Buqalamun
181
ichiga tiqib qo‘ydi. Fedor Timofeich esa juda
beparvo ko‘rinar, hatto ko‘zini ochishga ham
erinardi. Unga yotadimi, xo‘jayini oyog‘idan
ko‘taradimi, ko‘rpacha ustiga cho‘ziladimi yo
xo‘jayinning qo‘ynida po‘stin tagida orom ola-
dimi, baribirga o‘xshardi...
– Tyotka, yur, – dedi xo‘jayin.
Tyotka hech narsaga tushunmasa ham,
dumini likillatib, egasiga ergashdi.
Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas u chana-
da, egasining oyog‘i ostida o‘tirar va uning
sovuqdan junjikib hayajon bilan:
– Sharmanda bo‘lamiz! Mayna qilishadi! –
deyayotganiga quloq solardi.
Chana, to‘nkarilib qo‘yilgan tog‘oraga o‘xsha-
gan kattakon, g‘alati bir bino yonida to‘xta-
di. Binoga kiraverishdagi uchta oynavonli
eshik ichkarisidagi uzun yo‘lakda o‘n-o‘n ik-
kita ravshan yonayotgan chiroq nur sochardi.
Eshiklar jaranglab ochilar va shu yerda o‘rali-
shib yurgan odamlarni xuddi og‘izlar singari
yutardi. Bu yerda odamlar juda ko‘p, tez-tez
otlar kelib to‘xtardi-yu, itlar ko‘rinmaydi.
Xo‘jayin Tyotkani ko‘tardi va qo‘yniga, po‘stin
orasiga, Fedor Timofeich o‘tirgan yerga tiqib
qo‘ydi. Bu yer qorong‘i va dim, lekin issiq edi.
Shu mahal ikkita zangor uchqun miltillab ket-
di. Bu esa Tyotkaning sovuq va qattiq oyog‘i
tegib ketganidan notinchlangan mushukning
ko‘zi edi. Tyotka uning qulog‘ini yaladi va joy-
lashib olish uchun g‘ivir-g‘ivir qilaboshladi,
sovuq oyoqlari bilan mushukni tagiga bosib,
to‘satdan po‘stindan boshini chiqardi-yu, shu
Anton Chexov
182
zamonoq jahl bilan irillab, yana tortib oldi.
Turli-tuman bahaybat maxluqlar bilan to‘lgan
xiragina yoritilgan kattakon uyni ko‘rganday
bo‘ldi; uyning ikki tomoniga tortib qo‘yilgan
to‘siq va panjaralardan badbashara kallalar: ot
kallalari, shoxli, shalpangquloq kallalar ko‘rin-
di; yana burun o‘rniga dum va og‘zi yonidan
uzun ikkita tozalangan suyak chiqib turgan
semiz va bahaybat bosh ko‘rindi.
Tyotkaning oyog‘i ostida mushuk bo‘g‘iq ovoz
bilan miyovladi, lekin shu vaqt xo‘jayin po‘stini-
ni yozib: «Xo‘p-pa!» degan edi, Fedor Timofeich
bilan Tyotka sakrab yerga tushdi. Ular kulrang
taxta devorli kichik bir uyda turishardi; bu yer-
da oynali stol, stul va burchaklarga ilib qo‘yil-
gan latta-luttalardan boshqa hech qanday jihoz
yo‘q edi; lampa yoki sham o‘rniga, trubkaga
ulab devorga qoqib qo‘yilgan, yelpig‘ichsimon,
yorug‘ narsa nur sochib turardi. Fedor Timo-
feich Tyotkaning oyog‘i ostida g‘ijim bo‘lgan
po‘stinini yaladi-da, stulning tagiga borib yotdi.
Xo‘jayin hamon hayajonlanar va qo‘llari-
ni ishqab yechina boshladi... U uyida o‘rinda
momiq ko‘rpasiga kirib yotadigan vaqtdagidek
yechindi, ya’ni ichki kiyimlaridan boshqa ham-
ma narsani yechdi. Keyin stulga o‘tirdi-da,
oynaga qarab basharasini g‘alati bir qiyofaga
solaboshladi. Eng avval boshiga farqi ochilgan,
ikkita kokili shoxga o‘xshab dikkayib turgan
kiyma soch kiydi. Keyin yuziga allaqanday oq
narsa surdi, oppoq bo‘yoqning ustidan qosh
qo‘ydi, mo‘ylab chizdi va ikki betiga qizil surdi.
Shu bilan u kifoyalanmadi. Yuzini va bo‘ynini
Buqalamun
183
bo‘yagach allaqanaqa kiyimlarni kiya boshla-
di. Tyotka bunaqa kiyimlarni ilgari uyda ham,
ko‘chada ham hech qachon ko‘rmagan edi.
Hunarmandlarning uyida deraza pardalari
yoki mebelga qoplash uchun ishlatiladigan
parcha gulli chitdan tikilgan haddan tashqa-
ri keng, qo‘ltig‘idan tugmalanadigan cholvorni
tasavvur qiling; cholvorning bir pochasi jigar-
rang chitdan bo‘lsa, ikkinchi pochasi ochsariq.
Xo‘jayin cholvorni kiyib bo‘lgach, kattakon
kungira yoqali, orqasiga haldan yulduz rasmi
tushirilgan chit kamzilni ildi, oyog‘iga ikki turli
paypoq bilan zangori kovush kiydi...
Tyotkaning ko‘zi qamashib, taraddudla-
nib qoldi. Oppoq yuzli, qo‘pol gavdali odam-
dan xo‘jayinning isi kelardi, ovozi ham tanish
– xo‘jayinning ovozi, lekin ba’zan Tyotka ik-
kilanar, ana shunday paytlarda, chipor odam-
dan qochmoqchi va unga qarab vovullamoq-
chi bo‘lardi. Yangi joy, yelpig‘ichsimon nur va
bu islar, xo‘jayinida yuz bergan bu o‘zgarish
– mana shularning hammasi uning yuragiga
g‘ulg‘ula solardi. Nazarida burun o‘rnida dum
o‘sgan badbashara maxluqqa o‘xshagan biron
narsa bilan to‘qnash keladiganday tuyilardi.
Buning ustiga devorning narigi tomonidan yo-
qimsiz bir musiqa sadosi kelar, vaqti-vaqti bi-
lan allaqanday guvullagan tovush eshitilardi.
Unga faqat bir narsa tasalli berardi – u ham
Fedor Timo feichning beparvoligi edi. Mushuk
stulning tagida pinagini buzmay yotar, hatto
stul surilganda ham ko‘zini ochmas edi.
Frak va oq jilet kiygan bir kishi eshikni ochib
qaradi va:
Do'stlaringiz bilan baham: |