Shahnoza Rahmonova
tarjimasi
KEKSALIK
Davlat maslahatchisi me’mor Uzelkov kin-
dik qoni to‘kilgan qadrdon shahriga qaytdi.
Uni ibodatxonani qayta ta’mirlash uchun cha-
qirishgandi. Bu shaharda u tug‘ildi, o‘qidi,
ulg‘aydi va uylandi, ammo poyezddan tushgani-
da ona shahrini tanimadi. Barchasi o‘zgaribdi,
o‘n sakkiz yil oldin, ya’ni u Peterburgga ko‘chib
ketishidan ilgari hozir oyoq bosib turgan joyi-
da baliq ovlashardi. Bugun esa vokzal bunyod
bo‘libdi. Ro‘parasida turgan to‘rt qavatli bino
o‘rnida bir vaqtlar sariq devor bor edi. Ammo
hech narsa odamlar kabi o‘zgarmagan. Meh-
monxona xizmatchisidan u tanishlarining qa-
riyb
yarmi vafot etganini, kambag‘allashib
unu tilib ketganini bilib oldi.
– Uzelkovni eslaysanmi? – so‘radi qariya. –
Me’mor Uzelkov. U Svirebeyevskiy ko‘chasida
turardi. Xotini bilan ajrashgan me’mor-chi, es-
laysanmi?
– Yo‘q eslolmayman.
– Qanday unutish mumkin! Shov-shuvli vo-
qea bo‘lgandi, xotini bilan ajrashishiga Shapkin
sababchi edi. Qallob... mashhur qimorboz. Uni
klubda g‘irromlik qigani uchun qo‘lga olishgan.
– Ivan Nikolayevichmi?
Buqalamun
231
– Ha, ha, xuddi o‘zi. U tirikmi?
– Xudoga shukr, hayot. Ularning hozir no-
tarial idoralari bor. G‘ishtli uylardagi qo‘sh xo-
nadon ularga tegishli.
Uzelkov xonada tinmay yurib chiqdi. O‘ylab-
o‘ylab oxiri Shapkin bilan uchrashishga qaror
qildi.
Uzelkov astagina boshidan shlyapasini yech-
di. Shapkin ham bosh kiyimini qo‘liga oldi.
Atrofda o‘lik sukunat hukmron edi. Hatto havo
ham yo‘qday tuyilardi. Ular jimgina o‘z o‘tmish-
lari haqida o‘ylashardi.
– Yotibdi, – dedi sukunatni buzib Shapkin.
– G‘ami ham yo‘q... Tan oling Boris Petrovich.
– Nimani? – deya to‘ng‘illadi Uzelkov.
– O‘tmishimiz qora bo‘lganini, ammo u bun-
dan yaxshiroq edi, – deb o‘zining oppoq sochlari-
ga ishora qildi.
– Ha, biz o‘lim haqida o‘ylamasdik ham, hat-
to.. O‘lim bilan uchrashish ba’zan menga juda
ham yaqindek tuyiladi... Aslida ham shunday.
Uzelkov g‘amga cho‘mdi. U bir vaqtlar tel-
balarcha sevishni xohlagani kabi birdan o‘kirib
yig‘lashni istadi. Ko‘zlaridan oqayotgan yosh-
larini toza ekanligini his qildi. Uning ko‘zlari
ravshanlashdi. Biroq Uzelkov Shapkinning
yonida ko‘nglini bo‘shatishni istihola qildi. U
ibodatxona tomonga qayrildi va chaqqon qa-
damlar bilan o‘sha tomonga yurdi. Ikki soat-
lardan so‘ng Shapkin rohib bilan suhbatla shib
turgan vaqtda Uzelkov bildirmay, yig‘lagani
boyagi joyga qaytdi. U qabr toshiga chor atrof-
ga o‘g‘rincha nazar tashlab, asta yaqinlashdi.
Anton Chexov
232
Kichkinagina qabr toshi unga o‘ylanib, g‘amgin
qiyofada nazar tashlab qo‘yardi. U shunday
gunohsizlarcha tikilib turardiki, xuddi uning
ostida xiyonatkor ayol emas, balki beg‘ubor
qizaloq yotgandek edi.
– Yig‘lash kerak, yig‘lash, – deya o‘ylardi
Uzelkov.
Ammo vaqt o‘tib ketgan edi. Qariya qanchalik
urinmasin bo‘g‘ziga alam tiqilmadi. Ko‘z yosh-
lari ham kelmadi. O‘n daqiqaga yaqin Uzelkov
shunday qaqqayib turaverdi. Biroq hech qan-
day natija chiqmagach:
– Eh! – deya qo‘lini silkidi-da, Shapkinni
izlab ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |