Ona tili (5-sinf)
Biror narsa hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o‘xshatish orqali tasvirlab ifodalashga tasviriy ifoda deyiladi. Tasviriy ifodalar narsa va hodisalarning ikkinchi nomi hisoblanadi. Masalan: o‘rmon podshosi-sher.
Tasviriy ifodalar nutqimiz ta’sirchanligini ta’minlaydi. Masalan: ko‘zimning nuri, qalbim quyoshi, zangori kema, mo‘yqalam sohibi, salomatlik posbonlari, charm qo‘lqop ustasi, g‘azal mulkining sultoni, hayotimiz qomusi, zangori ekran, oq oltin, baraka urug‘i, yaylov bahodirlari, qanotli do‘stlar, qora oltin, kumush tola, o‘rmon malikasi, aql gimnastikasi, oltin boshoq, samo lochini, kumush choyshab, po‘lat ot, zangori olov, millionlar o‘yini, yashil maydon va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |