Buqalamun: hikoyalar. / Anton Chexov. T.: Yangi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/84
Sana26.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#156712
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84
Bog'liq
Anton Chexov. Buqalamun [@e kutubxona]

Odil Rahimiy
tarjimasi
TEGIRMONDA
Tegirmonchi Aleksey Biryukov, o‘rta yosh-
lardagi norg‘il bir odam, kulbasining ostonasi-
da o‘chib qolgan trubkasini erinchoqlik bilan 
so‘rib o‘tirardi. Uning afti uyqudan oldin Jyul 
Vern kitobini o‘qigan yosh bolalarning tushiga 
kirib chiqadigan, xuddi bolta bilan yo‘nilgan-
dek qo‘pol, terisi qalin, zalvori bilan yuruvchi 
matroslarga o‘xshardi. Bu safar uning egnida 
askarlar kiyadigan kulrang dag‘al movut shim, 
oyog‘ida katta va og‘ir etik bo‘lib, ko‘cha nam 
va izg‘irin kuz bo‘lsa ham, boshyalang va sur-
tuksiz edi. Nam tuman tugmalari yechilgan 
jiletkasidan kirib, badanida bemalol kezib yu-
rar, ammo tegirmonchining qadoq bo‘lib ketgan 
g‘adir-budir badani sovuqni sezmagandek edi. 
Uning qip-qizil go‘shtdor yuzi endi uxlab tur-
ganday lanj, shishib ketgan qovoqlari ostida-
gi kichik ko‘zlari atrofga – goh to‘g‘onga, goh 
bostirmali eski saroyga, goh qari va beso‘naqay 
tollarga xo‘mrayib qarardi.
Saroy oldida endigina monastirdan kelib 
turgan ikki rohib ivirsib yurardi. Ularning biri 
oppoq soqolli novcha Kleopa bo‘lib, loy sachra-
gan kamzul bilan yamoq solingan nimcha ki-
ygan, ikkinchisi – qoradan kelgan, qora so-


Anton Chexov
198
qol-mo‘ylovli, egniga oddiy dehqonlar kamzuli 
kiygan Diodar edi, aftidan, gruzin bo‘lsa kerak. 
Ular tegirmonga keltirgan javdarni ara vadan 
tushirmoqdalar. Ulardan sal narida ezilgan 
va  iflos  ajriqda  Yevsey degan qarol g‘irt mast 
o‘tirardi. Yevsey hali mo‘ylovi chiqmagan yosh 
o‘smir, egnida yirtilib ketgan kalta chopon. 
U, qo‘lidagi baliq to‘rini zo‘r berib g‘ijimlar va 
o‘zini to‘rni yamash bilan mashg‘ul odamday 
ko‘rsatishga tirishardi.
 Tegirmonchi uzoq vaqt atrofga qarab o‘tirdi, 
keyin ko‘zlarini qop tashib turgan rohiblarga 
tikdi-da, yo‘g‘on ovoz bilan:
– Hoy, rohiblar, nega daryodan baliq tutasiz-
lar? Kim ruxsat berdi sizlarga? – dedi.
Rohiblar indashmadi, hatto tegirmonchiga 
qayrilib ham qarashmadi.
Tegirmonchi indamay trubkasini chekdi va 
so‘zida davom etdi:
– O‘zingiz tutganingiz tutgan, yana sha-
harliklarga ham tutdirasizlar. Men bu daryoni 
shahardan va sizlardan ijaraga olganman, o‘z 
vaqtida ijarasini to‘lab turaman, demak, baliq 
meniki, uni ovlashga hech kimning haqi yo‘q. 
Xudoga sig‘inasizlar-u o‘g‘rilik qilishdan qo‘rq-
maysizlar.
Tegirmonchi homuza tortdi, birpas jim o‘tirib, 
yana vaysashga kirishdi:
– Topgan qiliqlarini qara-ya! Rohib bo‘ldim, 
avliyo bo‘ldim, hech kim tegmaydi, deb o‘ylar-
sizlar. Sudga ariza bersam nima qilarkinsiz lar? 
Sud rohibligingga ham qarab o‘tirmaydi, qam-
ab qo‘yadi. Sudsiz o‘zim ham bir yoqli qi lishga 


Buqalamun
199
kuchim yetadi. Daryoda ushlab olib bir do‘ppo-
slayki, qiyomatgacha ham baliq yeging kelma-
sin!
– Bekor shunaqa gaplarni gapirasiz-da, Alek-
sey Dorofeyevich, – dedi Kleopa, ingichka ovozi 
bilan. – Xudodan qo‘rqqan yaxshi odamlar 
bunday gaplarni, biz-ku rohiblar-a, itga ham 
aytmaydi!
– Rohib emish, – dedi tegirmonchi, masxara 
qilib! – Senga baliq kerakmi? Kerak bo‘lsa men-
dan sotib ol, o‘g‘irlama!
– Voy, tavba-yey! Qani o‘g‘irlaganimiz? – dedi 
Kleopa, xunob bo‘lib. – Nega bunday deysiz, 
axir? Rohiblarning baliq tutgani rost, axir bun-
ga arximandrit hazratlari ruxsat berganlar-da! 
Arximandrit sizni butun daryo uchun emas, 
faqat bizning qirg‘oqqa to‘r solish uchun pul 
to‘lagan deb aytadilar. Daryoning hammasi siz-
ga berilgan emas... U sizniki ham emas, biz niki 
ham emas, Xudoniki...
– Arximandrit ham senga o‘xshagan odam, 
– dedi tegirmonchi, trubkasini etigining posh-
nasiga urib, – u ham muttaham odam! Men 
uning kimligini surishtirib o‘tirmayman. Men-
ga sen ham, arximandriting ham, anavi Yevsey 
ham bir. Agar daryoda ushlab olsam, uni ham 
do‘pposlayman...
 – Rohiblarni tutib olib urmoqchi bo‘lsangiz, 
ixtiyor o‘zingizda. U dunyoda azobini o‘zingiz 
tortasiz. Vissarion bilan Antipiyni urdingiz, 
boshqalarni ham urabering.
Diodor Kleopaning yengidan tortib:
– Qo‘y, tegma unga, – dedi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish