Bunday zonalardagi intervallarni birato'la qoplama quvur o'matib ketish usuli bilan o'tish ananaviy usul hisoblanadi


Dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalarning yuqori samara beruvchi tamponaj ashyolari to'g'risida ma'lumot



Download 133,34 Kb.
bet2/3
Sana16.03.2022
Hajmi133,34 Kb.
#498884
1   2   3
Bog'liq
JOHA

Dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalarning yuqori samara beruvchi tamponaj ashyolari to'g'risida ma'lumot





Kompaniyaning nomi

Tamponaj vositasining nomi

Koordinatalari va taxminiy narxlari

Eslatma

1

«Westcoast Drilling Supplies LTD» kompaniyasi (Canada)

YUqori effekt beruvchi tamponaj polimeri G-Stop (o'z hajmini 300 martagacha oshishini taminlaydigan maxsus vosita)

8069 River Way, Delta British Columbia, V4G 1L3 Canada. Telephone (604) 940- 6050 Fax (604) 940-6080 www.westcoasdrilling.com 20 kg plastik idishdagi tamponaj vositasining narxi 150 - 200 AQsh doll. Suyuqlikning yutilish hajmiga qarab sarfi aniqlanadi

Burg'ilash ishlarida geologik-texnik jihatdan o'ta asoratli bo'lgan qduqlami burg'ilashda ishlatilib yuqori samara bergan tamponaj vositasi

2

«МАТЕХ» SETCO (Kanada) savdo belgisi bilan SHimoliy Amerikadagi ko'plab davlatlaming ishlanmasi

YUqori effekt beruvchi tamponaj aralashma DD KSPEND (o'z hajmini 200 martagacha oshishini taminlaydigan maxsus vosita)

Rossiya, Moskva , t. (495) 232-1002 Faks (495) 232-1003. www.cetco.ru 19 kg plastik idishdagi tamponaj vositasining narxi 146 AQSh doll. Suyuqlikning yutilish hajmiga qarab sarfi aniqlanadi

Burg'ilash ishlarida geologik-texnik jihatdan o'ta asoratli bo'lgan qduqlami burg'ilashda ishlatilib yuqori samara bergan tamponaj vositasi

3

«Baroid ШР» konsemining HALLIBURTON kompaniyasi (AQSH)

YUqori effekt beruvchi tamponaj polimeri N- SEAL, DIAMONDSEAL o'z hajmini 100 martagacha oshishini taminlaydigan maxsus vosita)

HYDROFLEX firmasi Baroid ШР kompaniyasining Rossiyadagi rasmiy dilleri (Moskva sh.) +7(495)644-45-53 +7Г495У764-33-34 www.baroid-idp.ru E-mail:6444553@mail.ru 1 kg tamponaj vositasi narxi o'rtacha 31 AQSh doll. Suyuqlikning yutilish hajmiga qarab sarfi aniqlanadi

Burg'ilash ishlarida geologik-texnik jihatdan o'ta asoratli bo'lgan qduqlami burg'ilashda ishlatilib yuqori samara bergan tamponaj vositasi




«NPK
Geotexnologii»MCHJ
(Rossiya)

Tamponaj aralashmasi ЛП-1, ЛП-2, J111-3, ЛП-4, (pasta ko'rinishidagi emulsiya) Tamponaj aralashmasi LP-S(kukun ko'rinishida)

196084, Sank-Peterburg, K. Tomchak ko'chasi, d. 28 faks (812)337-13-18, tel. (812)337-27-90, (812)337-27-989 www.spb-geotech.com E-mail: spb-geotech@yandex .ru 1 tonna aralashmaning o'rtacha narxi 59000 - 67000 rubl. Suyuqlikning yutilish hajmiga qarab sarfi aniqlanadi

Burg'ilash ishlarida geologik-texnik jihatdan o'ta asoratli bo'lgan qduqlami burg'ilashda ishlatilib yuqori samara bergan tamponaj vositasi




BURINTEX
(Rossiya)

BIT-SBC ikki komponentli tamponaj vositasi

UFA shahri.
To'liq yutilishni 100% ga to'xtatadi. Soatiga 15m3 hajmdagi yutilishni tuxtata oladi. 1 tonna aralashmaning o'rtacha narxi 59000 - 67000 rubl. Suyuqlikning yutilish hajmiga qarab sarfi aniqlanadi

Qotish tezligi 10-60 sekund ksantan smolali suyuqlik. Qotgan massasi suvda, tuzli suvda va kislotali muhitda erimaydi; temperatura diapazoni keng







BIT- PLUG ikki komponentli tamponaj vositasi

UFA shahri.
To'liq yutilishni 100% ga to'xtatadi. Suyuqlikning yutilish hajmiga qarab sarfi aniqlanadi

Qotish tezligi 10-60 sekund ksantan smolali suyuqlik. Qotgan massasi suvda, tuzli suvda va kislotali muhitda erimaydi; temperatura diapazoni keng




HALLIBURTON (Buyuk Britaniya)

DIAMOND SEAL

Telefon: 1-580-251-4335 e-mail: fdunexchem@halliburton.com

Suqlik yutilishini to'xtatadi va bog'lanmagan tog' jinslarini biri-biri bilan ulashtiradi







SUPERPLUG Bir komponentli suyuqlik

UFA shahri.
To'liq yutilishni 100% ga to'xtatadi. Suyuqlikning yutilish hajmiga qarab sarfi aniqlanadi

Boshqa 2 komponentli qo'shimchalardan farqi 25 gradusda ham oquvchanligini yo'qotmaydi. Maxsus katolizator qo'shish yo'li bilan qotishni 2 daqiqadan 20 daqiqagacha boshqarish mumkin.




Rossiya

X-TEND suyuq absorbenti

Suyuqlikning yutilish hajmiga qarab sarfi aniqlanadi

Soatiga 400 m3 suyuqlik yutilishini yopish imkoniyatiga ega




Rossiya

GRIZLY markali moy

boshgalariga nisbatan 5 barobarga titrashni kamaytiradi.

nam quvur tanasiga mustahkam yopishishi bilan ahamiyatli



ЛП tamponaj aralashmasi 15 g/dm3 minerallashgan suvlarda ham yaxshi aralashadi. Mazkur aralashmaning uzoq vaqt saqlanganda va tashish jarayonida sedimentasion qavatlarga bo'linish darajasining pastligi, ishlatishdan oldin osonlik bilan, qo'zg'alash yo'li bilan bir xil massali modda ko'rinishiga keltirish imkonini beradi. Bu aralashma -15°S sovuqda ham muzlamasligi, agar undan oshib ketsa qovushqoqligi yanada oshib ketishi mumkinligi va shu bilan birga muz holatidan erish darajsiga kelganda o'zining xususiyatlarini yo'qotmasligi aniqlangan.

Ю^ориги ТИК.ИН
тампонаж
аралашмаси

пастки тицин
ЛП tamponaj aralashmasi ГОСТ 12.1.007-76 bo'yicha xavfli bo'lmagan moddalar toifasiga kiradi. Ulaming ЛП-1 pastasimon emulsiya turi va


6.3.2.-rasm
ЛП-1С kukunsimon turlari mavjud bo'lib 20 kg massaga ega bo'lgan polietilen idishlarda yoki 48 litr hajmdagi maxsus bochkalarda qadoqlanadi.
Burg'ilashda, qoplama quvur ortidagi xalqasimon oraliqga yuvuvchi suyuqlikning o'tib ketishi ko'plab kuzatilgan. Bu o'z navbatida yuvuvchi suyuqlikning suvli qatlamga qo'shilib ketishini taminlaydi. Bu holatning oldini olish uchun va quduqdan to'liq axborotni olib bo'lgach qoplama quvurlami chiqarib olishni osonlashtirish maqsadida ЛП tamponaj aralashmasi qo'llash ayni muddaodir. Chunki gigroskopik massaga ega bo'lgan bu aralashma qoplama quvur kolonnasi ortidagi xalqasimon oraliqni to'liq band qilib, quvurorti mydonini 100% ga izolyasiya qiladi va sementli qotishmadagidan farqli o'laroq, quduqga qo'yilgan geologik topshiriqni bajarib bo'lgandan so'ng, qoplama quvurlami sug'irib olishga

qarshilik qilmaydi. Bunday holatlarda mazkur tamponaj aralashmasi ishlatilganda qoplama quvurlarni sug'irib olish imkoni 80% ni tashkil qilgan.
Yuqoridagi 6.3.2-rasmda ЛП tamponaj aralashmasining Qo'shquvurli kolonkali jamlanma (QQK) yordamida burg'ilashda yuvuvchi suyuqlikning yutilishini bartaraf etish texnologiyasini yoritib, tushuncha berib o'tamiz. Yuvuvchi suyuqlik vutilishi sodir bo'lganda:

  1. Kem qabulqilgich quvur ko'tariladi;

2.Snaryadni quduq tubidan 0,3-0,5metrga ko'tarib qo'yiladi;

  1. Burg'ilash kolonnasi ichiga zichlangan qog'ozdan ishlangan pastki tiqin o'matiladi;

  2. Mazkur tiqinlarning quyilish joylari, ya'ni oralig'i orasidagi hajm mo' ljallanayotgan tamponaj aralashmasi hajmiga mos bo'lishi maqsadga muvofiq;

  3. Aralashmani bir xil quyuqlik darajasiga yetguncha aralashtiriladi;

  4. Tashqi quvur tamponaj aralashmasi bilan to'ldiriladi;

  5. Ustki qismiga zichlangan qog'ozdan yasalgan yuqorigi tiqin o'matiladi;

  6. Yuqorigi tiqin ustidan burg'ilash nasosi bosimi ostida aralashmani yutilish jarayoni yuz berayotgan intervalga nasosning bosimi “0” ga tushgunga qadar haydaladi;

  7. Nasos o'chirib qo'yiladi;

  8. Aralashma suqlikni yutish intervaliga baravar tarqatish uchun 3-4 daqiqa davomida snaryadni daqiqasiga 150 marta aylantirib qo'yiladi;

  1. Aralashma suyuqlikni yutadigan yoriqlami to'ldirib zichlaguncha 4-6 daqiqa kutib turiladi va keyin nasosni ishlatib yuvuvchi suyuqlikning aylanib quduq og'zidan chiqishini kuzatiladi;

12. Agar suyuqlik quduq og'zidan to'liq chiqsa, demak tamponaj to'liq effekt bergan deb baholanadi va burg'ilash davom ettiriladi. Agar qisman chiqsa, unda yuqoridagi holat takroran bajarilib, yutilish to'liq to'xtaguncha davom ettiriladi.
Tamponaj reagentlari bilan quvurorti xalqasimon maydonini izolyasiya qilish texnologiyasi semetasiya qilish texnologiyasiga deyarli o'xshash va quyidagicha amalga oshiriladi: 1 .Qoplama quvur kolonnasini quduq tubigacha tushiriladi;

  1. Quvurlar kolonnasi quduq tubida ekanligiga ishonch hosil qilgach, ulami quduq tubidan 10-15 sm ko'tarib qo'yiladi;

  2. Quduq stvolini kalibrlangan diametridagi o'lchovini hisobga olgan holda kolonna ortidagi bo'shliq maydonchasi hajmini hisoblash yo'li bilan aniqlanadi va shu hajmdagi aralashma tayyorlanadi;

  3. Aniqlangan miqdordagi aralashma alohida idishda ЛП tamponaj aralashmasi suv bilan 1:10 nisbatda nasos bilan haydash mumkin bo'lgan konsistensiyada aralashtiriladi yoki quduq og'zidan quyish imkoni bo'lgan darajada tayyorlanadi;

  4. Quduqqa hisoblangan miqdordagi aralashmani quyib bo'lgach, nasos orqali yuvuvchi suyuqlik yordamida quduq tubiga haydaladi va bu holat quduq og'zidan chiqquncha davom ettiriladi. SHundan so'ng nasos o'chirib qo'yiladi;

  5. Qoplama quvur kolonnasini eng past tezlikda aylantirib quduq tubiga o'tqiziladi va 3-4 daqiqa davomida aylantirib turiladi;

  6. Burg'ilashni texnik loyiha asosida davom ettiriladi.

Yuqorida tavsiflab o'tilgan texnologiya ЛП tamponaj aralashmasini suv quduqlami qurishda oraliq qoplama quvurlar kolonnasining quvurorti maydonchasini izolyasiya qilishda ishlatilsa jarayon osonlashadi. Mazkur aralashmani ishlatib izolyasiya qilish sementni qotirish uchun sarflanadigan vaqtga nisbatan sezilarli darajada kamayadi va quduqni qurish muddatlari 10-12 % ga qisqaradi.
Quduqning namlik darajasi yuqori bo'lgan intervallarida devorini siljish va o'pirilishlarining oldini olish maqsadida ЛП tamponaj aralashmasining kukunsimon holatdagisini ishlatish quyidagi tartibda bajariladi:

  1. Burg'ilash snaryadini quduq tubidan ko'tarilgandan so'ng tamponaj aralashmasi 1:3-l :2 nisbatda suv bilan aralashtirilib quyuq strkuturaga erishiladi va quduq tubiga yo'naltiriladi;

  2. Zaboyga bu massani yo'naltirish quduq og'zidan quyish yo'li bilan yetkazilsa hambo'ladi;

  3. Quduqda snaryadni eng minimal chastotadagi tezlik bilan ichiga qulab tushgan tog' jinslari ustidan qayta burg'ilab quduq tubigacha tushiriladi. Bu paytda tamponaj aralashmasi yer osti suvlarining aralashuvi yoki namlikdan o'zaro faollashib, qotmagan, lekin gigroskopik massaga aylanadi va bu massa tog' jinslari orasidagi bo'shliqni to'ldirib bir-biri bilan bog'laydi hamda quduq devorlariga suvalib, turg'in holatga kelishini taminlaydi;

  4. Yuqoridagi tartibda turg'un bo'lmagan interval, tamponaj aralashmasi bilan tuyintirilgandan so'ng burg'ilash davom ettiriladi.

Yuqoridagi 6.1- jadvalda ko'rsatilgan tamponaj ashyolari va reagentlar ЛП aralashmasi singari xususiyatlarga ega bo'lib, hajm va qovushqoqligini qay darajada maqbul rejimga yetkazilishi va ishlatish qoidalari qadoqlangan idishdagi yoki alohida formulyarda yo'riqnoma ko'rinishida beriladi.

Download 133,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish