H harfi ifodalagan tovush x tovushiga nisbatan yumshoqroq, nafisroq talaffuz etiladi va quyidagi so‘zlar kabi yoziladi: himoya, hosil, hokim, Shohista, ohang, sahna, tuhfa kabi.
Jonli nutqda h tovushi ba’zan o‘zidan keyingi undosh kabi aytiladi yoki butunlay talaffuz etilmaydi: mahkam-makkam, mahsi-massi, shahodatnoma-shaodatnoma kabi. Kundalik so‘zlashuvda yumshoq bo‘g‘iz tovushi h undoshining ko‘pincha qattiq, chuqur til orqa tovushi x tarzida aytilishi adabiy talaffuz me’yoriga xos emas. Chunki bu tovushlarning bir xilda talaffuz etilishi so‘z ma’nosini butunlay o‘zgartirishi mumkin: shohi-shoxi, hol-xol, hil-xil kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |