1. Auditoriya sukutda. 2. Osmon fonarini yoqdi shu onda. 3. Ko‘rdim: Shukur Burxon “Hamza”dan chiqib, asta piyodalab ketdi bir kuni. 4. Fuzuliyni oldim qo‘limga Majnun bo‘lib yig‘lab qichqirdi. (O.Matjon) 5. Mehmon kirishi bilan zal oyoqqa turdi. 6. Butun shahar yig‘ildi. 7. Majlis qaror qildi. 8. Qani, mehmon, dasturxonga qarang. 9. Butun mahalla-ko‘y Razzoq So‘fining baxtini olqishlab chapak chalar edi. 10. Butun Samarqand g‘azabga keldi. 11. Qo‘lda po‘lat shirqillar (qilich demoqchi); 12. Uning perosi qasos o‘ti bilan yonardi. Mazkur gaplarning hammasi adib qalamiga tegishli.
Sinekdoxa yunoncha synekdoche - birga anglash, nazarda tutish so‘zlaridan olingan bo‘lib, bo‘lak orqali butunni yoki butun orqali bo‘lakni ifodalashni bildiradi.
Ma’no ko‘chishning bu turi ham nutqimizning ta’sirchanligini oshirishda,ifodali, jozibali bo‘lishida katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |