Zumrad
tarjimasi
ORDEN
Harbiy gimnaziyaning o‘qituvchisi Lev Pustya-
kov do‘sti va hamkasbi Ledensovning yonidagi
xonada istiqomat qilardi. Yangi yil kuni ertalab u
xuddi shu Ledensovnikiga qadam ranjida qildi.
– Bilasanmi, Grisha, – dedi u Ledensovga,
odatdagicha yangi yil bilan tabriklaganidan
keyin. – Agar bir noiloj ahvolga tushib qolma-
ganimda seni ham bezovta qilmoqchi emas-
dim. Bir kunga Stanislavingni berib tursang.
Bugun savdogar Spichkinnikiga ziyofatga bor-
moqchiman. U ablahni o‘zing bilasan, orden-
ni juda yaxshi ko‘radi; bo‘ynida yoki ko‘kragi-
da biron narsa osilib turmagan odamni ablah,
deyishdan ham toymaydi... Uning ustiga ikki-
ta qizi bor... Taniysanku Nastya bilan Zinani.
Tushun dingmi aziz do‘stim... Seni do‘stim deb
aytayapman... Beraqol, bir yaxshilik qil!
Pustyakov bu so‘zlarni qizarinib, tutila-tuti-
la aytarkan, xavotirlanib, eshikka qarab-qarab
qo‘yardi. Poruchik oldin jerkib tashlasa ham,
keyin ko‘ndi.
Kunduz soat ikkida Pustyakov izvoshga
tushib Spichkinnikiga ketarkan, po‘stinining
yoqasini sal ochib, ko‘kragiga tikilib borardi,
Anton Chexov
68
begona Stanislavning zarhali yaltirar, emali
tovlanar edi.
Pustyakov sovuqdan uvishib o‘ylab borar edi:
«Kishini naqadar oliyjanob ko‘rsatadi! Ko‘p
bo‘lsa besh so‘mlik narsa-yu, kishini shuncha-
lik sersavlat qiladi-ya».
Spichkinning hovlisiga yetgandan keyin,
po‘stinini butun ko‘kragi ko‘rinarli qilib ochib,
izvoshchiga shoshilmasdan pul to‘lay boshla-
di. Nazarida izvoshchi uning tugmalari, pogon-
lari va Stanislavini ko‘rib og‘zi ochilib qolgan-
day bo‘ldi. Pustyakov mag‘rurona yo‘talib olib
uyga kirdi. Dahlizda po‘stinini yechaturib zal-
ga qaradi. Ichkaridagi uzun stol atrofida o‘tir-
gan o‘n besh chog‘li kishi ovqatlanmoqda edi.
Odamlarning g‘ovur-g‘uvuri, idish-tovoqlarning
taqir-tuquri eshitilib turardi.
– Kim u? – degan ovozi eshitildi mezbonning.
– Iya, Lev Nikolayevich-ku! Qani, marhamat,
kiring. Biroz kechikdingiz, hechqisi yo‘q. Endi
o‘tirgan edik.
Pustyakov ko‘kragini kerib, boshini yuqo-
riga ko‘targancha qo‘llarini bir-biriga ishqab
zalga kirdi. Biroq kayfi uchib ketdi. Zinaning
yonida o‘zi bilan birga ishlaydigan fransuz tili
o‘qituvchisi Tramblyan o‘tirar edi. Fransuz or-
denni ko‘rib qolsa qancha gap-so‘z, sharman-
dalik... Butun obro‘ bir pul bo‘ladi... Birdan
uning boshiga ordenni uzib tashlash yoki qay-
tib chiqib ketish fikri keldi. Lekin orden puxta
chatib qo‘yilgan, chiqib ketishning ham endi
iloji yo‘q edi. Darrov o‘ng qo‘li bilan ordenni
bekitdi, biroz qaddini bukib, o‘ng‘aysizlanibroq
hammaga ta’zim qildi va hech kimga qo‘l berib
Buqalamun
69
ko‘rishmay bo‘shashganicha xuddi o‘sha fran-
suz ro‘parasidagi bo‘sh stulga o‘tirdi.
«Kayfi bo‘lsa kerak!» deb o‘yladi Spichkin
uning izza bo‘lgan yuzini ko‘rib.
Pustyakovning oldiga bir kosa sho‘rva kel-
tirib qo‘yishdi, u chap qo‘li bilan qoshiqni ol-
di-yu, lekin shunday kazo-kazolar oldida chap
qo‘llab ovqat yeb bo‘lmasligini eslab, ovqat yeg-
anini, qorni to‘qligini vaj qildi.
– Qornim to‘q... Rahmat... – deb g‘udurla-
di, u. – Amakim protoiyerey
1
Yeleyev aytdirib
yuborgan ekanlar... Shu, qo‘ymasdan ovqat
yedirib yubordilar.
Xushbo‘y hidi ufurib turgan sho‘rva, ishta-
hani juda qitiqlaydigan, bug‘ chiqarib turgan
dimlama baliq Pustyakovning yuragini ezib
yubordi. U chap qo‘li bilan ordenini bekitib o‘ng
qo‘lini bo‘shatmoqchi bo‘lgan edi, bo‘lmadi.
«Sezib qolishadi... Chap qo‘lim ko‘kragimda
ko‘ndalang tursa ashula aytmoqchi bo‘layot-
ganga o‘xshab qolaman. E Xudo, ziyofat tezroq
tugay qolsa-chi! Biron oshxonaga borib ovqat
yerdim!»
Uchinchi ovqat tugagach u fransuzga
ko‘z qiri ni tashladi. Tramblyan ham negadir
qizargan, Pustyakovga tikilganicha hech narsa
yemasdan o‘tiripti. Ko‘z-ko‘zga tushganda ik-
kovlari ham yana qattiqroq xijolat tortib, oldi-
laridagi bo‘sh likopchaga qarashardi.
«Sezdi ablah! Basharasida ko‘rib turibman
sezganligini. Bu past, yana o‘lguday mayda
1
Oliy martabali pop.
Anton Chexov
70
gap. Ertagayoq borib direktorga chaqadi!» deb
o‘yladi Pustyakov.
Mehmonlar va mezbonlar to‘rtinchi ovqatni
yeb, nasib qilgan beshinchi ovqatni ham ye-
yishdi...
Qirg‘iy burnining keng kataklarini tuk bosgan,
ko‘zlari qisiqdan kelgan novcha bir janob o‘rni-
dan turdi. U sochlariqi silab turib xitob qildi:
– X-x-xo‘sh... chunonchi... shu... shu yerda
hozir bo‘lgan xonimlarning gul-gul ochilishlari
uchun ko‘taraylik! Mehmonlar o‘rinlaridan duv
turib qadahlarini qo‘llariga olishdi. Butun xo-
nalar bo‘ylab olqish sadosi jaranglab eshitildi.
Xonimlar iljayishib, qadahlarini urishtirmoq
uchun uzatishdi. Pustyakov ham o‘rnidan tu-
rib ryumkasini chap qo‘li bilan oldi.
Erkaklardan biri unga murojaat qilib qa-
dahda ichkilik uzatdi:
– Lev Nikolayevich, sizga xizmat bo‘lsa ham,
shuni Nastasya Lvovnaga uzatib yuboring. Bir
iloj qilib o‘sha kishiga ichiring! – dedi u.
Pustyakovga ko‘p malol kelgan bo‘lsa ham
maj buran o‘ng qo‘lini ishga soldi. Nihoyat, tas-
masi g‘ijimlangan Stanislav chiroqda yaltirab
ketdi. O‘qituvchining rangi o‘chib, boshini egdi
va yer tagidan sekingina fransuzga qaradi: u
hayron bo‘lib Pustyakovga tikilgancha qoldi.
So‘ngra lablarida tabassum paydo bo‘lib, yuzi-
dagi xijolat va xomushlik asta tarqala boshladi...
Shu payt uy egasi fransuzga shisha uzatib:
– Yuliy Avgustovich! Shuni o‘sha yoqqa uza-
tib yuboring, – deb iltimos qilib qoldi.
Buqalamun
71
Tramblyan istar-istamas zo‘rg‘a o‘ng qo‘lini
shishaga uzatgan edi... oh qanday baxt! Pus-
tyakov uning ko‘kragidagi ordenni ko‘rdi. Yana
unda Stanislavgina emas, butun boshli Anna
ekan. Demak, fransuz ham muttahamlik qilgan
ekan! Pustyakov xursandligidan kulib yuborib
stulga bemalol yalpayib o‘tirib oldi... Endi or-
denni yashirishning nima hojati bor! Ikkalovi
ham bir xil gunoh qilipti. Endi kim borib chaqa-
di, kim sharmanda qiladi. Spichkin muallim
ko‘kragidagi ordenni ko‘rib:
– Ehe, – deb qo‘ydi.
– Qarang, Yuliy Avgustovich! – dedi Pustya-
kov, – juda qiziq ish-a! Bayramdan oldin biz-
dan ko‘rsatilganlar juda kam bo‘ldi deyman!
Bo‘lmasa qancha odam bor edi, faqat siz-u
menga tegipti-da, hayron qoladigan ish-a!
Tramblyan suyunib ketdi va bosh irg‘atib
3-nchi daraja Anna osilib turgan qaytarma yo-
qaning chap tomonini oldinroqqa chiqardi.
Dasturxon yig‘ilgandan keyin Pustyakov uy-
ma-uy yurib qizlarga ordenini ko‘rsatdi. Qorni
och bo‘lsa ham kayfi chog‘ edi.
U, orden haqida Spichkin bilan so‘zlashib tur-
gan Tramblyanga rashki kelib: «Voy attang, shu-
naqaligini bilganimda-chi, naq Vladimirni taqib
kelmasmidim, esizgina, esimga kelmapti-da»
deb o‘zini koyirdi.
Faqat ana shu fikr uni qiynamoqda edi.
Boshqa tomonlardan bo‘lsa u o‘zini mutlaqo
baxtiyor deb sezardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |