Quduqlar
sochiluvchan, zarrachalari bir-biri bilan bog'lanmagan tog' jinslaridan burg'ilanganda uning devorlari o'pirilishga va siljib qulashga moyil bo'lish bilan bir qatorda gidrostatik bosim qatlamlararo bosimdan oshib ketib burg'ilash suyuqligining yutilishi ro'y berishi mumkinligi yuqoridagi mavzularda batafsil izoh berildi. Bunday vaziyatlarda polimergilli suyuqliklar ham ba'zida yordam bermasligi mumkin, chunki bunday tog' jinslari suvni o'zidan o'tkazish darajasi juda yuqori bo'lganligi uchun gilli qobiqning paydo bo'lishiga
deyarli sharoit yaratilmaydi, hatto yuvuvchi suyuqlikni to'liq yutilishiga ham olib kelishi mumkin.
Bunday zonalardagi intervallarni birato'la qoplama quvur o'matib ketish usuli bilan o'tish ananaviy usul hisoblanadi. Ammo bu usul amalda kuzatilganidek, qoplama quvumi qaytarib olish ehtimoli bor yo'g'i 25-30% ni tashkil qilganligi uchun metall sarfi ko'payib, quduq tannarxini oshirib yuboradi.
Buning ratsional yechimi, maxsus tamponaj aralashmalaridan foydalanishdir. Tamponaj aralashmasining miqdori har xil holatlar uchun turlicha bo'ladi. Shuning uchun asoratli intervalning qalinligi,
quduqning diametri, tog' jinslarining suv singdirish qobiliyatining har xilligi kabi har bir holat uchun o'ziga mos to'g'ri texnologik yechimni topishni burg'ilash muhandislari va texnologlardan talab qiladi.
Burg'ilash sanoatida ko'plab ishlatilayotgan zamonaviy tamponaj ashyolarini asoratli intervalga xos to'g'ri tanlash muammoning yechimi ekanligini misol tariqasida izohlab o'tamiz. Hozirgi kunda zamonaviy tamponaj aralashmalari sifatida o'zining tog' jinsi zarralarini bir-biri bilan bog'lash, gidroizolyasiya qilish, mustahkamlash kabi xususiyatlari bilan quduqning asoratli intervallarini o'tish imkoniyatini beruvchi tamponaj materiallarining qisqacha xarakteristikasini quyidagi 6.3.1-jadvalda ko'rsatilgan.
6.3.1-rasm.
yuvuvchi suyuqlik-ning yutilishi;
darzliklaming tamponaj ashyosi yordamida yopilishi; в) suyuqlik aylani-shining tiklanishi
LP tamponaj aralashmasi quyuq qovushqoq pasta ko'rinishidagi tizim bo'lib, gidroizolyasiya qilish va quduq devorlardagi bog'lanmagan tog' jinslarini qotirish, bir-biri bilan bog'lash kabi xususiyatlarga egadir. ТУ 2458-001-71364007- 2004 texnik shart bilan ishlab chiqiladi.
Mazkur aralashma asoratli qatlamga yetkazilgandan so'ng suv va gilli qorishma bilan aralashib rezinasimon massaga aylanadi va 3-5 daqiqa davomida hajm jihatidan 10 dan 50 barobargacha ko'payib ketadi. LP tamponaj aralashmasini quyidagi muammolami muvafaqiyat bilan hal qiladi:
-barcha xildagi va maqsaddagi burg'ilash quduqlarida kuzatiladigan suyuqlikning
yutilishini bartaraf qilishda;-quduqlar devorlarining qulashi yoki o'pirilishga moyil intervallarini mustahkamlashda;
-qoplama quvur kolonnalarini izolyasiya qilish va gorizontlaming bir-biri bilan bog'lanmagan itoatsizligini
bartaraf qilishda;
-yer ostidan o'z-o'zidan yer yuzasiga oqib chiquvchi yoki otilib chiquvchi suvlami yopish yoki bartaraf qilishda;
-ochiq tog'-kon lahmlarida gidroizolyasion parda hosil qilishda va h.