Leksikologiya
.
1.Quyidagi sòzlardan qaysi biri shakldoshlik
xususiyatiga ega emas?
A)sana B)tuman C)non D)piyoda
2.Har kimni tengiga qòsh-da,vallamat,Menga
munday tuzsiz sòzni demagin!
Ajratib kòrsatilgan birikmada ma'no kòchishining
qaysi turi yuz bergan?
A)metafora B)metonimiya
C)sinekdoxa D)vazifadoshlik
3.Tasviriy ifoda berilgan javobni aniqlang.
A)chopqir ot B)dala malikasi
C)katta kòcha D)burni shishmoq
4.G'urub yonģini qoplar,Samo yuzi anordek,Bulutlar
atlas kabi...
Ushbu parchadagi ajratib kòrsatilgan sòzning
ma'nodoshi qaysi javobda tòģri keltirilgan?
A)zamin B)osmon C)bulut D)dengiz
5.Òzaro antonimlik hosil qilmagan sòzlar juftligini
aniqlang.
A)ilģor-qoloq B)oldingi-burungi C)tez-sekin
D)òtmish-kelajak
6.Iboraning ma'nosi notòģri izohlangan javobni
aniqlang.
A)kòzini bòyamoq-aldanmoq
B)òtakasi yorilmoq-qòrqmoq
C)kòzi tòrt bòlmoq-intizor bòlib kutish
D)oģzidan bol tommoq-shirinsuxan bòlmoq
7.Qaysi javobda shakldoshlik xususiyatiga ega sòz
berilmagan?
A)bòy B)joy C)yot D)karam
8.Ma'nodoshlar qatoriga mansub bòlmagan sòzni
belgilang.
A)ģalaba B)zafar C)ģolib D)yutuq
9.Birinchi xodim bilan yondosh yòlga chiqqan
ikkinchi xodim masalaga òzgacha yondoshdi.
Mazkur gapda qanday xatolik ròy bergan?
A)tinish belgisi bilan boģliq B)sòz qòllash bilan boģliq
C)qòshimchaning ishlatilishi bilan boģliq
D)qòshma sòzlar imlosi bilan boģliq
10.Qattiq sòzi kòchma ma'noda quyidagi qaysi sòz
bilan ma'nodoshlik hosil qilishi mumkin?
A)shirin B)oģir C)yengil D)chiroyli
11.Quyidagi sòzlardan qaysi biri shakldoshlik
xususiyatiga ega emas?
A)dam B)soz C)payola D)burun
12.Qòli baland kelmoq iborasining ma'nosi qaysi
javobda berilgan?
A)orzusiga erishmoq B)yuqoridagi narsani ola bilmoq
C)ģolib chiqmoq D)boy hayot kechirmoq
13.Quyidagi qaysi sòzlardan biri kòchma ma'noda
saxiy sòziga antonim bòla oladi?
A)baxil B)qattiq C)yomģir D)saxovat
14.Qaysi ibora oshkor bòlmoq,siri fosh bòlmoq
ma'nolarini ifodalaydi?
A)tili uchida turmoq B)misi chiqmoq
C)tishining kovagida saqlamoq D)tilidan bol tommoq
15.Qaysi juftlik òzaro paronim hisoblanmaydi?
A)qala-qal'a B)sur'at-surat
C)mas'ul-masul D)adib-adip
16.Orasta sòzining ma'nodoshini belgilang.
A)osoyishta B)chehra C)toza D)dòstlik
17.Tasviriy ifoda berilgan javobni toping.
A)mum tishlamoq B)burni kòtarilmoq
C)kumush tola D)issiq non
18.Luģatlarning qaysi turida sòzlarning ma'nosi
izohlanadi?
A)imlo luģatida B)izohli luģatda
C)tarjima luģatda D)iboralar luģatida
19.Mum tishlamoq iborasining ma'nosi qaysi javobda
tòģri izohlangan?
A)sirni oshkor qilib qòymoq
B)hazm uchun oģizni harakatga keltirmoq
C)jim turmoq,gapirmaslik D)irodali,chidamli bòlmoq
20.Qaysi javobda sinonim sòzlar qatori berilgan?
A)avval,oldin,ilgari B)yuz,bet,chehra,inson
C)davr,payt,lahza,hayot D)kecha,qadim,bugun
21.Ichiga siģmadi birikmasi qaysi javobda ibora bòlib
kelgan?
A)Yuk zavodning ichiga siģmadi.
B)Feruza xursandligidan ichiga siģmadi.
C)Kiyimlar shkafning ichiga siģmadi.
D)Bola tònning ichiga siģmadi.
22.Quyidagi qaysi sòz shakldoshlik xususiyatiga ega?
A)boģ B)daraxt C)non D)maysa
23.Berilgan iboralardan qaysi biri xursand sòzi bilan
ma'nodoshlik hosil qiladi?
A)kòngli oģrimoq B)boshi osmonda
C)dòppisi yarimta D)burni kòtarilmoq
24.Javoblarning qaysi birida tasviriy ifoda mazmuni
tòģri izohlangan?
A)oq oltin-qor B)mòyqalam sohibi-shoirlar
C)bahor elchisi-bayram kunlari
D)charm qòlqop ustasi-bokschi
25.Javoblarning qaysi birida ibora berilmagan?
A)kòzi tòrt bòlmoq B)oģzi quloģida
C)tepa sochi tikka bòlmoq D)boshi oģrimoq
26.Qaysi javobda uyadosh sòzlar keltirilgan?
A)non,tandir,kitob,futbol B)piyola,gilam,yòl,dunyo
C)choynak,deraza,osmon,quyosh
D)ketmon,bolģa,belkurak,tesha
27.Paronim sòzlar berilgan javobni belgilang.
A)kòcha-kòmir B)daha-daho
C)deraza-teraza D)mas'ul-masala
28.Qaysi javobdagi sòz qolgan sòzlarga ma'nodosh
bòla olmaydi?
A)osmon B)samo C)zamin D)fazo
29.Salomatlik-tuman boylik.
Biz tuman markaziga-sport musobaqasiga bordik.
Mazkur gaplardagi tuman sòzlari....
A)ma'nodosh sòzlar B)òzaro bitta sòz
C)shakldosh sòzlar D)paronim sòzlar
30.Yod-yot sòzlari shakl va ma'no munosabatiga kòra
qanday sòzlar hisoblanadi?
A)shakldosh sòzlar B)ma'nodosh sòzlar
C)paronim sòzlar D)antonim sòzlar
Do'stlaringiz bilan baham: |