogeologiya fanining
O'zbekiston xalq xo'jaligi rivojlanishidagi ahamiyati,
boshqa fanlar bilan aloqasi.
KIRISH
Gidrogeologiya — yer osti suvlari to‘g‘risidagi fan bo‘lib, ularning hosil bo‘lish, joylashish va tarqalish sharoitini, yer qa’ridagi harakati, fizik xususiyatlari va kimyoviy, bakteriologik, radioaktiv gaz tarkibini va yer ustki suvlari bilan bog‘liqligini o‘rganadi. Xalq xo‘jaligini shifobaxsh yer osti mineral suvi bilan ta’minlash, ekinzor maydonlarini sug‘orish, yer osti suvlaridan amalda oqilona foydalanish va eng asosiysi aholini toza ichim- lik suvi bilan ta’minlashda gidrogeologiya sohasining o‘rni beqiyosdir.
Suv — yerdagi hayotning va tabiatning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u yer sharida keng tarqalgan va turli sferalarda suyuq, qattiq hamda gazsimon hollarda uchraydi.
Yer qa’rida va yer ustida sodir bo‘luvchi turli fizik-geografik, geokimyoviy, geologik jarayonlar rivojlanishida suv eng faol ishtirokchi hisoblanadi. Turli xalq xo‘jalik tarmoqlari: ishlab chiqarish korxonalari, zavod va fabrikalar, qishloq xo‘jaligi suv- siz rivojlanishi mumkin emasligi hammaga ma’lum. Toza ichimlik suvisiz shahar va qishloqlar aholisi turmushini tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Gidrogeologiya boshqa qator ilmiy fanlar kabi xalq xo‘jaligi talablarini qondirish uchun paydo bo‘ldi va rivojlanib kelmoqda.
Ajdodlarimiz buloq, ariq, daryo va chuchuk ko‘l suvlarini ichimlik suvi sifatida iste’mol qilishgan. Hozir esa ko‘p tumanlarda, shahar va qishloqlarda faqat yer osti suvlaridangina ichimlik suvi sifatida foydalaniladi.
Qishloq xo‘jaligini suv bilan ta’minlash jarayonida suvning turli xil zararli oqibatlarini ham kuzatish mumkin.
Yer osti suvlari sathining ko‘tarilishi natijasida xalq xo‘jaligiga ko‘p miqdorda ziyon yetishi mumkin. Sug‘oriladigan yerlarni sho‘r bosib, ishdan chiqishi, ekinzorlarda hosildorlik keskin pasayib ketishi yoki ba’zi ekinzorlarda umuman ekinlar o‘smasligi, bino va inshootlar deformatsiyalanishi, ekin maydonlarida yuzaga keladigan o‘pirilishlar va boshqalar shular jumlasidandir.
Konchilik sanoatida yer osti suvlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Yer osti suvlari tog‘ kovlash ishlariga va karyerlarga ko‘pincha salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yer osti suvlari kutilmagan holatlarda suv inshootlariga, ba’zan ayrim kon lahimlari uchastkalariga va butun shaxtalarga bosib kirish holatlari uchraydi. Bu esa ishlayotgan insonlar hayotiga xavf tug‘diradi va ma’dan olish ishlarining borishiga to‘sqinlik qiladi. Shaxta va rudniklarda yer osti suvlariga qarshi turli drenaj va suv chiqarish tadbirlari qo‘llaniladi.
Tog‘ ishlarini loyihalashda yer osti suvlarining salbiy ta’sir etishiga qarshi turli tadbirlar qo‘llash uchun yer osti suvlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak. Buning uchun foydali qazilma va uning atrofida gidrogeologik sharoitni aniqlash maqsadida izlanish ishlari olib boriladi.
Shifobaxsh yer osti suvlari davolanishda sanatoriya va profilaktoriyalarda qo‘llaniladi. Yer osti suvlaridan turli mikro- elementlar — yod, brom, uran, germaniy va boshqa kam uchray- digan elementlar olinadi. Termal suvlar esa energetikada, isitishda va maishiy maqsadlarda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |