YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARI
Ona tili (5-sinf)
Biror so‘roqqa javob bo‘lmay, gap yoki gap bo‘laklarini bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qiladigan so‘zlarga yordamchi so‘zlar deyiladi. Bog‘lovchi, ko‘makchi va yuklamalar yordamchi so‘zlardir.
AL va KHK darsligidan:
Leksik ma’nosini yo‘qotib, grammatik ma’no ifodalashga o‘tgan, ma’lum so‘roqqa javob bo‘lmaydigan so‘zlar borki, bunday so‘zlar yordamchi so‘zlar deb yuritiladi. Yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlar bilan qo‘shimchalar oralig‘ida turgan grammatik vositalardir. Masalan, Hammasini tinglardim, ammo o‘xshashini topmasdim aslo.(H. Olimjon)
Do'stlaringiz bilan baham: |