Odil Rahimiy
tarjimasi
YOVUZ NIYATLI KISHILAR
(Ko‘rganlar hikoyasi)
Traktir polovoyi
1
unga bir-ikki xil bor taom-
larning nomini aytib bergach, u biroz o‘ylab
turib:
– Bo‘lmasa bizga yangi karam solingan ikkita
karam sho‘rva bilan jo‘ja keltir. Xo‘jayiningdan
so‘ra, qizil vinosi bormikin... – dedi.
Keyin traktir shiftiga qarab:
– Biram pashshalaring ko‘p ekan-ey! – dega-
nini hamma eshitdi.
Mazkur kishini «u» deb aytishimizning saba-
bi shuki, na polovoylar, na traktir egasi va na
traktirda o‘tirgan mijozlar uning kimligini, biz-
ning shahrimizga qayerdan va nima ish bilan
kelib qolganini bilishmas edi. U savlatli, yoshi
anchaga borib qolgan, usti-boshi yangi va af-
tidan ko‘ngli oq, oliyjanob kishi edi. Uning us-
ti-boshiga qarab asilzoda desa ham bo‘lardi.
Ko‘krak cho‘ntagidagi oltin soatiga, bo‘ynidagi
gavhartosh qadalgan galstugiga ko‘zimiz tush-
1
Ilgarilar Rossiyada restoran, oshxona va traktirlarda
yollanib ishlovchi qarollarni shunday ataganlar. Polovoylar
ham ovqat pishirar, ham pol yuvar, umuman, u yerdagi hamma
qora ishlarni bajarar edi.
Anton Chexov
208
di, uning jigarrang shlyapasi ichida tugmali
qo‘lqoplari yotardi, bunday fason qo‘lqopni il-
gari faqat vitse-gubernatorning qo‘lida ko‘rgan
edik. Ovqat ustida bizga nuqul odobli va oliyja-
nobligini ko‘rsatmoqchi bo‘lib, sanchqini chap
qo‘li bilan ushlar, dam o‘tmay sochiq bilan lab-
larini artar, oldidagi ryumkaga pashsha tushib
qolguday bo‘lsa aftini burishtirar edi. Pashsha
bor joyda idish-tovoqning toza bo‘lmasligi aniq;
oddiy mijozlar u yoqda tursin, hattoki hudud
yoki daha noziri, yo yo‘lovchi zamindorlar
ham traktirga tushlik qilgani kirganda pash-
sha o‘tirib ketgan tovoq yoki ryumka berilsa
hech bir shikoyat qilishmaydi, u bo‘lsa polovoy
idishlarni issiq suv bilan yuvib keltirmaguncha
ovqatga qo‘l tegizmadi. Oliftalik qilib o‘zida yo‘q
oliyjanoblikni ko‘rsatmoqchi bo‘lsa kerak.
Uning oldiga endi karam sho‘rva keltirilgan
ediki, stol yoniga yana bir noma’lum shaxs
kelib o‘tirdi, bu kishi tepakal, soqol-mo‘ylovi
qirilgan, ko‘zida tilla ko‘zoynak, egnida shohi
kostyum bo‘lib, uning ham oltin soati bor edi.
Ovqat ustida u nuqul fransuzcha gapirar, tao-
mlarni va atrofdagi odamlarni qiziqib tomosha
qilardi, bundan uning ajnabiy ekanligi bilinib
turar edi. Uning o‘zi kim, qayerlik, shahrimiz-
ga nima ish bilan kelgan – bu ham bizga no-
ma’lum.
Bir qoshiq sho‘rvani og‘ziga olib, boyagisi,
ya’ni gavhartosh taqqani, aftini burishtirdi-da,
zaharxanda bilan:
Buqalamun
209
– Bu haftafahmlarning qo‘liga tushgan yan-
gi karamdan ham sasigan hid keladi. Sira yeb
bo‘lmaydi. Menga qara, hoy azizim, bu sha-
harning hamma odamlari ham xuddi shunday
iflos turishadimi? Butun shaharda bir porsi
mazali karam sho‘rva topilmasa-ya! Tavba!
Keyin o‘zining ajnabiy o‘rtog‘iga fransuzcha-
lab nimalarnidir gapirdi. Uning gapidan faqat
«koshon» degan bir so‘z esimizda. Oldidagi
karam sho‘rvadan sassiq qo‘ng‘izni olib tash-
lab, polovoyga qarab:
– Men senga suvarak solingan karam sho‘rva
keltir deganim yo‘q, ahmoq! – dedi.
– Karam sho‘rvaga uni men solganim yo‘q,
taqsir, o‘zi tushgandir. Xotiringiz jam bo‘lsin,
suvarak chiqmaydi, – deb javob berdi polovoy.
Jo‘ja yeyilib bo‘lgandan keyin boyagi kishi
bir varaq qog‘oz bilan qalam chaqirtirib, qan-
daydir doira va raqamlar chizishga kirishdi.
Ajnabiy kishi u bilan anchagina kelishmay,
boshini chayqab, bahslashib o‘tirdi. Doira va
raqamlar chizilgan qog‘oz hali ham traktir ning
egasida turibdi; traktirning egasi u qog‘ozni
maktablarning nazoratchisiga ko‘rsatgan edi,
u doiralarga uzoq tikilib qarab turdi-da, bir
uh tortib, «Hech narsa tushunib bo‘lmaydi»,
deb qaytib berdi. Boyagi kishi, ya’ni galstugiga
gavhartosh taqqani, ovqat pulini to‘lab, polo-
voyga yap-yangi besh so‘mlik uzatdi, u pulning
haqiqiy yoki qalbaki pulligi noma’lum, chunki
uni tekshirib ko‘rish esimizga kelmabdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |