Ko‘makchilar va qo‘shimchalar ma'nodoshligi
-dek qo‘shimchasi narsa-hodisa, belgi-xususiyatga o‘xshatishini ifodalaydi va shu ma’noda kabi, singari, yanglig‘ ko‘makchilari bilan ma’nodoshlikni hosil qiladi.
Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi yo‘nalish ma’nosida tomon, bo‘ylab ko‘makchilari bilan ma’nodoshdir.
Bilan, kabi, singari, uchun, sari, sayin, bo‘ylab kabi ko‘makchilar bosh kelishik shaklidagi ismlarga qo‘shiladi.
Ko‘ra, qaramay, yarasha, asosan, doir, muvofiq kabi ko‘makchilar jo‘nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shiladi.
Tomon ko‘makchisi bosh va jo‘nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shiladi.
Keyin, bo‘lak, boshqa, o‘zga, tashqari, buyon, oldin, boshlab, avval kabi ko‘makchilar chiqish kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shiladi.
Old, ost, ust singari vazifadosh ko‘makchilar qaratqich kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shiladi. Bunday hollarda ba’zan kelishik qo‘shimchasi qo‘llanmasligi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |