Buqalamun
201
– Juda bo‘lmasa shaytonni tilingga olma!
Birpas jim o‘tir, rahming kelsin, axir! – deb o‘ti-
nardi.
Tegirmonchi jim bo‘ldi,
ammo Kleopaning
yolvorishidan emas. To‘g‘on boshida kichkina,
dumaloqqina, ochiq yuzli, xuddi qo‘ng‘izning
orqasiga o‘xshagan yo‘l-yo‘l ko‘ylak kiygan bir
kampir ko‘rindi. Kampir bir qo‘lida tuguncha
ko‘tarib, bir qo‘li bilan hassa tayanib kelar edi...
Tegirmonga yaqinlashib kelib:
– Assalomu alaykum, taqsirlar! – dedi,
rohib-
larga ta’zim qilib. – Xudo madad bersin! Salom,
Alyoshenka! Salom, Yevseyushka!..
Tegirmonchi kampirga boshini ko‘tarib qara-
madi, qovog‘ini solib:
– Keling, ona, – deb po‘ng‘irladi-qo‘ydi.
Kampir, tegirmonchining yuziga jilmayib va
yoqimtoygina qarab.
– Senga mehmon bo‘lib keldim, o‘g‘lim!
Ko‘pdan beri ko‘rmaganim uchun sog‘indim.
Ko‘rishganimizga xiyla bo‘ldi o‘ziyam... Sen-
ga yoqsayam keldim, yoqmasayam! Sen ham
o‘zingni ancha oldirib qo‘yibsanmi, nazarim-
da... – dedi.
Kampir, tegirmonchining yoniga kelib o‘tir-
di, tegirmonchining bahaybat gavdasi yonida
uning egnidagi mursagi yana ham qo‘ng‘izniki-
ga o‘xshab ketdi.
– Xiyla bo‘ldi ko‘rishmaganimizga! – davom
etdi kampir. – Sog‘indim, bolam,
yuraklarim
ezilib ketdi, seni ko‘raman deb. Endi bu yoqqa
otlanay desam yo yomg‘ir yog‘adi, yo tobim qo-
chib qoladi...
Anton Chexov
202
– To‘g‘ri shahardan kelishingizmi? – deb
so‘radi tegirmonchi, xo‘mrayib.
– Shahardan kelishim, bolam, shahardan...
to‘g‘ri uydan chiqib kelishim...
– Bemor odamsiz, qarib qolgansiz, meh-
mondorchilikka yurgandan ko‘ra uyda o‘tiring.
Xo‘sh, nimaga keldingiz?
Kalishingizni aya-
maysiz!..
– Seni bir ko‘ray deb keldim-da, bolam... –
dedi kampir. Keyin rohiblarga qaradi. – Ikki
o‘g‘lim bor, bittasi bu, yana biri – Vasiliy. Uni-
si shaharda turadi. Nihoyati ikkitagina. Tirik-
manmi, o‘lib ketdimmi, ularning parvoyiga kel-
maydi, men bechora bo‘lsam
bolalarim, ovun-
chog‘im deb o‘laman... Mensiz bularning kuni
o‘taveradi, men ularsiz bir kun ham turolmay-
man... Qarib qolganman, shahardan yurib ke-
lish menga og‘irlik qiladi.
Oraga jimlik cho‘kdi. Rohiblar javdari solin-
gan qoplarni saroyga tashib bo‘lib, dam olgani
aravaga chiqib o‘tirishdi... Kayfi taraq Yevsey
hamon to‘rini g‘ijimlar va mudrar edi.
– Bevaqt kebsiz, ona, – dedi tegirmonchi. –
Shu tobda Karyajinoga jo‘namoqchi bo‘lib tu-
ruvdim.
– Ketaver! Yo‘ldan qolma! –
dedi kampir,
xo‘rsinib. – Meni deb ishingdan qolasanmi...
Birpas damimni olib, qaytib ketaman... Senga,
Alyoshenka, Vasya bola-chaqasi bilan salom
deb yubordi...
Hali ham araq ichgani-ichganmi?
– Ko‘p ichmaydi, har zamonda... Ichganni
ichmagan deydimi, ichadi... Ko‘p ichay desa