Anton Chexov
82
nolmadim. Bir bezbet bu yerga kirsa-yu... shu-
naqa qilib o‘tirsa!
– «Bezbet»ing nimasi? – deb tovus pati taqqan
kishi g‘azabi kelib qichqirdi va stolni shunday
mushtladiki, patnisdagi stakanlar sakrab ket-
di. – Kimga aytayapsan? Bu niqob kiyib olgan,
nima desam bo‘laveradi deb o‘ylaysanmi? He
zang‘ar! Chiq deganimdan keyin chiq! Hoy,
bank direktori, yaxshilikcha chiqib ket. Yo‘qol
hammang, muttahamlar! Tuyog‘ingni shiqillat.
– Ko‘ramiz kim chiqib ketarkan! – dedi
Jestyakov hayajondan ko‘zoynagigacha terlab.
– Ko‘rsatib qo‘yaman! Hoy, navbatchi nozirni
chaqir bu yoqqa!
Bir daqiqadan keyin raqsdan xansirab qol-
gan, ko‘kragiga ko‘k tasma taqqan, kichkina
sap-sariq kichik nozir kirdi.
– Chiqing bu yerdan! – dedi u. – Bu yer ich-
kilik ichiladigan joy emas. Marhamat qilib os-
hxonaga chiqing.
– Sen nega kelding, – dedi niqobli kishi. –
Men seni chaqirdimmi?
– Sensiramang? Chiqing marhamat qilib.
– Menga qara, senga bir daqiqa muhlat be-
raman... Sen bu yerning noziri, ulug‘isan, shu-
ning uchun mana bu masxarabozlarni sekin,
izzati bilan bu yerdan olib chiqib ket. Mening
xonimlarim bu yerda begona odam bo‘lishini
xushlamaydi... Uyalishadi. Men pul sarf qil-
ganman. Bularning yechinib, yayrab o‘tirishini
istayman.
Buqalamun
83
– Bu sho‘rtumshuq, bu yer og‘il emasligini
bilmaydi shekilli, – dedi Jestyakov qichqirib. –
yevstrat Spiridonichni chaqiringlar!
– Yevstrat Spiridonich! – deb qichqirdi zalda
kimdir. – Yevstrat Spiridonich qanilar?
Politsiya mundiri kiygan chol – Yevstrat
Spiridonich darrov keldi.
– Marhamat qilib, chiqing bu yerdan! – dedi
u bo‘g‘iq tovush bilan va baqrayib, bo‘yalgan
mo‘ylovlarini qimirlatdi.
– Obbo, juda qo‘rqitib yubording! – dedi
niqobli kishi xaxolab kulib. – Voy, voy, juda
qo‘rqitding-ku! Buni qaranglar-a! Mo‘ylovi
mushukning mo‘yloviga o‘xshaydi! Baqraygani-
ni ko‘r... Ha-ha-ha!
– Gapni cho‘zma! – dedi Yevstrat Spiridonich
bor tovushi bilan baqirib titrab. – Chiq bu yer-
dan! Hozir buyuraman, olib chiqib tashlaydi!
Qiroatxona g‘ala-g‘ovur bo‘lib ketdi, qisqich-
baqaday qizargan Yevstrat Spiridonich yer
tepinib qichqirar edi. Jestyakov qichqirardi.
Belobuxin qichqirardi. Hamma ziyolilar qich-
qirardi, ammo hammasining tovushini niqob-
li kishining yo‘g‘on tovush bosib ketardi. Bu
to‘palon natijasida bazm to‘xtadi, hamma
qiroatxonaga yopirilib kirdi.
Yevstrat Spiridonich, dag‘dag‘a uchun klub-
da bo‘lgan hamma politsiyalarni chaqirdi, o‘zi
protokol yozgani o‘tirdi.
– Yoz, yoz, – dedi niqobli kishi uning qog‘oziga
barmog‘i bilan niqtab. – Endi men sho‘rlikning
boshimga nimalar kelar ekan-a? Sho‘rginam
qursin! Men g‘aribni nega endi xarob qilasiz?
Anton Chexov
84
Ha, ha! Xo‘sh? Protokol tayyor bo‘ldimi? Ham-
ma qo‘l qo‘ydimi? Xo‘p, endi menga qaranglar!..
Bir... ikki... uch!
Niqobli kishi o‘rnidan turdi, qomatini rostlab
yuzidan niqobini oldi. Mast basharasini ochib,
hammaga qaradi va qilmishi qattiq ta’sir et-
ganidan zavqlanib, o‘zini kresloga tashladi va
qah-qah urib kuldi.
Haqiqatan uning bu qilmishi hammani han-
gu mang etib qo‘ydi. Hamma ziyolilar gangib –
oqarib-bo‘zarib bir-biriga qaradi, ba’zisi bo‘yni-
ni qashladi. Yevstrat Spiridonich bilmasdan
ko‘p ahmoqona bir ish qilganday tomog‘ini qirib
qo‘ydi.
Ma’lum bo‘ldiki, to‘palon qilgan kishi shu
yerlik boyvuchcha, faxriy grajdanin
1
o‘zining
janjalkashligi, ezgu ishlarga himmatli ekani va
mahalliy matbuotda ko‘p martalab zikr qilin-
gan maorifparvarligi bilan tanilgan Pyatigorov
ekan.
– Xo‘sh, chiqib ketasizlarmi, yo‘qmi? – dedi
Pyatigorov birpasdan keyin.
Ziyolilar indamasdan, oyoq uchida yurib,
chiqib ketishdi va Pyatigorov eshikni qulflab
oldi.
– Buning Pyatigorov ekanini sen bilar
eding-ku, axir! – dedi sekin xirillab Yevstrat
Spiridonich, qiroatxonaga vino olib kirgan
lakeyning yelkasidan ushlab, silkib. – Nega in-
damading?
1
Podsho hukumati zamonida turli xizmatlari (aksari
cherkov, monastir, kasalxona foydasiga iona qilganligi) uchun
asosan savdogarlarga beriladigan unvon.
Buqalamun
85
– Aytmagin degan edilar!
– «Aytmagin» degan emishlar. Bir oy qamab
qo‘ysam, ana undan keyin «aytmagin dedilar!»
deyishni bilib olasan! Yo‘qol! Sizlar ham chak-
ki emas, janoblar, – dedi u ziyolilarga qarab, –
birpas chiqib tursalaring nima bo‘lar edi! Mana
endi o‘zlaring pishirgan oshni o‘zlaring iching-
lar! E janoblar, janoblar... Yomon ko‘rganim
shunaqa ish, Xudo haqi...
Ziyolilar xuddi bir kor-hol bo‘lishini oldindan
sezganday bir-birlari bilan pichirlashib, bo‘yin-
larini qisib, xomush va xafa holda klubda yu-
rar edilar... Ularning xotinlari, qizlari Pyatigo-
rovning «koyigani»ni va jahli chiqqanini bilib,
asta-sekin uylariga tarqaldilar. Bazm to‘xtab
qoldi.
Soat ikkida Pyatigorov qiroatxonadan chiqdi.
U mast, gandiraklar edi. Zalga kirib, orkestrga
yaqin bir yerga o‘tirdi va musiqa eshitib pinak-
ka ketdi. Keyin bir yoqqa qiyshayib, xurrak
otdi.
– Chalma! – dedi nozir musiqachilarga.– Jim!
Yegor Nilich uyquga ketdilar.
– Uyingizga eltib qo‘yaymi, Yegor Nilich? –
dedi Belobuxin engashib, boyvuchchaning qu-
log‘iga.
Pyatigorov xuddi yuziga qo‘ngan pashshani
uchirmoqchi bo‘lganday labini qimirlatdi.
– Uyingizga eltib qo‘yaymi? – dedi Belobuxin
yana. – Yo izvoshingizni chaqirib beraymi?
– A? Kimni? Sen... nima deysan?
– Uyingizga eltib qo‘yay... Alla qiling.
Anton Chexov
86
– Uyga ketaman... Eltib qo‘y!
Belobuxinning joni kirdi va Pyatigorovni
ko‘tara boshladi. Boshqa ziyolilar ham chopib
kelishdi va iyib ketishib, faxriy grajdaninni
ko‘tarishdi va avaylab izvoshga olib chiqishdi.
– Faqat artist, iste’dod egasigina shun-
cha odamni laqillatib ketishi mumkin, – dedi
Jestyakov kulib, uni izvoshga o‘tqazayotib.–
Juda-juda qoyil qoldim, Yegor Nilich! Hali-hali
kulaman-a... Ha, ha... Biz bo‘lsak yugurib, jon
kuydirib yuribmiz! Ha, ha. Ishonasizmi? Te-
atrda ham bunchalik kulgan emasman... Ko‘p
qiziq ish qildingiz-da! Bu kecha – umr bo‘yi
esimdan chiqmaydi.
Pyatigorovni kuzatib, ziyolilar xursand
bo‘lishdi, tasalli topishdi.
– Menga qo‘lini berib xayrlashdi, – dedi
Jestyakov mamnuniyat bilan. – Demak, tuzuk,
xafa bo‘lmapti...
– Iloyim shunday bo‘lsin, – dedi Yevstrat
Spiridonich uf tortib. – O‘zi ko‘p rasvo, yara-
mas odam, lekin xayrli ishlarga himmatli-da,
shunisi bor!.. Xafa qilish yaramaydi!..
Do'stlaringiz bilan baham: |