Ma’no yaxlitligiga ega bo‘lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq so‘zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, ma’nosi bir so‘zga teng keladigan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko‘chma ma’nodagi so‘zlar birikmasi yoki gaplarga frazeologizmlar (iboralar) deyiladi.
Frazeologizmlar gap tarkibida yaxlit holda bitta so‘roqqa javob bo‘ladi va bitta gap bo‘lagi vazifasida keladi. Frazeologizmni tashkil etgan so‘zlar frazeologizmning faqat ichki uzvlari sanaladi. Gapning boshqa bo‘laklari bilan yaxlit, bir butun holda munosabatga kirishadi.
Masalan, Rais daladagi hosilni ko‘rib boshi osmonga yеtadi. Bu gapda boshi osmonga yetdi qismi butun holda kesim vazifasida keladi.
Iboralarda ham shakldoshlik, ma’nodoshlik va zid ma’nolilik mavjud. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |