Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Abdulla Qahhor
tarjimasi
YOVUZ NIYATLI KISHI
Sud tergovchisi huzurida tik ko‘ylak, ser-
yamoq lozim kiygan kichkinagina, nihoyat da-
rajada ozg‘in bir mardikor turipti. Uning mo‘y 
bosgan bujur yuzlarida, qalin va uzun qoshlari 
ostidan zo‘rg‘a ko‘rinib turgan ko‘zlarida tund 
bir shiddat ifodasi bor. Anchadan beri taroq 
tegmagan chigal sochlari boshini, shapkadek 
qoplab olib, u chehraga yana ko‘proq shiddat, 
o‘rgimchak shiddati berardi. U yalangoyoq.
– Denis Grigoryev! – deb so‘z boshlaydi ter-
govchi. – Yaqinroq kelib mening savollarimga 
javob ber. Ushbu iyul oyining yettinchi kuni 
temir yo‘l qorovuli Ivan Semyon o‘g‘li Akin-
fov erta bilan yo‘lni aylanib yurib, 141-nchi 
chaqirimda seni ko‘ripti, sen relsni shpalga
1
 
biriqtiradigan gaykani burab, chiqarib turgan 
ekansan. Mana shu gayka!.. U seni shu gayka 
bilan ushlapti. Shundaymi?
– Labbay?
– Butun voqea shu Akinfov aytgandek bo‘l-
ganmidi?
– Ha, shunday bo‘lgandi.
1
  Shpal – rels ostida ko‘ndalang yotqizilgan yog‘och, xoda.


Buqalamun
95
– Yaxshi, xo‘sh, endi aytib ber-chi, gaykani 
nega burab chiqarding?
– Labbay?
– Sen «labbay»ni qo‘yib, savolga javob ber; 
gaykani nima uchun burab chiqarding?
Denis shiftga qaragan holda xirqirab javob 
berdi:
– Kerak bo‘lmasa burab chiqararmidim?
– Bu gayka senga nima uchun kerak bo‘ldi, 
axir?
 – Gaykami? Biz bu gaykadan cho‘kdirgich
1
 
yasaymiz...
– Kim u, «biz» deganing?
– Biz, aholi... Klimov qishlog‘ining yigitlari.
– Menga qara, og‘ayni sen unaqa o‘zingni tel-
balikka solmasdan durustroq gapirsang-chi. 
Bo‘lmag‘ur cho‘kdirgichlar bilan boshni aylan-
tirib yolg‘on gapirma.
Denis ko‘zlarini pirpiratib turib, so‘zlaydi:
– Umrimda yolg‘on gapirgan odam emasman. 
Endi kelib, mana yolg‘onchi bo‘lib o‘tiribman... 
Cho‘kdirgich bo‘lmasa ish bitadimi, taqsir? 
Qarmoqqa chuvalchang yo bo‘lmasa mayda 
baliqni o‘tkazganingminan, u o‘lgurda cho‘kdir-
gich bo‘lmasa, suvga botadimi? Yolg‘onchi 
emish man... – iljaydi Denis. – Suv betida qalqib 
yuraveradigan bo‘lsa, undan nima foyda? Ola-
bug‘ani oling, cho‘rtanni oling, shirin baliqni 
oling – hammasi chuqurdagi yemga keladi; 
suv betida turgan yemni shilishper
2
 cho‘qisa 
1
 Cho‘kdirgich – qarmoq yoki to‘rni suvga botirish uchun 
ularga osiladigan og‘irlik.
2
  Shilishper – baliq turi.


Anton Chexov
96
cho‘qiy di, uyam bo‘lsa yilda bir... Bizning soyda 
shilishper o‘zi yo‘g‘am... U katta suvni xushlaydi.
– Sen menga shilishperdan gapirib nima 
qilasan?
– Labbay? O‘zingiz so‘rab yotibsiz-ku! Biz 
tomonda katta-katta boylar ham baliqni shu-
naqa qilib tutadi. Eng yaramas bir bolani olgan 
vaqtingizdayam: cho‘kdirgich bo‘lmasa baliq 
ovlamaydi. Albatta, tushunmagan odam bo‘lsa 
boshqa gap: – u, cho‘kdirgich bo‘lmasayam 
ovga chiqaveradi. Ahmoqqa qonun yo‘q degan 
gap bor emasmi, axir?
– Demak, sen o‘sha gaykani cho‘kdirgich ya-
sash uchun burab chiqargan ekansan-da?
– Bo‘lmasam-chi? Nima, uni soqqa qilib 
o‘ynardimmi?
– Cho‘kdirgich uchun qo‘rg‘oshin, yo miltiq 
o‘qi... yo birorta mix topib ishlatsang bo‘lar-
di-ku...
– Qo‘rg‘oshin ko‘chada yotgani yo‘q, u pulga 
keladi, mix bo‘lsa yaramaydi. Gaykadan bosh-
qasi qo‘l kelmaydi... U ham og‘ir, ham tayyorgi-
na teshigi bor.
– Jinnilikka soladi-ya o‘zini! Go‘yo kechagina 
tug‘ilgan-u, yo bo‘lmasa osmondan tushgan. Bu 
gayka burashning oqibati qanday bo‘lishini bil-
maysanmi, hoy esi past? Agar qorovul ko‘rib qol-
masa, poezd izidan chiqib ketib, qancha odam 
o‘ladi! Sen odam o‘ldirgan bo‘larding, odam!
– E, Xudo saqlasin, taqsir! Nega odam 
o‘ldiray? Nima, biz dinsizmidik, yo yovuzmi-
dik? Xudoga shukr, janobi taqsir, yoshimiz 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish