Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud



Download 2,1 Mb.
bet244/413
Sana07.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#167841
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   413
Bog'liq
HO'AT(20)

BOG‘LOVCHI

Ona tili (5-sinf)

Uyushiq bo‘laklarni va qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so‘zlar bog‘lovchi sanaladi. Bog‘lovchi gap bo‘lagi vazifasida kelmaydi.



Ona tili (7-sinf)

Gapning uyushiq bo‘laklarini va qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so‘zlarga bog‘lovchi deyiladi. Masalan: va, ammo, lekin, biroq, chunki, yo…, dam…, goh…, goh… singari.

Bilan ko‘makchisi ba’zan uyushiq bo‘laklarni bog‘lab kelganda bog‘lovchi vazifasini bajaradi: Qalam bilan daftar oldim.O‘zaro tobe bog‘lanuvchi so‘zlarni bog‘lab kelganda ko‘makchi vazifasini bajaradi: Qalam bilan yozdim.

Vazifasiga ko‘ra bog‘lovchilar teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bo‘linadi.

Uyushiq bo‘laklar va o‘zaro teng munosabatdagi gaplarni bog‘lab keluvchi bog‘lovchilar teng bog‘lovchilar hisoblanadi.

Teng bog‘lovchilar uyushiq bo‘lak va gaplarni bog‘lash bilan birga, ular o‘rtasidagi mazmuniy munosabatni ham ro‘yobga chiqaradi. Shunga ko‘ra teng bog‘lovchilar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1) biriktiruv bog‘lovchilari: va, hamda, bilan, ham.

2) zidlov bog‘lovchilari: ammo, lekin, biroq, balki.

3) ayiruv bog‘lovchilari: yo … yo, goh … goh, dam … dam, bir … bir, ba’zan … ba’zan, xoh … xoh.

4) inkor bog‘lovchisi: na … na.

Bog‘lovchilar ham xuddi ko‘makchilar singari sof va vazifadosh bog‘lovchilarga bo‘linadi.

Faqat bog‘lovchi vazifasini bajaruvchi yordamchi so‘zlar sof bog‘lovchilar sanaladi: va, lekin, ammo, biroq kabi.

Bir o‘rinda bog‘lovchi, boshqa o‘rinda ko‘makchi, yuklama yoki modal so‘z vazifasida keluvchi yordamchilar vazifadosh bog‘lovchilar sanaladi.

Masalan, bilan ham ko‘makchi, ham bog‘lovchi; ham, na…na ham bog‘lovchi, ham yuklama; -u, (-yu), -da yordamchilari ham yuklama, ham bog‘lovchi; balki ham bog‘lovchi, ham modal so‘z vazifasini bajaradi.

Uyushiq bo‘laklarni va uyushiq gaplarni o‘zaro biriktirib keluvchi bog‘lovchilar biriktiruv bog‘lovchilari hisoblanadi.

Biriktiruv bog‘lovchilariga va, hamda sof bog‘lovchilari, bilan ko‘makchi-bog‘lovchisi, -u (-yu), -da, ham yuklama-bog‘lovchilari mansubdir. Bulardan ham bog‘lovchi vazifasida takror holda qo‘llaniladi.

-u (-yu), -da o‘zi qo‘shilayotgan so‘zdan chiziqcha bilan ajratiladi, lekin uyushiq bo‘laklar o‘rtasiga vergul qo‘yilmaydi.

O‘zaro bog‘lanayotgan bo‘lak yoki gaplardan birini boshqasidan ayirib ko‘rsatuvchi bog‘lovchilar ayiruv bog‘lovchilari hisoblanadi. Masalan, yo…, yo…, yoki, goh…, dam…, dam…, ba’zan…ba’zan, bir…, bir kabi.

Takror qo‘llanuvchi ayiruv bog‘lovchisi oldidan yozuvda vergul qo‘yiladi.

O‘zaro zidlik munosabatida bo‘lgan uyushiq bo‘laklar yoki gaplarni bir-biriga bog‘lab keluvchi ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari zidlov bog‘lovchilari sanaladi.

Balki so‘zi ko‘pincha zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llaniladi. Masalan: Bu jarang-jurung ovozlar uning g‘ashini keltirmas, balki xayolini chalg‘itib, unga orom bag‘ishlardi. (M. Karim)

Yozuvda zidlov bog‘lovchilaridan oldin vergul qo‘yiladi.

Uyushiq bo‘lak va gaplarni inkor ma’nosini yuklagan holda bog‘lovchi na…, na… yordamchisi inkor bog‘lovchi sanaladi. Bunda gapning kesimi tasdiq shaklida bo‘ladi.

Bog‘lovchilar qo‘llanilishiga ko‘ra yakka va takror bog‘lovchilarga bo‘linadi.

Va, ammo, lekin, biroq, chunki, yo kabi bog‘lovchilar yakka, yo…, yo…; dam…, dam…; goh…, goh…, ba’zan…, ba’zan…; xoh…, xoh…; bog‘lovchilari esa takror bog‘lovchilar sanaladi.


Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   413




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish