M-n undoshlari
M(m) harfi lab-lab, jarangli, burun undosh tovushini ifodalaydi. E, i old qator unlilaridan oldin kelganda yumshoq (meva, mehmon, miqyos kabi), orqa qator unlilar, chuqur til orqa undoshlari bilan yonma-yon kelganda esa qattiq (somon, mol, muborak, mo ‘min kabi) talaffuz qilinadi.
N (n) harfl til oldi, jarangli, portlovchi, burun undosh tovushini ifodalaydi. Bu tovush b, m undoshlari oldida kelganda m tarzida aytiladi, ammo asliga muvofiq yozilaveradi: tanburchi-tamburchi, minbar-mimbar, yonbosh-yombosh, manmanlik-mammanlik kabi. Jonli nutqda n tovushining ba’zan o‘zidan oldingi undosh ta’siriga uchrab, o‘sha tovush tarzida qo‘shaloq aytilishi adabiy talaffuz me’yoriga ziddir: gapni-gappi, yo‘lni-yo‘lli, ko‘zni-ko‘zzi kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |