Metonimiyaga misollar: “Rossiya”ga qanday borsam bo‘ladi? (Bekatdagi yo‘lovchining murojaati) Ichak chavog‘im tugadi, endi kalla sotaman. (qassob nutqidan) Mabodo, “Besh bolali yigitcha” kelmadimi? (Kitobxonning sotuvchiga bergan savolidan) Navbatim sumka ko‘targan “jinsi”dan keyin. (Xaridorning javobi) “Navoiy”ni kechadan beri ko‘tarib yuribman. (O‘quvchining nutqidan)
“Oltin vodiy” poyezdi, olmaning afrosiyobi navi, “Zarafshon” futbol komandasi, amarfuzin malhami, Hojimatov damlamasi, Sarimsoqovning yarimmaydoni, rentgen apparati, “Chorsu” mehmonxonasi, “Ford” avtomobili, “Toshkent” qahvaxonasi, volt, amper.
Do'stlaringiz bilan baham: |